Mavzu: Morfin olish texnologiyasi
O’simlik nomi. Ko’knori-Papaver -ko’knoridoshlar oilasiga kiradi.
Ko’p yillik: bo’yi 60-150 sm ga etadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, yashilroq
yoki qizg‘ish binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli kulrang
yashil, tuxumsimon yoki cho’ziqtuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz
o’yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo’lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor.
Gullari yirik oq, faqat bir kecha gullaydi. Gul kosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va
uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklidagi
varonkasimon, besh tishli bo’lib, uchlari qayrilgan. Otaligi-5ta, onalik tuguni yuqoriga
joylashgan. Mevasi-ko’p urug‘li, sharsimon, kulrang-yashil yoki qo’ng‘ir rangli va
ko’sakcha.
Morfin (texnik)-qo’ng‘ir sarg‘ish yoki qo’ng‘ir kulrang mayda kristall kukun. Ishqor va
kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Asosiy modda miqdori suvsiz morfin
hisoblanadi, 91% dan kam emas. Solishtirma og‘irligi 0,58 kg l. Suyultirilgan spirtda
krisstallanganda bir molekula suvi bor. Sulfat, xlorid va boshqa kislotalar bilan yaxshi
krisstallanuvchi tuzlar hosil qiladi. Kuchli ishqorlar bilan suvda yaxshi eruvchi
morfilyatlar hosil qiladi. Ishqor eritmalarida morfin havo kislorodi bilan oksidlanib
oksidomorfin hosil qiladi. Texnik morfin kodein, kodein fosfat, dionin, anomorfin
gidroxlorid va morfin gidroxlorid ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi.
Havoda quritilgan va urug’laridan tozalangan ko’knori mevalari maydalanadi. Xom-ashyo
o’lchamlari 5-3 mm bo’lmog’i lozim.
Alkaloidlarnining suvli ekstraksiyasi.
Ekstraksiyadan oldin xom-ashyo reaktorda bo’ktiriladi, aralashtirilib 5 minut
davomida bug’ bilan ishlanadi. Morfin xom-ashyoda organik kislotalar tuzlari ko’rinishida
bo’lib, ekstraksiya suv bilan 80-900S haroratda olib borishadi. Ajratmadagi morfin miqdori
0,05-0,04% ni tashkil etadi.
Ekstraktni filtrlash.
Ekstraksiya tugagandan so’ng filtrlanadi. Filtrat adsorberga beriladi. Adsorber sifatida
KU-1 kationit smola bilan to’ldirilgan. Kationitlardan morfin 1,5-2,0 % li ammiakning
spirtli eritmasidan ekstraksiya (yuvish) qilib olinadi.
Elyuatdan morfin ajratib olish
Elyuatdan morfin ajratib olish uchun eritma bug’latiladi. Kub qoldiq sulfat kislota
bilan ishlanadi. Bunda morfinning sulfat tuzi hosil bo’ladi. Kub qoldiqdagi spirt miqdori
35%, hajm qolguncha bug’latiladi. Spirtli eritmadan morfin 25% li ammiak yordamida
cho’ktiriladi. CHo’kmaga tushgan morfin-asos ajratib olinadi va tozalanadi.
Morfinni tozalash
Morfinni tozalash uchun uni sirka kislotaning 2% li eritmasida 500S da eritiladi.
Barcha morfin erigandan so’ng eritmaga faollashtirilgan ko’mir qo’shiladi. So’ng
sentrifugada filtrlanadi. Filtrat yana 900S gacha isitilib, unga izopropil spirt qo’shiladi.
Eritma natriy gidrosulfat yordamida tiniqlashtirilgandan so’ng morfin 12% li ammiak
yordamida cho’ktiriladi. Morfinning umumiy chiqish unumi- 45,39 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |