3-sinf
Mavzu: Fe’l
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Fe’l so’z turkumi ekanligi haqida ma’lumot berish;
Shaxs va narsaning harakatiga qarab fe’llarga to’g’ri so’roq qo’yish malakasini shakllantirish;
Fellarni to’g’ri yozish, nutqda to’g’ri qo’llashga o’rgatish.
b) tarbiyaviy: Odob-axloq, nafosat, Vatanga muxabbat, go’zallalik fazilatlarini shakllantirish.
v) rivojlantiruvchi: Harakatni bildirgan so’zlarga so’roq bera olish, mustaqil fikrlash, nutq madaniyatini, chiroyli yozish malakasini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: Noana’naviy ”multimediya” darsi.
Darsning jihozi: Darslik, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, kompyuter.
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O’tilgan mavzuni so’rash
3. ”Qizil qalpoqchaga yordam” o’yini 10 daqiqa
4. Yangi mavzu
5. ”Kim chiroyli yozadi?” o’yini 15 daqiqa
6. Monitoring va baxolash 3 daqiqa
7. Uyga vazifa 2 daqiqa
Dars shiori:
Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur
Darsning oltin qoidalari:
1. Faol bo’lish
2. Intizomli bo’lish
3. Fikrni aniq aytish
4. O’zaro hurmat
5. Vaqtdan unumli foydalanish
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
1) Salomlashish;
2) Navbatchini aniqlash va axborotini tinglash;
3) O’quv qurollarini kuzatish;
4) O’quvchilarni guruhlarga bo’lish.
1-gurux: Boychechak
2-gurux: Lola
3-gurux: Binafsha
“Aqliy hujum” o’yini
1-gurux
O’zbek tiliga davlat maqomi qachon berildi?
Javobi: 1989-yil 21-oktyabrda O’zbek tiliga davlat maqomi berildi.
2-gurux
Konstitutsiyamizning qaysi bob, nechanchi moddasida tilhaqida fikr yuritilgan?
Javobi: O’zbekiston Respublikaisi Konstitutsiyasining 1-bob, 4-moddasida ”O’zbekiston Respublikasining Davlat tili – o’zbek tilidir” debyozib qo’yilgan.
3-gurux
Ona tili fani bizga nimalarni o’rgatadi?
Javobi: Ona tili so’z, so’z turkumlari, gapning maqsadga ko’ra turlari, gap bo’laklari, so’z tarkibini, qo’shimchalarni, tinish belgilari, matn va hikoya tuzishni o’rgatadi.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
284-mashq
Inson ajoyib tehnika yaratdi. Qydratli tehnika uni koinotga ko’tardi. Odam tehnika tufayli dengiz tubiga ham tushdi. Tehnika odamlar yumushini yengillashtirdi.
”Qizil qalpoqchaga yordam” o’yini
O’yin mazmuni: Qizil qalpoqcha o’rmondan buvisining uyiga yetib borishi uchun yo’ldan qo’ziqorinlarni terib boradi.
Qo’ziqorinlarga savollar yozilgan bo’ladi. Savollarga javob bergan o’quvchi qo’ziqorinni savatchaga soladi. Savollar 6 yoki 9 ta bo’lishi mumkin. Qizil qalpoqcha buvisining uyiga yetib borgach, yuning derazasidan ”Fe’l” yangi mavzu kelib chiqadi. Bu o’yin guruxlar o’rtasida bajariladi.
III. Yangi mavzu.
Fe’l so’z turkumi.
285-mashq:
Bu mashq o’quvchilarga kompyuterda slayd orqali ko’rsatiladi.
1. Shamol yaproqlarni (nima qildi?) silkitdi.
2. Mexanizator paxta (nima qiladi?) teradi.
3. Tikuvchi kiyim (nima qilyapti?) tikyapti.
4. Ahmad rubob (nima qilyapti) chalyapti.
5. Qushlar in (nima qiladi?) quradi.
6. Yomg’irdan so’ng osmonda kamalak (nima qiladi?) ko’rinadi.
Dam olish daqiqasi.
O’quvchilar quyidagi savollarga harakatlari orqali javob beradilar.
1. Baxor faslida o’lkamizda qushlar ……
2. Baxorda eng ko’p yog’adigan yog’in ……
3. Mayin shamol esdi.
286-mashq:
So’roqlarga mos fe’lni tanlab gaplarni tugating.
Hamon qor (nima qilyapti?) yog’yapti. Qushlar chirqillab don (nima qiladi?) izlaydi. Buvim peshayvonga don (nima qildi?) sepdi. Musicha, chumchuqlar peshayvondagi donlarni (nima qilyapti?) yeyapti. Baroq mushuk sekin (nima qildi?) yaqinlashdi. Qushlar gur etib (nima qildi?) uchib ketdi.
IV. Mustaxkamlash.
Gurux o’quvchilariga tarqatmali materiallar berib boriladi.
1. Matn nima?
2. Gap nima?
3. Gap maqsadiga ko’ra turlarini sanang?
4. Gap bo’liklarini ayting?
5. bosh bo’laklarga nimalar kiradi?
6. Ikkinchi darajali bo’lak gapda qanday vazifani bajaradi?
7. necha xil qo’shimcha bor?
8. Fe’l qanday so’roqqa javob bo’ladi?
9. Ot deb nimaga aytiladi?
10. Sifat deb nimaga aytiladi?
11. Qanday so’zlar ot deyiladi?
12. Son necha xil bo’ladi?
13. So’z yasovchi qo’shimchalarni sanang?
14. So’z o’rgatuvchi qo’shimchalarni sanang?
V. Monitoring va baxolash.
O’quvchilar o’zlarini qatnashishiga qarab tabriknomadagi gullarni bo’yab chiqadi. Darsda necha maritaba qatnashgan bo’lsa shuncha gulni bo’yaydi.
Shundan so’ng guruxlar ballari jamlanadi.
1-o’rin ……………… . guruhi
2-o’rin ……………… . guruhi
3-o’rin ……………… . guruhi
G’olib gurux rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa
Topishmoqlarni javobini ayting. Fe’llarni aniqlang, ularga og’zaki so’roq bering.
1. Qoravoy otdan tushdi,
Bolalari yugurishdi. (qozon, kabgir)
2. Suvda cho’kmaydi,
O’tda yonmaydi. (muz)