Mavzu: Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi). Reja



Download 26 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi26 Kb.
#375069
1   2
Bog'liq
10-mavzu

Antropogenez doirasida insonning biologik tabiati bilan ijtimoiyligi nisbatini aniqlab olish muximdir. Umuman olganda bu muammoni urganish insonning eng qadimgi tarixidan boshlab dolzarb bo’lib kelmoqda. Negaki, insonning ayni bir vakgning uzida ham jonli tabiatga, ham jamiyatga mansubligi har doim kupgina masalalarni keltirib chiqarishi bilan birga to’g’ridan to’g’ri, prinsipial jihatidan dunyoqarash masalalarini ham kun gartibiga kuyadi. Buni Arastuning, inson "siesiy xayvondir", degan so’zlarida ifodalangan ma’nodan ham bilsa buladi.

Xakikatdan ham Homo sapiens turi biologik jihatdan Homo urugining Homo hofilis (kobiliyatli odam), Homo erectus (tikka yuruvchi odam) kabi turlaridan farq qilinmasada, lekin bir xil 'sezish organlari, bir xil kon aylanishi, muskul, nafas olish, suyak tizimlari va xakozolarga egadir.

Bulardan kelib chiqib insonning barcha xatti - harakatlari, orzu istAqlari va faoliyati turlari oxir okibatda biologiyaviy taqozo etilgan deyishga asos bormi? Falsafa tarixida bunga ikki xil: inson belgilovchi tomoniga kura, biologik mavjudot va inson ijtimoiy mavjudot, ijtimoiylik uning biologiyaviy tabiatini oxir okibatda belgilaydi, degan javoblar berilgan.

Birinchi xil javob tarafdorlaridan ba’zilari hozirgi zamon sosiobiologiya ilmi dalillariga tayanib shunday muloxaza yuritadilar: inson xatti - harakatining asosiy stereotip ko’rinishlari buyicha barcha sut emizuvchilarga ancha yakin. Uziga xosliklariga kura esa inson o’zining bevosita utmishdoshlari bo’lgan guruxga mansubdir.

Freyd va uning tarafdorlari ta’kidlashicha, inson ham butun xayvonot dunyosida bo’lgani kabi xilma - xil instinkt tufayli harakat qiladi. Birinchi urinda ular ichida inson avlodini davom ettirish, jinsiy instinkt turadi. SHu bilan birga inson uzida faoliyatini ma’naviy, xukukiy cheklovchi ijtimoiylik sifatlari bo’lgani uchun boshqa xayvonlardan farq qiladi. Bu ijtimoiy sifatlar tufayli inson o’zining shaxvoniy xirsini cheklashi lozim buladi.

Ikkinchi nuktai nazarga kura (A. N. Leontьev va b.), odam bolasi inson bo’lish kobiliyati bilan tugiladi. Bu urinda tabiat tomonidan belgilangan va inson tomonidan davom ettirilgan xususiyatlar sokov, kar, kur bo’lgan bolalarda qanday namoyon bo’lishi ustida utkazilgan tajriba yakunlari ham katta ahamiyatga ega. Moskva universiteti psixologiya fakulьtetida utkazilgan tajriba jarayonida ularga dastlab yozish kunikmalari urgatildi. Undan keyin esa ular asta sekin gapirishga, Broyl alifbosi buyicha ukishga urgatildi. Natijada, tabiiy kur, sokov va karligicha kolganlari xolda ular dan turttasi univestitetni tugatgan.

Kurinib turibdiki, insoniiig ijtimoiy mohiyatini birinchi uringa kuyish jiddiy asosga ega. Agar buning yoniga insonning ba’zi biologiyaviy xususiyatlari ham ijtimoiy sabablar bilan belgilanishi kushilsa, dalillar yanada asosli buladi. Masalan, Er yo’zining ijtimoiy - madaniy rivojlanishi yuksak boskichga kutarilgan mintakalarida odamlarning erta voyaga etishi, soglomligi, buydorligi va uzok yashashi kuzatiladi. Kam rivojlangan mintakalarda esa uning aksi uchratiladi.

Insonning falsafiy taxlil etish doirasida bu ikki xil qarash bir - birini tuldirishini ham kurmaslik mumkin emas. Demak, inson bioijtimoiy mavjudot deb karalmogi lozim. Bu insonda biologiyaviylikning ijtimoiy gakozolanganligini va ijtimoiylikning bilogik zaminlari borligini kursatadi.

Inson rivojlanishida biologiyaviy rivojini ijtimoiy - madaniy rivojlanish boskichiga utishi bilan yuzaga kelgan bu birlik uning mohiyatini belgilaydi.

Xar qanday jonli mavjudot singari inson hayotining nixoyasi borligi, boshqa mavjudotlardan farqli ularok u o’zining oxir okibatda o’limga maxkumligini anglashi ham falsafiy muammolar doirasiga kiradi. Bu - tasodifiy xol emas. Inson hayoti va o’limi masalalari asotirlar va dinlarda ham markaziy urinni egallagan. Kishilarda dastlab o’limdan kurkish tuygusi kuchli bo’lgan. Keyinrok asotiriy diniy tasavvurlar vositasida bu jarayon majburiy ekanligi haqidagi e’tiqod bilan almashindi. Asotirlarda xayvonlar ham, kishilar ham uladigan tana va ulmas ruxga ega deb kursatilgan. Rux nozik, nomoddiy tabiatga ega bo’lib, uzida inson vujudi timsolini gavdalantirgan. U yukolmaydi, ulmaydi va uz makonida yashaydi. hamda uz joyini almashtirib turadi. Ba’zi diniy ta’limotlarda tana ulgach, rux bir jonzogdan ikkinchisiga utib turish kursatilgan.

Turli falsafiy yo’nalishlar va maktablar hayot va o’lim masalalarini turlicha tushuntirganlar. Falsafa tarixida ayrim buyuk faylasuflar uchun bu masalalar shaxsiy hayot takdirini xal kilish bilan bog’lik bo’lgan. Masalan, Suqrotning uz o’limiga roziligi haqidagi qarori uning hayoti uchungina emas, balki undan keyingi falsafiy muammolar rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo’lgan. Aflotun bu qarorda faylasuf uchun o’z hayotnni oliyjanoblik bilan tugatish imkoniyatini kurgan. Uning fikricha inson ma’naviy mavjudot sifatida iloxiy mohiyatga ega. Bu uning o’zini ustida ishlashi, o’zini takomillashtirishi va iloxiy dunyo sari intilganligida namoyon buladi. SHuning uchun ham o’lim mas’ullikdir, ya’ni ma’naviyatli insonda o’limdan kurkish tuygusi bulmaydi.

Islom dinida inson hayoti, uning ma’nosi va o’limi masalasi katta urin olgan. Xayotning ma’nosi - bu ruxning salomatligi, doimiy roxat farogatga eltuvchi mexnat va bilimdir. Inson uz hayotini xudbinlik va yovuzlikdan sAqlamogi, butun umri davomida oxiratni uylamogi kerak.

Sufiy mutafakkirlar - A.Gijduvoniy, A.YAssaviy, N.Kubro va B.Nakshband ta’limotlarida hayotning ma’nosi, o’lim va mangulik masalalari insonning iloxiy mohiyatini bilishga intilishi, xalol mexnat qilib boshqalarga mexr - muruvvatli, raxm - shafkatli bo’lishi bilan bog’lik ravishda yoritildi.

Evropadagi YAngi davr falsafasida ham Sharq falsafasi ta’siri ostida hayot va o’lim masalalariga yangicha qarashlar shakllandi. Jumladan, hayot va o’limni ikki antropologiyaviy modelda - tabiiy inson va yangi Evropacha inson modellari orqali ifodalanadi. Agar birinchi modelda inson fanlar ob’yekta bulsa, ikkinchisida u o’zini olamning markazi sifatida anglagan, Aql -idroki va erkinligini uzi yunaltiradigan, uz hayotini utmishdan hozirgi, undan esa kelajakka karab borishini tushungan mavjudot sifatida baxolanadi.

Xozirgi inson falsafasi bu muammo taxlilida uz ichiga 20 tagacha okimni oladi. Ularning barchasida asosan inson mohiyati, mazmuni va nixoyasi mushoxada qilinadi. Bu ta’limotlarga kura, inson mohiyati masalasi taxlilida hozirgi sivilizasiya kadriyatlari talablarini xisobga olish ham muxim ahamiyatga egadir.

Xozirgacha erishilgan yuksak sivilizasiya saboqlariga asoslanib inson muammosi taxlilida yangi davr falsafiy ta’limotlari o’rtaga qo’ygan g’oyalarga ham tayanmok kerak. YAngi inson modeli tabiiy inson modelini ham uziga singdiradi. SHu sababli yangi ijtimoiy, ma’naviy inson modeli yuzaga keldi. Xozirgi inson ko’proq shartli muloxazalar asosida yashashga moyilki, uni bunday yashash va fikrlash yuliga radio, televidenie, kino, teatr, badiiy adabiyot va albatta, o’zining mustaqil fikr - uylari olib kelgan. Natijada u o’zining o’limidan keyingi hayotidan ko’proq tashvishlanmokda. Xayot qancha yaxshi bulsa, kishiga o’lim shunchalik dahshatli kurinadi. Ma’lumki, o’lim ekzistensial tomondan olinganda, inson individual hayotining shunchaki yukolib ketishi emas. O’lim oldida qo’rquvni yo’qotish - qay tarzda uni ma’noli va xatto, hayotning zaruriy momenta sifatida anglashdir. Darxaqiqat, o’limni tabiiy ob’yekt sifatidagina qarash mumkin emas. O’limni har doim zaruriyat sifatida idrok etish lozim.

Ulimni ma’naviy anglashdan undan keyingi umrning ma’nosi to’g’risidagi masala kelib chikadi. Boshkacha aytganda, bu ma’noli yashalgan umrning o’limdan keyingi davomi, ya’ni yuksak manguligi masalasidir. Mangulik - inson o’z ijodiy, yaratuvchilik faoliyati bilan hayotda abadiy iz koldirishdir. Inson dunyoda koldirgan yaxshi nom - uning ikkinchi umridir. SHu sababli insoniyat xayrli, adolatli ishlar qilib, yaxshi nom koldirgan kishilarni abadiy xurmat bilan tilga oladi.




Mavzuni takrorlash uchun savollar:


  1. Inson muammosi falsafa tarixi davomida qanday urganib kelingan?

  2. inson borligida biologik va ijtimoiylik birligi deganda nimani tushunish kerak?

  3. Falsafiy nuktai nazardan inson hayoti, o’limi va manguligi muammolarini qanday izohlash mumkin?

Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish