Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 5,68 Mb.
bet195/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

Tasavvuf. Asli tasavvuf so‘zi «So‘fiy» so‘zidan, «So‘fiy» so‘zi esa arabcha «So‘f» so‘zidan yasalgan. So‘f deb arablar jundan bo‘lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda so‘fiylik yo‘lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tikilgan chakmon (u hirqa deb ham aytilgan) yoki po‘stin kiyib Yurishni odat qilganlar. SHuning uchun ularni jun chakmon kiyib Yuruvchilar, ya’ni so‘fiylar deb ataganlar. So‘fiy boshqa odamlardan o‘zini pok va g‘aribona turmuSh kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo‘lishi va faqat ilohiy ruhga qo‘shilishni maqsad qilib qo‘yishi bilan tubdan farq qiladi. So‘fiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo‘lmasligi kerak. YAgona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faqirlik tuyg‘usiga ega inson na birovga banda-Yu, na birovga xoja, u yolg‘iz Ollohga banda, u yolg‘iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o‘zlikdan kechish – so‘fiylik ta’limotining ma’nisi mana Shu. BuYuk so‘fiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: o‘zingdan o‘tding, Ollohga etding. Hazrat xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo‘q, lekin hech narsadan kamimiz yo‘q. O‘Sha «hech»... narsa ketidan Yugurib g‘am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go‘riston, agar o‘lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf - so‘fiylik insonni o‘rganar ekan, avvalo, kishining ko‘ngliga, diliga tayanadi, ko‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko‘ngil kishisini voyaga etkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Tasavvufda insondagi jamiki xudbinlklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs qo‘yish jism ehtiyoji va nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb o‘rgatiladi. Komil inson bo‘lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta’masini engish kerak. Dunyoga, boylikka mehr qo‘yish kishini nafsiga qul qilib qo‘yadi. DarveSh, so‘fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog‘idan, tubanlik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo‘li nafsning ehtiyojini engishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga ko‘ngil bog‘lash darkor. So‘fiylikda buni dunyo mohiyatini va o‘zligini, insoniylikni anglash yo‘li deb qaralgan. O‘zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o‘tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: «o‘z nafsining yomonligini tanish o‘zligini tanishdir».
Demak, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. U inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan 70 yil davomida bexabar edik. Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. O‘tmishdagi Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Bahouddin NaqShbandiylar Yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli Shu nur, Shu fayz bizga qaytdi.
SHuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta’limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bo‘lgan. Xoja hakim at-Termiziy, SHayx Abu Mansur al-Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad YAssaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, SHayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, YUsuf Hamadoniy, Bahouddin NaqShband kabi siymolar ilohiy ma’rifat yo‘lining rahnamolari bo‘ldilar. Ular yaratgan ta’limot va ilgari surgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. CHunonchi, Ahmad YAssaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni g‘osh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo‘lishga chaqirishda g‘oydalanish o‘rinli. YAssaviy inson hayotidagi katta kurash - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag‘lub Shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan g‘arib - Shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. SHu yovning boshini yanchgan, uni enggan, nafsga taslim bo‘lmagan kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. O‘z hikmatlaridan birida Shunday deydi:
Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.
yosa - tursa Shayton bilan hamroh bo‘lur....
U nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb murojaat etadi, va
«Nafsim meni yo‘ldan urib xor ayladi,
Termultirib xaloyiqqa zor ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, ma’naviy jihatdan jarlikka qulatadi. SHu bois «Nafsni tanib mehnat esa rohat», - deb xitob qiladi. Bu g‘oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g‘oyat muhim.
Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin NaqShband-ning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. NaqShbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
NaqShbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida hur fikrlikka keng o‘rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o‘z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni ko‘pchilik bilan baham ko‘rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko‘rishni afzal bilganlar.
Bahouddin NaqShband - aybsiz odam yo‘q, Shuning uchun agar aybsiz do‘st axtarsak do‘ssiz qolamiz, - der edilar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng Yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, Sham kabi bo‘lgin va odamlarga yorug‘lik ber, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l, degan ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Ko‘ngil Ollohda bo‘lsinu, qo‘ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida so‘zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya haqida ham to‘xtab o‘tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o‘z vatanini, xalqini dildan sevgan ingsonni ham ko‘ramiz. 1221 yilda bosqinchi mo‘g‘ul galalari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad XorazmShoh mamlakatni, fuqaroni o‘z holiga tashlab qochadi. SHu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shahid bo‘ladi. Uning siymosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari o‘nta bo‘lib, ularda bu tariqat yo‘lini tutgan so‘fiyning ichki ma’naviy dunyosi qanday bo‘lishi ko‘rsatilgan. Insonning sabr-toqatli bo‘lishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, makr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat – shahvoniy hirslarga berilmaslik g‘oyalari ilgari suriladi.
Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. U inson odobini - ya’ni ma’naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. SHu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi.



Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish