Fridrix SHiller (1759-1805)dir.
SHiller jamiyatni o‘zgartirishni istaydi, lekin inqilobiy o‘zgarishlarga qarshi.
SHillerning nazdida,
inqilob avvalo, axloqsizlik, u asrlar mobaynida qaror topgan
axloqiy tamoyillarni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlaydi; ikkinchidan, u nafosatga qarshi-
inson tabiati uyg‘unligini buzadi, narsa mavjudligi tabiiy tartibining muqaddasligini
va go‘zalligini parchalab yuboradi. SHu bois jamiyatni qayta qurishdan avval insonni
qayta qurmoq lozim. Buni esa shaxsning uyg‘un rivojlanishi, go‘zallik vositasidagi
tarbiya orqali amalga oshirish mumkin. Go‘zallik esa SHiller nazdida, hodisaga
aylangan erkinlik.
Xo‘sh, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi pulga sig‘inishdan, insonni o‘z kasbining
muruvvatiga, parchasiga aylanib qolishdan xalos etish uchun, unga qadimgi yunonlar
davridagi uyg‘unlikni qaytarish uchun nima qilmoq kerak? SHiller, yuqorida
aytganimizdek, inqilobiy yo‘lni qat’iy inkor etgan holda, «estetik tarbiya»
tushunchasini kiritadi;
erkinlikka yo‘l faqat go‘zallik orqali o‘tadi , degan fikrni ilgari
suradi.
Olmon mumtoz faylasuflari orasida
Fridrix Vilxelm Yozef SHelling (1175-
1854)ning estetik qarashlari ham diqqatga sazovor. Uning «San’at falsafasi», «Resi»,
«Tasviriy san’atning tabiatga munosabati» singari asarlarida nafosatshunoslik
muammolari ko‘tarilgan.
SHellingning fikriga ko‘ra, san’at asarining o‘ziga xos belgisi
«onglanmaganlikning cheksizligi» hisoblanadi. San’atkor o‘z tabiatidangina kelib
chiqib ijod etar ekan, badiiy asar u aytishni hoxlagandan ortiq narsani o‘z ichiga
oladi. Zero san’atkor o‘z asariga asar g‘oyasiga kirmagan yana «qandaydir
cheksizlikni» ixtiyorsiz ravishda singdiradi. Bu cheksizlikni «cheklangan aql»
qamrab ololmaydi. Ana shu onglanmaganlikning cheksizligidan SHelling go‘zallik
tushunchasini keltirib chiqaradi: go‘zallik cheksizlikning cheklanganlikdagi ifodasi.
Go‘zallik san’atning asosiy xususiyati. Go‘zalliksiz san’atning mavjud bo‘lishi
mumkin emas. San’atkor alo hissiy go‘zallik g‘oyasini anglaydi shu g‘oyani sezilarli
qiluvchi narsa bilan biriktiradi. Dahoning vazifasi olam uyg‘unligida Xudodagi oliy
go‘zallikni ko‘ra bilishdir.
San’at taraqqiyotini SHelling asta-sekinlik bilan uning jismiylikdan qutilib
borishida ko‘radi. CHunonchi, yunon haykaltaroshligida ruhiy jihat jismda o‘z
ifodasini topgan. Haykallar ilohiy mavjudotlar tushunchasini beruvchi va shuning
barobarida san’atning maqsadini belgilovchi qadimgi yunon mifologiyasiga
asoslagan. YAngi davrda ana shu vazifani nasroniylik bajaradi. Rangtasvir, nojismiy
narsalardan, qay darajadadir ruhiy bo‘lgan bo‘yoq va jilodan foydalana borib, tobora
yangi davr san’atiga aylanib bormoqda. Rassom uchun eng muhimi-ma’naviy
go‘zallikni aks ettirish. SHunday qilib, SHelling nazdida san’at taraqqiyotining
barcha jarayonlari xissiylikdan ma’naviylikka o‘tish harakatidan ruhning materiya
ustidan g‘alaba qozonib borishidan iborat.
Olmon mumtoz nafosatshunosligida o‘ziga xos e’tiborli o‘rinni