Xom-ashyo muammosi. Energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish bilan chambarchas bog‘liq muammo xom-ashyo (mineral resurslar, o‘rmonlar va hokazo) muammosidir. Hozirgi paytda 1970 yildagiga nisbatan uch marta ko‘p foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanayotgan ulush 12% ni tashkil etadi.
A.E.Fersman XVI-XX asrlar mobaynida erdan 50 milliard tonnaga qadar ko‘mir, 2 milliard tonna temir, 20 milllion tonna mis, 20 ming tonna oltin va boshqalar qazib olinganini hisoblab chiqqan. Hozirgi paytda yiliga 100 milliard tonnaga yaqin (50 kv.km atrofida) foydali qazilmalar qazib olinmoqda. V.I.Vernadskiyning «insoniyat umuman olganda, qudratli geologik kuchga aylanmoqda»32 degan xulosasiga to‘liq qo‘shilishi mumkin.
Xom-ashyo muammosining hal etilishi xom-ashyoning qimmat va olish qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |