Mavzu: Falsafa Tabiatshunoslikning falsafiy konspeksiyalari Reja: Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi haqida. Tabiatshunoslikning ilmiy asoslari



Download 34,55 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi34,55 Kb.
#951962
  1   2
Bog'liq
falsafa ta\'rifida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi ohirgachamas


Mavzu: Falsafa Tabiatshunoslikning falsafiy konspeksiyalari
Reja:


1. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi haqida.
2. Tabiatshunoslikning ilmiy asoslari.
3. Tabiatshunoslikning metodologik asoslari.

1. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi haqida.

“Tabiiiy dunyoqarashni shakllantiradi, jonli va jonsiz tabiatni tushuntirishda, fundamental qonunlar asosida mikro - makroolamdan to megaolamgacha mulohazalar yuritiladi. Bu kurs avvalambor bir necha fanlar sohasida: fizika, biologiya, kimyo, astronomiya, ekologiya va boshqa tabiiy fanlardagi asosiy ta’limotlar, m a’lumotlar, konsepsiyalar haqida talabalarga tushuncha beradi. Shuning bilan birga keyingi yillardagi dolzarb masalalar hamda yagona moddiy dunyo haqidagi tabiiy-ilmiy paradigmalarini ko‘rsatib beradi. Tabiatda ro‘y berayotgan hozirgi zamon fizikasidagi o'zgarishlami chuqurroq va soddaroq maksimal darajada zarur boTgan matematik ifodalarini yoritib bersa, ikkinchi tomondan hozirgi davrda fundamental fanlarning asosiy yo‘nalishlari rivojlanib borayotganligini ifodalab beradi.


Tabiatshunoslik— insoniyat m a’naviy madaniyatining eng muhim va ajralmas qismidir. Uning hozirgi zamon asosiy ilmiy qoidalari, dunyoqarash va metodologik xulosalari haqida bilimga ega bo'lish, har qanday sohada umummadaniy tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashning zaruriy ehtiyoji sanaladi. Bilimning turli sohalarini tashkil etuvchi tabiatshunoslik, texnikaviy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bir-biri bilan uzviy bog'liq holdagina tabiat, jamiyat va inson to‘g‘risida yaxlit bilim berishi mumkin. Falsafa ham maxsus bilimga suyanmasdan turib xususan, tabiatshunoslikka asoslanmay bu vazifani bajara olmasligi aniq. Binobarin, falsafiy dunyoqarash o‘zida tabiat to‘g‘risidagi fan yutuqlari va uning muhim qoidalarini dam ning tabiiy-ilmiy manzarasi asosida konkretlashadi. Ilmiy bilish taraqqiyotning qonuniy va zaruriy yo‘nalishi fanlar differensiatsayasida ham, integratsiyasida ham namoyon bo‘ladi.
Tabiatshunoslik— insoniyat m a’naviy madaniyatining eng muhim va ajralmas qismidir. Uning hozirgi zamon asosiy ilmiy qoidalari, dunyoqarash va metodologik xulosalari haqida bilimga ega bo'lish, har qanday sohada umummadaniy tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashning zaruriy ehtiyoji sanaladi. Bilimning turli sohalarini tashkil etuvchi tabiatshunoslik, texnikaviy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bir-biri bilan uzviy bog'liq holdagina tabiat, jamiyat va inson to‘g‘risida yaxlit bilim berishi mumkin. Falsafa ham maxsus bilimga suyanmasdan turib xususan, tabiatshunoslikka asoslanmay bu vazifani bajara olmasligi aniq. Binobarin, falsafiy dunyoqarash o‘zida tabiat to‘g‘risidagi fan yutuqlari va uning muhim qoidalarini dam ning tabiiy-ilmiy manzarasi asosida konkretlashadi. Ilmiy bilish taraqqiyotning qonuniy va zaruriy yo‘nalishi fanlar differensiatsayasida ham, integratsiyasida ham namoyon bo‘ladi.
Tabiiy fanlarning o’rni bugungi ilm-fanning yuragi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki tabiat qonuniyatlarni bilish genetika, evolyusion ta’limot, matematika, fizika, kimyo, o’simlik va hayvonot olami sistematikasi, antropologiya, geologiya, geofizika singari fanlar oldiga qo’yilgan muammolar tirik va o’lik tabiatni o’zaro munosabati masalalarini yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.Tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat eng og’ir, yechimi mushkul muammo. Inson faoliyati ta’sirida qurg’oqchilikning kuchaya borayotganligi, cho’llanish, suv zahiralari kamayib, tabiiy muhitni ifloslanishi kuchayib, suv, havo va ayniqsa oziq-ovqatning tansiqligi, yer yuzi aholisini to’rtdan bir bo’lagida ocharchilik mavjudligi va uni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan ekanligi ko’pchilikka ma’lum. Mazkur fan hozirgi zamon taraqqiyotining eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan biologiya, fizika, ximiya, geologiya, biofizika singari fanlar va miqdoriy analiz uslublaridan foydalanib, ilmiy texnik taraqqiyotning barcha sohalarini o’z manfaatlarini amalga oshirish uchun safarbar qildi va uning oldingi qatoriga o’tishga
erishdi.
Bu fanning kelgusi rivoji uning kelgusida quyidagi muhim, global vazifalarni
yechishi lozimligida ko’radi: 1. Yer kurrasida sodir bo’layotgan demografik
muammolar, aholini son jihatidan ko’payishidagi sifat o’zgarish va ularni jamiyat
strukturasi tuzilishi bilan bog’liqligi. 2. Yadro energiyasini energetik zahira sifatida
halq xo’jaligida qo’llash muammosi va ayniqsa idora qilish imkoni bo’lgan
termoyadro sistemasini bunyodga keltirish. 3. Tabiat zahiralarini yopiq zanjir sikllari
va ayniqsa agrotexnikaning zanjir sikllarini yaratish. 4. Tabiiy muhitning beqiyos
darajada ifloslanayotganligi tufayli yer kurrasining issiqlik balansini o’rganish
muammolari. 5. Yer kurrasida sodir bo’lishi kutilayotgan falokat (inson naslini
buzilayotganligi)ni oldini olish va hokazo. Bu muammolarni yechish uchun yuksak
intellektual kuchlar va juda katta mablag’ talab qilinadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari halqaro masshtabda olib borilishi lozim bo’ladi.
Mazkur fanning asl maqsadi tabiatshunoslik ilmi, uning predmeti, maqsadi,
vazifasi o’qitish uslublari, tabiat va tabiiy muhitda mavjud tirik mavjudotlarining
o’zaro uyg’unlik qonuniyatlari, koinotning planetar shaklda ko’rinishi, quyosh, oy va yer sayyorasi, ularning umumiy tavsifi;
yer kurrasining fizikaviy,
kimyoviy tuzilishi, unda sodir bo’lgan va bo’layotgan global o’zgarishlar; yerda hayotning paydo bo’lishi;
yer kurrasi tirik va o’lik qismini o’zaro uyg’unligi;
modda va energiya almashinuvi qonuni; ularning tuzilishidagi uyg’unlik, unda sodir bo’ladigan fiziologik jarayon, moslanish (adaptasiya) va o’zgaruvchanlik; yer kurrasi tirik mavjudotlari, ularning o’zaro munosabati va bir butunligi (o’simliklar, hayvonotolami va mikroorganizmlarning o’zaro uyg’unligi); O’simliklar va hayvonot olamining eng sodda turlaridan tortib, eng yuksak taraqqiy etgan turlariga qadar tuzilishidagi umumiylik qonuniyatlari; viruslar, bakteriyalar, suvo’tlari va quruqlikda tarqalgan o’simliklar va hayvonot olami; hozirgi zamon antropologiya,
paleantologiya, biorganik ximiya, molekulyar biologiya, biosfera haqidagi ta’limot;
insonning tarixiy taraqqiyoti jarayonida tabiat va jamiyatning o’zaro almashinuvida
sodir bo’lgan va bo’layotgan o’zgarishlar; antropogen ta’sir tufayli sodir bo’layotgan global o’zgarishlar va hokazolarni o’zida mujassamlantiradi.
Tabiiy fanlarning zamonaviy kosepsiyasi fani o’z xususiyatiga ko’ra kompleks bilimlar majmuidan iborat. U organizmlarning tuzilishi, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, ularning ekologiyasi, genetika, biofizika, ximiya, evolyusion taraqqiyot tarixi mikrobiologiya va immunologiya fanlarini o’zida mujassamlantiradi.
Yer kurrasining o’lik qismi haqidagi fanlar tuproqshunoslik, gidrologiya,
geologiya, gidrosfera uning tirik qismi haqidagi ma’lumotlarga tayangan va u bilan
uzviy bog’liq holda ish ko’radi. Evolyusion ta’limot tarixi esa chog’ishtirma morfologiya, paleontologiya vabarcha tirik mavjudotlarning tuzilishi, tarqalishi va rivoj topishi haqidagi fanlargatayangan holda ish ko’radi.
Insonlar qadim zamondan tabiatga, undagi hodisalarga qiziqish bilan
qarashgan. Tarixiy manablarning guvohlik berishicha ibtidoiy jamoa davrida ham
ular oddiy tabiiy hodisalarni yaxshi anglashgan (1-rasm). 2000 yillik rivojlanish
tarixiga ega bo’lgan bu fan elementlari qadimiy Misr, Xitoy, Movarounnahr,
Hindiston singari mamlakatlarda vujudga kelgan bo’lsada, u o’z xususiyatiga ko’ra
keskin qarama-qarshiliklarga uchragan va uning taraqqiy topishi uchun bir butun
mifologik sistemalarni parchalanishiga sabab bo’lgan.
Tabiiy fanlarning taraqqiyot tarixi haqida fikr yuritadigan bo’lsak, uning
asosini qadimiy Gretsiyada siyosiy arbobi Fales yaratgan. Falesan keyin Aristotel,
Empedokl, Evklid, Ptolemey, Teofrast kabi buyuk allomalar bu fanni rivojlanishiga
katta hissa qo’shganlar.
XV asrda Mirzo Ulug’bek Ulug’bek akademiyasida mashhur olimlar -
Qozizoda Rumiy, Fiyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi xizmat qilgan. Bu
akademiyada turli fan sohalari bo’yicha ilmiy ishlar olib borilgan.

2. Tabiatshunoslikning ilmiy asoslari.


Tabiatshunoslik biosferaga oid ilmiy tadqiqotdir. Tabiatshunoslar odatda tajriba oʻrniga kuzatuvdan foydalanishadi. Tabiatshunoslik hayot shakllarining kelib chiqishi va yashash tarzi haqidagi maʼlumotlarni toʻplaydi va tizimga soladi. U biologiyaning ostsohasi boʻlib, botanika, zoologiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqdir va paleontologiya, ekologiya, biokimyo, geologiya va iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqadadir.
Tabiatshunoslik, tabiiyot - tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. Tabiatning inson ongidagi aksi boʻlgan T. jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. T.ning maqsadi — tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish. T., asosan, fundamental fanlar boʻlgan mexanika, fizika, kimyo va biol.dan tashkil topgan. Astronomiya, geol., tibbiyot fanlari, qishloq xoʻjaligi. fanlari, ekologiya kabi koʻplab bil im tarmoklari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan. T. tabiatda yuz berib, roʻyobga chiqib turadigan materiya harakatining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik shakllarini oʻrganadi va oʻrgatadi; ularning harakatlanish, oʻzgarish, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, bu krnuniyatlarning uzluksizligini isbotlaydi. T. tarixi umumjamiyat tarixi bilan mustahkam bogʻliqdir. T. tushunchasi faqat tabiiy sharoitlarni emas, ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklarni ham ifodalaydi. T.ni alohida fan sifatida oʻrganish gʻoyalari Forobiy, Ibn Sino risolalaridan maʼlum. Abu Rayhon Beruniy esa T.ni mustaqil fan sifatida rivojlantirishga hissa qoʻshgan, hatto T.ni ham boʻlimlarga boʻlgan va geodeziya, farmakognoziyani mustaqil fanlar sifatida bayon etgan. Matematika T.ning bir sohasi sifatida kelib chiqqan. Yevklid, Diofant, Geron, Xorazmiy, Ulugʻbek, Koshiy kabi olimlar matematik krnunlarni T. qonunlari asosida kashf etadilar. 17-asrdan nazariy T. yaratildi. Buning negizida Nyuton klassik mexanikasining 3 aksiomasi yotadi. Ayniqsa, uning ikkinchi aksiomasi 18-asrda T. sohasida kashf etilgan muhim qonunlarning deduktiv asosi boʻldi. Natijada T. qonunlarini matematik ravishda isbotlashga imkon yaratildi. Bu davrda Lagranj, Eyler, Gauss, Laplas, Bernulli va boshqa olimlar kashf etgan qonunlarni hamma fanlarga tatbiq etish harakatlari paydo boʻldiki, bu aslida notoʻgʻri boʻlib chiqdi. 19—20-asrlarda T.ning bu yoʻnalishini mexanitsizm deb, yangi tabiat krnunlari kashf etila boshladi. J. Tomson elektronni, A. Bekkerl radioaktivlik hodisasini kashf qilishi T.da, birinchi navbatda, fizikada ilmiy inqilobga asos boʻldi. A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, Ch. Lapelning geol.dagi, Ch. Darvoʻn, J. Kyuvye, Veysman va Morganning biol.dagi, K. Berning embriologiyadagi, shuningdek, molekulyar genetika va gen injeneriyasi sohasidagi yutuklar T. mazmunini boyitdi. T.ning intensiv taraqqiyoti hozirgi zamon ilmiytexnik jarayonini muttasil tezlashtirmokda. 21-asrda T., texnikashunoslik va jamiyatshunoslikni hamkorlikda rivojlantirish davr talabidir. Omonulla Fayzullayev.



Download 34,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish