Mavzu: Fe’lning vazifadosh shakllari



Download 77,73 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi77,73 Kb.
#443194
Bog'liq
0012c842-f2056197

Mavzu:Fe’lning vazifadosh shakllari.

Reja:

  • Sof fe’l shakli
  • Sifatdosh.
  • Ravishdosh.
  • Harakat nomi.

Sof fe'l shakli-fe’llarda zamon, shaxs-son, o‘timli-o‘timsizlik, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat va maylni ifodalay oladigan fe’l shakli. Sof fe’l gapda fe’l-kesim vazifasida keladi. Masalan:Muxtor negadir o’z orzularini jilovlamadi.

Fe'lning vazifa shakllari -gapda ma’lum sintaktik vazifani bajarishga xoslangan shakllari tushniladi:

  • Sifatdosh.
  • Ravishdosh.
  • Harakat nomi.

Sifatdosh-peredmetning belgisini bildiradigan fe’l shakli hisoblanadi.Ular gapda,asosan,sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi. Sifatdosh fe’lning sifatga yaqin shakli bo’lib,xuddi sifatlar kabi otga bog’lanib va uning belgisini aniqlab keladi.

  • Sifatdosh quydagi qo’shimchalar bilan hosil qilinadi: -gan,(-kan,-qan).

Fe’lga xos belgilari.


1.Sifatdosh o’zagi fe’l bo’ladi

O’qigan o’qdan o’zar.(O’qigan-fe’l)

2.Fe’lga xos nisbat ko’rsata oladi.

O’rganilgan bilim.(Majhul nisbatda)

3.Fe’llar kabi bo’lishli-bo’lishsizlikni bildiradi.

O’qigan-o’qimagan,borar-bormas, aytar-aytmas.

4.Zamon ma’nosini ifodalaydi.

O’qigan,o’qiydigan,oqar,oqadigan.

Bilib oling.

Sifatdoshning bo’lishsizlik shakli sifatdosh hosil qiluvchi qo’shimchalardan oldin –ma qo’shimchasini keltirish orqali yasaladi. Masalan:aytgan-aytmagan,o’qiydigan-o’qimaydigan.

Topshiriq. Sifatdoshlarni aniqlang va ular ular qanday vositalar bilan hosil qilingan.

Men go’yo tabiat bilan qo’shilib ketgandekman.Uning bir qismi mana shu daryo,qush,o’tloq,qamishzor,chirillayotgan chigirtka.Anavi vaqqilayotgan qurbaqa,huv narigi yoqda,hurayotgan it,shamolda shildirayotgan qamish yaproqlari.O’tloqdagi chirsillayotgan olov,chaylaga to’shalgan o’t-o’lanlarning shirin,yoqimli,toza isi bilan aralash-quralash bo’lib ketgandekman.

Ravishdosh harakat belgisini bildirgan,uning qay holatda,qachon va nima maqsadda bajarilishini anglatadigan fe’l shakli.

  • Ravishdoshlar quydagi qo’shimchalar yordamida hosil bo’ladi:-ib,-gach(-kach,-qach),-gudek,-kudek,-qudek,-guncha,-quncha,-kuncha,-gani,-kani,-qani.

Fe’lga xos belgilari. FFFFF


1.Asosi fe’ldan iborat bo’ladi

O’qib (asos fe’l)

2.Fe’l zamonlarini hosil qilishda ishtirok etadi va ayrimlari fe’l kabi tuslanadi.

Ko’proq o’tgan zamonni:O’qib,yozib,borib,o’qibman.

Tuslanadigan ravishdoshlar

(i)b,-(a)y boribman,o’qyapman.

Tuslanmaydigan ravishdoshlar

-gach(-kach,-qach),-guncha(-kuncha,-quncha),-gani(-kani,-qani).

Ma’no guruhlari:


-(i)b

Harakatning holati,ba’zan payt-sabab.

-gach,(-qach,-kach)

Payt bildiradi

-gancha,-kancha,-qancha

Holat ma’nosini beradi.

-gudek,-kudek,-qudek

Holat ma’nosini beradi.

-guncha,-kuncha,-quncha

Payt ma’nosini beradi.

-gani,-kani,-qani,-gali

Maqsad ma’anosini beradi.

Topshiriq.Ushbu gaplardan ravishdosh shaklini aniqlang.

1.Mutal xonaga yugurgancha kirib keldi.2.Saida inshoni akasiga o’qib berdi.3.Qorovul voqeani shoshilmay gapirdi.4.Kuz kelib,dalalarda ishlar qizib ketdi.5.Yo’l chekkasida yotgan odamni ko’rib qoldim.6.Bu ishni bir kunda bajarib bo’lmaydi.7.Yerga ozuqa solmasdan mo’l hosil kutib bo’lmaydi.

Harakat nomi-fe’lning maqsad shakli. Fe’lning otga xoslangan shakli. U harakatni bildirmaydi, shunchaki,nomini anglatadi.Asosi fe’li bo’lgani bilan zamon va shaxs-son ifodalamaydi.

  • Fe’l asoslariga –sh,-ish,-v,-uv, -moq,-mak,-maslik shakillarini qo’shish orqali hosil qilinadi.

Fe’lga xos belgilari


1.Asosi fe’lga oid so’zdan iborat bo’ladi.

O’qish hamisha insonni ulug’likka yo’llaydi.

2.Fe’lga oid,bo’lishli-bo’lishsizlik ifodalaydi.

Bilmaslik ayb emas,so’ramaslik ayb.

3.Fe’lga oid o’timli-o’timsizlik bildiradi.

Kitobni qadirlash kerak.(o’timli)

4.Fe’lga xos nisbat bildiadi.

Bilimni yuksaltirish kuchlilarning amalidir.(orttirma nisbatda)

Topshiriq.Harakat nomlarini aniqlang.

Bilim o’qish va takrorlash mevasidir.Ertalab turish,bet-qo’lini yuvish,boshqalarga salom berish insoniylik belgisidir.Birovni birovga chaqish-eng yomon illat.Biror xalqning axloqini bilmoq uchun uning adabiyoti bilan tanish.Xalqning o’zingga xayrixoh bo’lishini istasang,avval o’zing xalqqa xayrixoh bo’l.Xalqning sha’niga,ming yillar to’plangan obro’-e’tiboriga dog’ tushurishga hech kimning haqqi yo’q.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 77,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish