Qishloq xo‘jaligida menejmentning vazifasi mehnatni tashkil etish,
ishchilarni ish bilan ta’minlash; xizmat va resurslarni tarmoqlar bo‘yicha
taqsimlash; taqsimotning ratsional shakllarini asoslab berish, ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdori va sifatiga qarab xodimlarni moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirish; rejalarning bajarilishiga rahbarlik qilish; ular ustidan nazorat
qilish va hokazolardir.
Qishloq xo‘jalik menejeri qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni
tashkil etishni, rejalashtirishni, nazorat qilishni, boshqarishni to‘liq egallash
bilan birga, qishloq xo‘jaligi texnikasiga doir fanlardan, ularning barcha yangi
muvaffaqiyatlaridan xabardor bo‘lishi lozim.
Qishloq xo‘jaligida menejment tabiat va jamiyat taraqqiyotining obyektiv
qonunlariga amal qilib, xo‘jalikni iqtisodiy jihatdan asoslangan holda yuritish
bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligida menejment qishloq xo‘jaligida boshqaruv, resurs va
odamlarni boshqarishdan tashqari olinadigan foydani ko‘paytirishdir.
Qishloq xo‘jaligida menejment usullarini shartli ravishda quyidagi asosiy
usullarga bo‘lish mumkin: iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy-ruhiy usul.
Qishloq xo‘jaligi menejmentida qo‘llaniladigan iqtisodiy usullarga
rejalashtirish, rag‘batlantirish va tijoratlashtirish kiradi. Qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy usullarni, iqtisodiy hisob-kitob deb
tushunish kerak.
Iqtisodiy usullarda iqtisodiy sharoitlarni yaratish, o‘zining kapital mablag‘lari
va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, fan-texnika taraqqiyotini yuqori
darajada rag‘batlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish
samaradorligi va mahsulot sifatini oshirish uchun muttasil kurash olib borishdir.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning iqtisodiy usullari to‘la iqtisodiy
mexanizmning kichik bo‘lagi hisoblanadi va ular yordamida ishlab chiqarish
samaradorligi muammosi yechiladi.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning ma’muriy usullari har bir bo‘g‘inning yuqori
boshqaruv bo‘g‘inlariga bo‘ysunishidir. Ma’muriy usullar yuqori turuvchi
bo‘g‘inning bo‘ysunuvchi obyektga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishini hamda
menejmentning yuqorida turuvchi idoralarning bo‘ysunuvchi idoralarga faqat qaror
bilan ta’sir ko‘rsatishlari ham kiradi. Ma’muriy usullarni ishlab chiqarish
boshqaruvidagi ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lishidan qat’i nazar, boshqariluvchi
tizimga birinchi turtki berilgandan keyin bu harakat iqtisodiy usullar tomonidan
saqlab turiladi va kuchaytirib yuboriladi.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning ijtimoiy-ruhiy usullari – mehnatkashlarning
zaruriy, faol, uzluksiz mehnat faoliyatini ro‘yobga chiqarish usuli bo‘lib, ular
odamlarni shaxslararo va ruhiy rag‘batlantirishni qo‘llanishi asosida amalga
oshiriladi.
Ijtimoiy-ruhiy usullar har bir jamoaga va uning alohida xizmatchisiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishontirish usullari, tarbiyalash, ruhiy
rag‘batlantirish, ishlovchilarning maishiy talablarini qondirish, jamoaning ilg‘or
mehnat an’analarini saqlash va taraqqiy toptirish.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishda e’tiborni
yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, xaridorgirligini oshirishga qaratish
zarur. Qishloq xo‘jaligida menejer ma’lum darajada ma’muriy-xo‘jalik
mustaqilligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish, sotish va
xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha mutaxassisdir.
Qishloq xo‘jaligida menejerning vazifasi – qo‘l ostidagi xodimga uning oldiga
qo‘yilgan maqsadlarni tushuntirish, ularga erishishga yordam berish, qishloq
xo‘jaligi korxonasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga, jumladan, qishloq
xo‘jaligi korxonasi faoliyatini rejalashtirish, rejani amalga oshirish va bajarilishini
nazorat qilishga faol ta’sir o‘tkazishdir.Qishloq xo‘jaligida menejment, avvalo,
ishlovchilarni boshqarish ilmidir. Odamning xususiyatlarini bilmasdan turib,
menejerning muvaffaqiyat qozonishi haqida o‘ylash mumkin emas.
Odam resurslarini boshqarish qishloq xo‘jaligida menejmentning eng asosiy
qismidir. Xodimlarni tanlash juda muhim vazifa hisoblanadi. Yangi ishni tashkil
etishda korxonada ishlaydigan ishlovchilar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni
chuqur o‘ylab chiqish kerak, ya’ni mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojni hisob-
kitob qilish, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini tuzish, ishning har bir
uchastkasida ishlaydigan kishilarning sonini aniqlash, ishning har bir uchastkasi
uchun strategik va tanglik omillarini aniqlash, ishning tashkiliy tuzilishini
belgilash, xizmatchi va aksionerlarning sonini aniqlash va shtatlarni saqlashga
sarflanadigan xarajatlarni aniqlash zarur. Moliya sohasidagi bilimlar menejer
uchun asosiy bilimlardan biridir. Chunki moliyaviy hisob-kitoblarsiz biror
qarorga kelib bo‘lmaydi. Shuning uchun menejerning moliyani boshqarishdagi
o‘rni benihoya kattadir. Qishloq xo‘jaligida menejerdan ishni samarali, ya’ni
foydali olib borishni bilish talab etiladi. Foydani ko‘paytirishning ikkita asosiy
imkoniyati ma’lum: birinchisi, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
hajmlarini oshirish hamda sotishni ko‘paytirish, ikkinchisi, sarf-xarajatlarni
kamaytirish.
Boshqarish bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishni boshqarishniishning
ko‘zini biladigan kishilarga, ishbilarmonlarga, tadbirkorlarga, ayniqsa, boshqarish
mutaxassislari – menejerga bo‘lgan talabni keskin oshirib yubordi. Qishloq
xo‘jaligida menejer qabul qilayotgan texnik, texnologik va boshqa qarorlar aniq
iqtisodiy hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lishi kerak. Mahsulotdan olingan daromad
yuqori darajada bo‘lishi, uni ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlar past
bo‘lishiga erishishdan iborat. Menejer raqobatga chidamli fan-texnika
yangiliklarini qo‘llashni va sarf xarajatlarni kamaytirishga erishishni bilishi
kerak. Qishloq xo‘jaligida menejmentning marketing sohasidagi faoliyati,
xo‘jalikning imkoniyatlarini faqat uning resurs imko- niyatlari hajmi bilan emas,
balki ko‘proq atrof-muhitdagi ahvol bilan belgi- lanadi. Bozorda ehtiyojlarni
qondirish uchun iste’molchilarning istaklarini o‘rganish, talab va ehtiyojga qarab
mahsulot ishlab chiqarish kerak. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida marketing xizmati,
sotishni, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni doimo o‘rganib borish maqsadida
tashkil etiladi. Bunda iste’mol- chilarning ehtiyojlarini o‘rganish marketingni
boshqarishning bosh vazifasidir. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida menejment
dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarida hosildorlikdan va mahsuldorlikdan
foyda olish, muvaffaqiyat- larga erishish uchun ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish,
texnologik jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Qishloq xo‘jaligida
menejment tizimining ishlab chiqilishi, joriy qilinishi, hukm surishi, taraqqiyoti va
takomillashuvi ma’lum jonli, moddiylashtirilgan mehnat sarflari bilan bog‘liq.
Ularning solishtirma og‘irligi ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibida
salmoqli o‘rin egallaydi.
Qishloq xo‘jaligida menejment tizimi ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq bo‘lgan
xarajatlarga ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan qo‘shimcha xarajat,
ya’ni xizmatchilarning ish haqi, ishlashi uchun zarur vositalar saqlab turish va
ishlatish sarflari hamda bevosita va bilvosita xarajatlari yuzaga keladi. Qishloq
xo‘jaligida menejment tizimi o‘z faoliyati uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab
qilmasdan xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Qishloq xo‘jaligida
menejment tizimining samaradorligini oshirishda o‘ziga xos sarf-xarajatlar hisobga
olinib, tartibga solib borilishi zarur. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimida amalga
oshirilgan tadbirlarning salmoqli qismi ishlab chiqilgan mahsulot sifatini
yaxshilashga qaratilgan.
Menejment faoliyati iqtisodiy samarasini hisoblash uchun samaradorlik o‘lchovi
sifatida sof foydani ishlatish maqsadga muvofiq. Bu holatda qishloq xo‘jaligida
menejment tizimining joriy qilinishi va hukm surishidan keladigan iqtisodiy samara
quyidagi qismlardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |