Harakat nomi formalari Ish-harakat va holatning atamasidir. Eski o‘zbek tilida harakat nomining quyidagi formalari amalda bo‘lgan: - -maq/-mәk affiksli forma. Bu forma harakat nomining asosiy ko‘rsatkichi sifatida faol iste’molda bo‘lgan.
- Jo‘nalish kelishigining –a,-ә affiksi qo‘shilganda, -maq/-mәk affiksining oxiridagi [q], [k] undoshlari ikki unli o‘rtasida jaranglilashib, [g‘], {g] undoshlariga o‘tadi: Qachmag‘a yүz evүrdi (QR), baqmag‘a imkan yoq (MN).
- Egalik affiksi qo‘shilganda ham –maq/-mәk affiksi tarkibidagi jarangsiz [q], [k] undoshlari jarangli (g‘), [g] undoshlariga o‘tishi mumkin: Bu yazuqdan qutulmag‘ыm muhal esә,... (SS). Bir nafas sabr etmәgi yoq (SS).
- -maq/-mәk affiksli harakat nomining bo‘lishsizlik ma’nosi ikki xil yo‘l bilan ifodalangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |