Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib hisoblanadi. Sistema – grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilin elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. SHu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ‘ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izoxlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turg‘umlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. YA’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |