tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan
bo’ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg’otadi; chetdan qarab turganlar unga
ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur,
ODOBLI
yigitcha ekan», deb qo’yadilar.
Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa,
g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda
yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki
bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi -
muhim o’zgarish ro’y bermaydi.
XULQQA
quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri
imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, qo’lidan kelgan
yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko’ngil, ochiqqo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga
intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va
unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar
bilan qo’pol muomala qilsa, to’y-ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht
o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning
badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi
buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror-bir ko’zga
tashlanadigan ta’sir o’tkazmaydi.
AXLOQQA
kelsak, masala o’ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat
prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta’minlash uchun intiladi, adolat qaror
topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib,
ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs,
balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u-umrini millat, Vatan va
inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna
bo’laroq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror,
aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida
oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqaro nazdida birgina kishi-
prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bunday
tasavvurlarning muntazam kuchayib borishi esa oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga
olib keladi.
Bu o’rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik -
xushxulqlilikka, xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo’lga
qo’yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikdan-
axloqsizlikka o’tishi mumkin.
Mazkur fanimizning predmeti bo’lgan umumiy tushuncha sifatidagi axloqni quyidagicha
ta’riflash mumkin:
Axloq-barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda
ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko’rinishidan iborat bo’lgan, insonga berilgan ixtiyor
erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo
etuvchi ma’naviy hodisa.
SHuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar
zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z-o’zini idora qilish shakllari va
me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo’lgan ma’naviy kamolot darajasining
namoyon bo’lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor.
19
Axloqshunoslik qadimda fizika, metafizika va mantiq bilan birgalikda falsafaning uzviy
(uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so’ng) u alohida falsafiy yo’nalishdagi fan
maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning
fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy
xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. SHundan kelib chiqqan holda, falsafaning
predmetini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur
19
Do'stlaringiz bilan baham: