Sifatdosh formalari. Sifatdosh formalarini zamon nuqtayi nazardan quyidagi ikki asosiy gruppaga ajratish mumkin: 1) o‘tgan zamonni ifodalovchi sifatdosh formalari. Bu gruppaga -mыsh/-mish, -duq/-dүk//-tuq/-tүk,-g‘an/-gәn//-qan/-kәn,-an/-әn affikslari bilan hosil bo‘luvchi formalar kiradi; 2) hozirgi - kelasi zamonni ifodalovchi sifatdosh formalari. Bu gruppani -r(-ar/-әr, -yp/-үr, -ыp/-up, -yyp/-yүr), -maz/-mәz//-mas/-mәs, -g‘u/-gү-qu/-kү, -g‘uchi/-gүchi//-quchы//-kүchi, -dachы/-dәchi//-tachы/-tәchi, -g‘lы/-gli, -acы/-әsi va boshqa affikslar bilan hosil bo‘luvchi formalar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |