Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 7,24 Mb.
bet152/427
Sana14.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#448183
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

Xalq amaliy san’ati.Amaliy san’at turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. SHu bois, xalq madaniyati tarixini uning amaliy san’atisiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosining eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. SHuning uchun ham ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoni jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi. Bu manbalardan bugungi kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib keladi.
Xalq amaliy san’atining milliy estetik mazmuni naqqoshlik san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Naqqoshlik san’ati g‘oyat boy va mazmundor bo‘lib maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq, cholg‘u asboblaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki xonadon devoridagi naqshlar turli xil bo‘lib ulardan “girix” arabcha “tuguncha” degan ma’noni anglatgan xandasaviy naqshlar ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan naqshlar va “islim” (arabcha) yuguruvchi ma’nosini anglatib to‘g‘ri yo‘l ichiga ilon izi shaklida chizilgan o‘simliksimon naqshlardan iborat bo‘lgan. Ular faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki xonadon egalarining orzu-umidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining ko‘rsatkichi sifatida ham namoyon bo‘lgan. Bugun ham zamonaviy turar joylar va binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari O‘zbekiston me’morchiligida muhim o‘rin tutadi. CHunonchi, turar-joy dizayni bu milliy an’analarga tayangan noyob ijodiy faoliyat bo‘lib, ularning mahorati va badiiy bezatilishning ko‘pgina qirralarini ifodalaydi. Turar-joylar intererlaridagi umumiy devorlarning sathi an’anaviy kompozitsion bo‘linish usullari, intererlarni badiiy-bezakli pardozlashning asoslariga tayanadi va ko‘plab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, binoning tashqi ko‘rinishi - tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri ko‘p hollarda ko‘rkam bezakli bo‘ladi. Devorlarning tokchalarga bo‘linishi turg‘unlik va sokinlik taasurotini yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni bajarishda simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik, uyg‘unlikni namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan yog‘och eshiklar, ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan ko‘prangli naqshlar, shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlari tokchalar, shiftlar karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga badiiy tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh etadi.
Intererlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador kompozitsiyalar yaratiladi. Interer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir necha kompozitsion echimlarini kuzatish mumkin. Bu tokchalarga bo‘lingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va o‘ymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiya. SHift naqqoshligi ham Toshkent intererlarida muhim o‘rin tutadi. Ular o‘zida konstruktiv va badiiy echimning sintezini namoyon etadi. Ular turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qo‘llaniladi. Bu amaliy san’at turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan qulay iqtisodiy sharoit, innovatsion ta’sir va amaliy-bezak san’atining ko‘p asrlik an’analari bilan bog‘liqdir.
YOg‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va engilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar joy me’morchiligida O‘rta Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi avva o‘ymakorligi shular jumlasidandir.
Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa Toshkentda keng tarqalgan o‘simlik naqshlari- majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan majnuntol - sevgi sog‘inchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan.
O‘zbek xalq amaliy san’atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zardo‘zlik, kigizchilik, kashtachilik kabi bir qancha turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar yo‘qolib ketishi xavfi bor edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy san’atimizning bu sohalariga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Ular tiklanib yangi an’analar paydo bo‘la boshladi. Bu esa hozirgi kunda san’atkorlar, xalq ustalari, mualimlar amaliy bezak sirlarini shogirdlariga o‘rgatib qolmay bu san’at asarlarini keng targ‘ib etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Estetik tarbiyani shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi hamda tartibga soluvchi vositalar mavjud bo‘lib, ular yillar davomida xalqimiz tajribasidan o‘tgan, xalq turmush tarzining asosiy mezoniga aylangan. San’at, mehnat, sport, matbuot, muhit kabi an’anaviy vositalar shular jumlasidandir. Ular orasida san’at eng ta’sirchan estetik tarbiya vositasi hisoblanadi.
San’at mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. SHuning barobarida, u insonni doimo o‘ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo‘lib kelgan. San’atni “bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir”, - deb bilgan taniqli jadid mutafakkiri Abdurauf Fitrat san’at va uning insonga ko‘rsatajak ta’siri to‘g‘risida mulohaza yuritib, shunday degan edi; “Buyuk bir shodlik ko‘rgan kishi o‘zining shod tuyg‘ularini boshqalarga bildirib, shodligini orttiradir. Ulug‘ bir qayg‘uga uchragan esa, o‘z dardini boshqalarg‘a o‘tkarib, o‘zini ovuntirg‘an bo‘ladir. Miyasi yuksalmagan bolalar, san’atdan xabarsiz kishilar shodli-qayg‘uli tuyg‘ularini sakrab, o‘ynab, kulib, yig‘lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarg‘a anglatadilarda, shu yo‘l bilan ovuntirilgan bo‘ladilar, san’at egalari esa turli tovar (material)lar yordami bilan o‘zlarining tuyg‘ularini jonlantirib maydonga chiqaradir. SHu yo‘lda boshqalarni o‘z tuyg‘ulari bilan tuyg‘ulantirishga tirishadir”.
San’atning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan belgilanadiki, estetik tarbiya faqat va faqat insonga xos bo‘lib, u inson orqali voqelikka aylanadi. San’at tasvir vositalari orqali insonning idellari va orzu-umidlarini ranglarda, ohanglarda, badiiy obrazlarda aks ettiradi, insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli qiyofalar bilan uning o‘ziga namoyish qiladi. Bu bilan san’at o‘ziga insonni jalb etadi, uning qiziqishini orttiradi. Natijada inson san’atning muxlisiga, tomoshabiniga aylanadi. Agar inson o‘zining estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltira olgan bo‘lsa, chinakam san’at uning kelajakdagi buyuk ishlariga rahnamolik qiladi. Aksincha, estetik tuyg‘usi va estetik didi tarbiyalanmagan kishi san’atning buyuk imkoniyatlaridan mosuvo bo‘lib qolaveradi. Biroq, san’at u yoki bu ko‘rinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero, haqiqiy san’at asarlari insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka undab kelgan estetik tarbiya vositasidir.
SHaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat ko‘ra ifodalash mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko‘rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafko‘raviy mazmun bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi.
San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Ma’naviy jarayonlarni inson tomonidan anglanishi shaxs estetik didining qay tariqa shakllanganligi bilan belgilanadi. CHunki, inson estetik didi uning go‘zallikdan xunuklikni, ulug‘vorlikdan tubanlikni, fojeaviylikdan kulgulilikni ajrata olish qobiliyatlariga qarab baholanadi. Did yordamida odamlar hayotiy faoliyatlarini shakllantirishga harakat qiladilar. SHunga ko‘ra, insonning didsizligini fojea deb bilish yaramaydi; didsizlik bu tariqa fojeaga aylanmaydi. Didsizlik fojeaga aylanishi mumkin qachonki, biror-bir shaxsning past darajadagi didi boshqa bir yuksak didli shaxsning didiga hukmronlik qilsa va uni o‘z izmiga bo‘ysundirishga harakat qilsagina did fojea tusini oladi. Bunday holat o‘z navbatida hayot go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga monelik ko‘rsatadi. San’at ana shunday fojealarning oldini olishda insonga ko‘mak beradi.
Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, u o‘ziga xos ta’sirchanlik, tug‘yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko‘lamining vujudga kelishi mumkin emas. SHuningdek, inson badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o‘stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. SHunga ko‘ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqelikda sodir bo‘layotgan hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni insonga tushunarli tarzda etkazib beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga sazovordir.
Insonni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayon bo‘lib, amalga oshiriladigan islohotlar ham mazkur jarayonni takomillashtirishni nazarda tutadi. Estetik tarbiyani takomillashtirish va uni zamon talablariga moslashtirish estetik madaniyat shaxs – jamiyat – shaxs tizimida mavjud bo‘lib, bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. ya’ni, estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o‘z navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu tartibdagi o‘zaro ta’sir millatning qadam-baqadam komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi.
Hozirgi paytda milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqazo etadi.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish