12-MAVZU: BUDDAVIYLIK VA XRISTIANDINI TARIXI VA FALSAFASI
REJA:
1.Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi. Buddizmdagi oqimlar.
2.O`zbekiston buddaviylik dinining tarixiy ildizlari va hozirgi zamon.
3.Xristianlik dining paydo bo‘lishi va asosiy yo‘nalishlari.
4.O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanish tarixi va hozirgi zamon.
Tayanch so’z va tushunchalar: Buddizm. Buddizm ta`limoti – to`rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm axloqiy ta`limoti – “ pancha – shila”. Buddizmdagi oqimlar: Mahayana, hinoyana, lamaizm va hokazo. O`zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. Xristianlik. Xristian ilohiyoti. Yakka xudoning uch qiyofasi: Ota – xudo, O`g`il – xudo, Muqaddas ruh. Xristianlikdagi asosiy oqimlar: ortodoks (provoslaviya) katolitsizm, ptotestantizm. Xristanlikning O’rta Osiyoga kirib kelishi.
Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda Yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-SHarqiy va SHarqiy Osiyo mamlakatlarida, SHri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, YAponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko‘pgina mamlakatlar huquq normalariga ko‘ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab qonuniy manbalar va ko‘p sonli diniy yo‘nalishlar mavjuddir.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo‘lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo‘ldi.
Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.
Hozirgi buddaviylikka e’tiqod qilib kelayotgan Sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta’limotini o‘rganish u erdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tuShunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an’analari buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko‘ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddaviylikning potensial kuchi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |