SAN’ATNING BILISH TABIATI- Arastu u bilishning o‘ziga xos turi ekanini ta’kidlaydi va bu bilan ustozi Aflotunga raddiya bildiradi. «Birinchi muallim»ning fikriga ko‘ra, badiiy asarning mazmuni aniq-ravShan unda aks ettirilgan voqea-hodisa esa bilib olinishi oson bo‘lishi kerak, xuddi hayotdagidek idrok qilinishi lozim. Biroq, badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Ana Shu masofa tufayli badiiy reallik muxtor tarzda, amaliy hayotdagiga aynan bo‘lmagan tarzda idrok etiladi. Bunday masofa badiiy til, musiqiy kompoziSiya v. h. vositasida yaratiladi. Boshqacha aytganda, badiiyat olamining o‘z zamoni, o‘z makoni, o‘z tili mavjud. Faqat undagi o‘ziga xos mantiq haqiqiy hayot mantiqini aks ettirishi lozim. SHu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli idrok etuvchida muShohada qilish erki saqlanib qoladi
Do'stlaringiz bilan baham: |