Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonulari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlari Yuzaki qaraganda sub’ektiv qonunlardek bo‘lib tuYulsa ham, aslini olganda, ob’ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr Yuritishida bir xil amal qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin emas.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr Yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan holi bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |