Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Eng yangi davr estetikasidagi asosiy yo‘nalishlar (ruhiy taxlil, ekzstensiyachilik)



Download 7,24 Mb.
bet144/427
Sana14.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#448183
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

Eng yangi davr estetikasidagi asosiy yo‘nalishlar (ruhiy taxlil, ekzstensiyachilik). Oktyabr davlat to‘ntarishidan so‘ng 1917 yili Rossiyada SHo‘rolar tuzumi vujudga keldi. Bu tuzum asoschilari V.I. Lenin va I.V. Stalin butun mamlakatda totalitar tartib o‘rnatdilar, yangi mustamlakachilik siyosatini olib bordilar. Turkiston avval to‘rt, so‘ng besh milliy respublikaga bo‘lindi. 30-yillardan boshlab SSSR deb atalgan bu imperiyada falsafiy-ijtimoiy fanlar mafkuraga bo‘ysundirildi, ularga mafkuraning bir ko‘rinishi maqomi berildi. Natijada ular rivojlanishdan to‘xtadi. Ammo jahonda bu fanlarning taraqqiyoti rosmana davom etdi, yangi-yangi oqimlar va yo‘nalishlar vujudga keldi, mavjudlari yanada keng rivojlanish yo‘liga chiqdi. SHular jumlasidan estetika ham taraqqiy topdi. Ana shu taraqqiyotda ruhiy tahlil yohud froydchilik yo‘nalishi o‘ziga xos o‘ringa ega.
Avstriyalik tahlilchi-faylasuf Zigmund Freyd (1956-1939) ruhshunoslikda yangi bir davr ochdi. SHu asnoda badiiy ijodning o‘ziga xos nazariyasini yaratdi.
Freyd san’atning mavjudligini yuqorida tilga olingan sublimatsiya nazariyasi bilan izohlaydi. «Odamlarning kundalik hayotini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, - deydi Froyd, - ko‘plar o‘z jinsiy intilishlarining katta qismini kasbiy faoliyatlariga o‘tkazib yuborishga erishadilar... Bunda mazkur intilishlar sublimatsiyaga uchraydi, ya’ni o‘z jinsiy maqsadlaridan chekinib, endi jinsiy bo‘lmagan, ijtimoiy jihatdan yuksak maqsadlar tomon yo‘naladi».
San’at, Freydning fikriga ko‘ra, tush kabi, onglanmaganlik o‘zini nisbatan ravshan va bevosita ko‘rsatadigan soha. San’at timsollarida onglanmaganlik nazorat (senzura) uchun ma’qul keladigan ramziylik shakllarini oladi. Voqelik ijod jarayonida salbiy (negativ) kuch sifatida ishtirok etadi: u onglanmaganlikning erkin va to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalanishiga to‘sqinlik qiladi. Xayolot (fantaziya)ni Freyd badiiy ijodning asosi deb hisoblaydi. Xayolotning manbai esa - onglanmaganlik, inson ruhiy kuchlarining ombori. Real hayot bilan kelisha olmagan, jamiyat tomonidan ta’qiqlangan intilishlar o‘zini xayolotda va xayolot asosida vujudga keladigan san’atda namoyon qiladi.
To‘g‘ri, Freydning san’atdagi hodisalarni, san’at asari tahlilini, umuman, hamma narsani faqat biologik-seksual tarzda olib qarashini, ularni «Edip kompleksi»ga taqab qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlab bo‘lmaydi. Lekin, shunga qaramay, Freyd ilgari surgan g‘oyalar san’at taraqqiyotiga, nafosatshunoslik ilmiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Froyd ishini davom ettirgan Karl YUng, Otto Rank, Erix Fromm singari tahlilchi faylasuflar ham bu borada ulkan ishlarni amalga oshiradilar.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish