a) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe’l ifodala-gan ish-harakatdan oldin bajariladi. Bunday hollarda ravish-dosh asosan harakat ma’nosini ifodalovchi fe’llardan iborat bo‘ladi: Buyurdыlar kim, hujrasыn buzub, tufrāg‘ыn xānaqāhdыn tashqaru tashlasunlar (Navoiy MN). Buxārādыn qavun keltүrүb, bir majlisda kestүrdүm (BN). b) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe’l ifodala-gan ish-harakat bilan bir vaqtda bajariladi. Bunda har ikkala ish-harakat ham odatda takrorlanuvchi, davomli bo‘ladi: CHыqtыlar qorg‘anыg‘a chapqыllashыb (SHN). Qayda kөrsәm na’l naqshыnы өpәr-men yuz sүrүb (Furqat).
Do'stlaringiz bilan baham: |