ULUG‘VORLIK - tabiat, jamiyat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan man’naviy ahloqiy tuShuncha. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsa va hodisalarga xos umumiylik me’yoriy barkamollikdir.Tabiatda ulug‘vorlik baland tog‘lar, qudratli SharSharalar timsolida namoyon bo‘ladi. Ulug‘vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy Shartlangan, aniq tarixiy tabiatga ham molik qahramonlikda alohida nafosat va axloqiy birlikda to‘liq hamda bevosita namoyon bo‘ladi. San’atning turli ko‘rinishlari ulug‘vorlikni tasvirlashni xilma-xil imkoniyatlaridan foydalanadi. San’atdagi ulug‘vorlik badiiy mazmun va Shakl imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. G‘oya mukammal Shaklning zarurligini Yuzaga keltirib, san’at asarining buYuklik darajasini belgilab beradi. Ulug‘vorlikni Kant ikkiga ajratadi; matematik va dinamik ulug‘vorlik. Matematik ulug‘vorlik ekstensiv miqdorni, makon va zamondagi ko‘lamli miqdorni, dinamik ulug‘vorlik kuch va qudrat miqdorini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |