-a/-ә(-y) affiksi bilan yasalgan ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega:
-a/-ә(-y) affiksi bilan yasalgan ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Yakka holda qo‘llanadi. Bunda shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini bildiradi: Bir kun Ismail avqa barmыsh erdi, Ibrāhimnы kөrә keldi (QR). Yүzүңdin emdi aңa ashna tilәy keldim (Lutfiy).
2. Qo‘shma fe’lning komponenti bo‘lib keladi: Yol bashыnda tura qaldы Mirza (SHN). Ittifaq qыla almay, parishān barыb...(BN).
-u/-ү(unlidan keyin –yu/-yү) affiksi bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodgorliklarda keng qo‘llangan bo‘lib, eski o‘zbek tilida XV asrga qadar ancha aktiv iste’molda bo‘lgan, ma’nosi, funksiyasi bo‘yicha –a/-ә(-y) affiksli ravishdoshga yaqin turadi. Misollar: Kөz yashы yыg‘layu, tushәyin der ayaqыna (Sakkokiy). Aңa qarshu turu bilmәdi (QR). Qarыndashlarы anы avg‘a alu bardыlar (QR). Kishilәr Musa yalavachqa kәlү bashladыlar
Ravishdosh yasovchi –ban/-bәn (undoshdan keyin: -ыban/-ibәn//-uban/-ubәn) affiksi –b (-ыb/-ib//-ub/-үb) affiksiga –an/-әn qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan.Eski o‘zbek tilida she’riy asarlarda ishlatilgan bo‘lib, funksiyasi ham chegaralangan. Bu ravishdosh shakli shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini, sababini ko‘rsatadi.Misollar: CHыqtы ul mыңcha kishi atlanыban// ish qыlurg‘a barыsы qatlanыban (SHN). Quchuban yыg‘ladыm atam ayag‘ыn (Furqat). Ul anda qoldыsa aziz qadashыm//ham birgә kelibәn bolub yoldashыm.

-g‘alы/-gәli//-qalы/-kәli affiksi bilan yasalgan ravishdosh ham turkiy tillarda qadimdan keng qo‘llanib kelgan bo‘lib, eski o‘zbek tilida ham aktiv iste’molda bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek tilida bu affiks –g‘ani(-qani/-kani) ko‘rinishida ishlatiladi.
Bu ravishdosh shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni bildiradi. Misollar: Ul hanaqahg‘a oynag‘alы kirdilәr.
-g‘ach/-gәch/-qach/-kәch bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodnomalarda uchramaydi. Eski o‘zbek tilida, asosan, XVasrlardan boshlab kuzatiladi.
-g‘ach/-gәch/-qach/-kәch bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodnomalarda uchramaydi. Eski o‘zbek tilida, asosan, XVasrlardan boshlab kuzatiladi.
Bu ravishdosh payt ma’nosini bildiradi, ya’ni bu ravishdosh ifodalagan ish-harakat tugashi bilan shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat boshlanadi. Misollar: Yana sham olg‘ach, oldыlar barы mast (Nav. SS). Achыlg‘ach kelib ertәsi hujrasы//qыlur jan-u janjal har ertәsi (Muq.).
-g‘uncha/-gүnchә//-quncha/-kүnchә affiksi bilan yasalgan ravishdosh eski o‘zbek tilida ancha keng iste’molda bo‘lib, qadimgi yodgorliklarda kam qo‘llangan.
Bu ravishdosh ham payt ma’nosini bildiradi, ya’ni ravishdosh ifodalagan ish-harakat boshlangunga qadar shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat yuzaga chiqqan bo‘ladi yoki davom etgan bo‘ladi. Misollar: Lutfiy miskindin өlgүnchә dua bolsun seңә (Lutfiy).