Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

«organik o‘sish»
strategiyasi


taklif etilgan edi. Ushbu strategiyaning asosiy mag‘zi mintaqalarning
differensiallashgan rivojlanish haqidagi g‘oya bo‘lib, u insoniyatning
organik bir
butunlik
sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratishi lozimligi edi.
Rim klubiga
31
taqdim etilgan dastlabki, miqdoriy usullarga asoslangan
ma’ruzalar bilan bir qatorda dunyoning rivojlanish jarayonlarini sifat jihatdan tahlil
qilishga asoslangan «Jahon tartiblari modellarining loyihasi» doirasidagi tadqiqotlar
keng yoyildi. Bular A.Kotarining «Kelajakka qo‘yilgan qadamlar», (1974),
R.Falkning «Kelajakdagi dunyolarni o‘rganish» (1975), A.Mazruining
«Madaniyatlarning jahon federatsiyasi» (1976), Y.Galtungning «Haqiqiy olamlar»
(1980) va «Muqobillar bor!» (1984) kabi ishlaridir. 
YUNESKO homiyligi ostida K.Doych rahbarligida «Umumjahon modellari»
loyihasi («Jahoniy modellashtirish muammolari. Siyosiy va ijtimoiy implikatsiyalar»,
1977), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) homiyligidaJ.Lezurn
rahbarlik ostida tayyorlangan «Xalqaro kelajak» loyihasi («Kelajak bilan uchrashuv:
mumkin bo‘lganni amalga oshirish va ko‘zda tutilmagan hollarga tayyor bo‘lish»,
1974) ishlab chiqildi. 
Sasseks universitetida (Buyuk Britaniya) CH.Frimen va S.Koul rahbarligi
ostida 1977 yilda bajarilgan «Global modellar» «Jahon kelajagi. Katta munozaralar»,
G.Kan rahbarligida Gudzon institutida (AQSH) bajarilgan «YAqinlashayotgan
to‘polon» (1982), Amerika ma’muriyatining buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan
ma’ruzalar «2000 yilning global muammolari» (1980) «Global kelajak: harajat qilish
vaqti» (1981), Umumjahon vaxtasi instituti tadqiqotlari va boshqalar ma’lumdir.
Agar kelajakning «
mumkin bo‘lgan dunyolari»
ning dastlabki modellari
texnokritik xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrda global muammolarni
echish uchun jamiyatning o‘zini ijtimoiy munosabatlarini (mintaqalararo,
davlatlararo) va insonning o‘zini, uning qadriyaviy mezonlarini va kundalik xulq-
atvorini mukammallashtirish zarurligi haqidagi fikrlar tobora ko‘proq mazkur
keyinchalik paydo bo‘lgan modellarga kirib bormoqda.
3.
Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki,
urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto
insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni
tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon,
 
T.Gobbs, J.Prudon,
 
F.Nitsshe
va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan.
Bu o‘tmishdagi barcha mutafakkirlar urushni xuddi shunday qabul qilgan
degani emas. Erazm Rotterdamskiy, J.J.Russo, I.Kant, M.V.Lomonosov va boshqa
ko‘plab mutafakkirlar urushga qanday munosabatda bo‘lganlari yaxshi ma’lum. XIX-
XX asrlarda tinlik uchun kurash patsifizm, ya’ni urush va militarizm bilan bog‘liq
barcha narsalarni to‘liq inkor etish tusini oldi.
Ta’kidlab o‘tish zarurki, asrdan asrga urushlar tobora dahshatliroq va qirg‘in
bo‘lib borgan. Evropada XVII asrda urushlarda 3 million odam halok bo‘lgan, XIX
asrda - 5,2 mln (ularning 2 mlnga yaqini Napoleon urushlarida). XX asr bu borada
barcha asrlarni ortda qoldirdi. Birinchi jahon urushida 10 millionga yaqin, ya’ni
ilgarigi 200 yil davomida yuz bergan urushlarda qancha odam o‘lgan bo‘lsa shuncha
31
Қаранг: Печчеи А. Человеческие качества. М., 1985.


kishi halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi 60 million kishining yostig‘ini quritdi. Unda
61ta davlat ishtirok etdi va mustamlakalarni ham hisobga olganda Er shari aholisining
80%ni qamrab oldi. Jangovar harakatlar Evropa, Osiyo, Afrikaning 40 ta davlati
hududida, to‘rtta okeanning akvatoriyalarida olib borildi. 
Ommaviy qirg‘in qurollarining turlarining rivojlantirilishi (yadroviy, vodorod,
neytron, kimyoviy, bakteriologik va hokazo) shunga olib keldiki, bugungi kunda
to‘plangan qurol-yarog‘lar zahirasi insoniyatni hamda sayyoramizdagi jami
mavjudotlarni bir necha marta yo‘q qilish uchun etarlidir. Aytish mumkinki, urush
va tinchlik muammosi - bu «zamonaning tarixiy jihatdan birinchi global
muammosidir va hozirga qadar global muammolar ro‘yhatida birinchi o‘rinda
turuvchi eng xavfli va orqaga surib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda»
32
.
«Sovuq urushning» tugatilishi, bloklarning harbiy-siyosiy qarama-qarshiligining
bartaraf etilishi, xalqaro vaziyatning umumiy yaxshilanishi urushni ongli ravishda
boshlanish xavfini ancha kamaytirdi. Biroq uning tasodifan boshlanib ketish xavfi
saqlanib qolmoqda. SHu sababli ushbu global muammo faqat global qurolsizlanish va
birinchi navbatda, ommaviy qirg‘in qurollarining yo‘q qilinishi orqali hal etilishi
mumkin.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish