SAMIMIYLIK - “boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo‘la oladigan, xabardor” degan ma’noni anglatadi. Samimiylik - to‘g‘riligiga o‘zi ishongan, bu haqda o‘ziga va boshqalarga iqror bo‘la oladigan narsalarni qiladigan odamning ma’naviy ijobiy sifati. Samimiy - samimiyat b-n ish tutuvchi, muomala qiluvchi, sidqidillik b-n chin qalbdan qilingan, dildan chiqqan. Samimiyat - kishilarga qalban hayrixohlik, pokdillik, samimiylik, sidqidillik. S. insondagi eng yaxshi xislat, oliy insoniy fazilatlardan biri bo‘lib, axloqning muhim me’yorlaridan hisoblanadi.
TAKABBUR(LIK). Takabbur – o‘zini katta oladigan, kibr-havoli. Takabburlik - 1. Takabbur bo‘lish. 2. Takabbur odamlarga xos xatti-harakat. T.lik - salbiy axloqiy sifat bo‘lib, boshqalarga kibr-havolik b-n munosabatda bo‘lish, ularning tajribasi va ma’naviy boyliklarni mensimaslik, o‘zining jamiyatda tutgan o‘rnidan, millatidan mag‘rurlanishni anglatadi. T.lik - manmanlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, kishining o‘zini yaxshi ko‘rish va imkoniyatlariga ortiqcha ishonishi asosida boshqalarga behurmatlikda bo‘lishini ifodalovchi salbiy axloqiy sifat. T.lik - illat. T.lik kamtarlik va odamlarga hurmat sifatlariga ziddir. T.lik kibr, manmanlik, mag‘rurlik, maqtanchoqlik, kekkayish, kaltabinlik, jamoadan o‘zini Yuqori qo‘yish, boshqalardan ustunligini namoyon etish kabi illatlar yig‘indisidan iborat.
TARBIYA – insonning Shaxs bo‘lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Go‘zal fazilatlar insonga xos narsa, faqat uning mulki emas. YAxshi fazilat jamiyatning boyligi, umuminsoniy ma’noga ega. Ijobiy fazilatga ega bo‘lgan kishilar jamiyatga ta’sir qiladi, uning rivojlanishini tezlashtiradi. Inson bolasi ham bu yorug‘ olamga Shunchaki kelmaydi.
ZINO– buzuqlik, fahSh. SHar’iy nikohda bo‘lmagan erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishi, islomda katta gunoh sanaladi. Zinokor odam jamiyat axloqini buzadigan odam qaralgan va tegishli jazo belgilangan. SHariatda zino haqida hukm chiqarish uchun Shu ish b-n Shug‘ullangan har ikki tomonning iqoro bo‘lishi talab qilingan. Tuhmat va yolg‘on guvohlikka qarab hukm chiqarilmagan
SEVGI – 1) emoSional jihatdan ijobiy bo‘lgan munosabatning Yuksak ko‘rinishi bo‘lib, bunda sub’ekt o‘z obektini boshqalardan ajratib oladi va o‘z hayotiy extiyojlarining diqqat markaziga qo‘yadi; 2) sub’ektning turg‘un, intensiv va kuchaygan hissiyot bo‘lib, bunda organizmning fiziologik jarayonlarida va xususan Shaxsning jinsiy maylida faollik kuzatiladi. S.da bir Shaxs boshqa insonning hayotida o‘zligini butunlay namoyon qilish va bu orqali unda o‘ziga nisbatan xuddi Shunday hislarni uyg‘otish niyatida bo‘ladi. Bu hislar ham o‘ziniki singari turg‘un, intensiv va kuchaygan bo‘lishini hohlaydi. S. hissi o‘ta intim mazmunga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |