Shaxsni estetik tarbiyalashda fan ta’lim va madaniyatning o’zaro bog’liqligi
Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim va tarbiyadan boshlanadi. Ilmning hikmati va fazilatiga doir alloma vatandoshimiz Muhammad Imomzoda al-CHo‘g‘iy (vafoti 1177)ning qarashlari ham diqqatga sazovor. Uning “SHir’at al-islom – Islom yo‘li” nomli kitobida ilm olish odoblari va fazilatlariga doir ko‘plab ma’lumotlarni muayyan axloqiy tizimga solgan. Qizig‘i shundaki, u shar’iy bo‘lmagan ilmlarni ikki qismga - maqtalgan va yomonlangan turlarga bo‘ladi. Dunyoni obod qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlar – tibbiyot, hisob-kitob, dehqonchilik, to‘quvchilik kabi hunarlar hatto qon olishni bilishni maqtalgan va o‘rganish kerak bo‘ladigan ilmlar sirasiga kiritadi, bu bilimlar sababli insoniyat boqiy qoladi, deydi. Ayni paytda, riyoziyotga chuqur kirishish, uning eng nozik jihatlarini ham tadqiq va tahlil etishga urinishni fazilat hisoblaydi. YOmonlangan bilimlarga esa – sehr-jodu va har xil tilsimlar, folbinlik bilan shug‘ullanishni kiritadi. Muboh, ya’ni ihtiyoriy bilimlarga she’riyat va tarix kiradi. Biroq, falsafani ba’zi joylarda va ba’zi hollatlarda kerak bo‘ladigan fan, uni shunday zarurat holati uchun o‘rganish kerak. Aks holda, u yomonlangan fan sohasidir, deydi.
Allomaning ilm haqidagi fikrlari ijtimoiy-ma’naviy jihatdan yuksak ahamiyat kasb etadi. U ilmga hiyonat qilishni o‘zgalarning moliga hiyonat qilishdan og‘irroq deb biladi. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, al-CHo‘g‘iy ilm oluvchining zimmasiga ham bir qator axloqiy mas’uliyatni yuklaydi. CHunonchi, chala eshitgan narsasini oshkor qilmasligi, aniq ishonch qilmagan bilimini odamlar orasida gapirmasligi va atrofga yoymasligi zarurligini uqtiradi.
Tarbiyada estetik ta’lim va bilimning zarur ijtimoiy talab hisoblanadi. BMTning ming yillik sammitida keltirilgan quyidagi ma’lumotlari mushohada va mulohaza uchun asos bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001-2002 o‘quv yilida dunyo bo‘yicha 115 million bola yoki boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 18 foizi maktabga bormagan. Bularning 61,3 millioni qizlar (53 foizi), 45 millioni (39%) Afrika Saxarasidagilar va 42 millioni (36%) Janubiy Osiyodagi bolalardan iboratdir. Maktabni qoldirish ehtimoli katta bo‘lgan bolalar G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi (45,3%), SHarqiy va Janubiy Afrikadagi (38,5%) Janubiy Osiyodagi (26%) hamda YAqin SHarq va SHimoliy Afrikadagi (18,7%) bolalar bo‘ldi. Mazkur mintaqalarning barchasida o‘g‘il bolalardan ko‘ra qiz bolalar ko‘proq maktabga bormasligi kuzatilgan. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi eng katta farq YAqin SHarq va SHimoliy Afrikada kuzatilgan. Mazkur mintaqada o‘g‘il bolalarning 15,4 foizi, maktabni qoldirgan bo‘lsa, bu holat qizlarning 22,1 foizida kuzatilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish axloqiy, estetik va mantiqiy tafakkurni yangilash va boyitishni taqozo etadi. Xususan, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligini axloqiy va estetik madaniyatdan, mantiqiy tafakkur va mushohadadan ayri holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu maqsadga erishish uchun bo‘lajak mutaxassis yoki davlat xizmatchisi avvalo axloqiy ko‘nikma, estetik bilim va mantiqiy mushohadaga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa, estetika fani doirasida o‘zlashtiriladigan bilimlar umuman sharqliklarga, xususan xalqimizga begona emas. Zero, bu ilmsiz o‘zbek xalqi tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyati, madaniyati, bir so‘z bilan aytganda, uning buyukligini anglash mumkin emas.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning “3.3.1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish hamda rivojlantirish prinsiplari”da ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish”ga bog‘liq ekanligi bundan buyon odamlar tafakkurini o‘zgartirish estetik tarbiyadan ayri holda amalga oshmaydigan jarayon ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunga kelib g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurash aynan estetik bilimni taqazo etmoqda. SHu bois avlodni estetik tarbiya asosida voyaga etkazish doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u deyarli barcha sohalarda masalan, sog‘liqni saqlash tizimida – tibbiyot estetikasi, ekologiya sohasida – ekologik estetika, texnikaviy taraqqiyot sohasida – texnika estetikasi (dizayn)ning yuzaga kelgani shular jumlasidandir. SHu bilan bir qatorda, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish ham estetika fani oldiga qator vazifalarni qo‘ymoqda.
Estetika fani insonning kundalik hayotiga g‘oyatda yaqin. CHunki, erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlashlari, «ommaviy madaniyat»ning g‘ayriestetik xususiyatlarini rad qila olishlari lozim. Buning uchun esa ta’lim tizimida estetika faniga bo‘lgan hozirgi munosabatni tubdan o‘zgartirish zarur. CHunki, jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida estetika fanini o‘qitish masalasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Birgina Garvard Universitetida (AQSH) estetika bo‘yicha 3 ta markaz, 18 ta yo‘nalishda (bu yo‘nalishda estetika sohasiga doir 46 ta fan o‘qitiladi) ilmiy tadqiqot hamda ta’limiy ishlar olib borilayotganligi, Oksford Universitetida (Angliya) esa “Estetika” fakulteti mavjudligi va unda shu sohaga doir 66 ta fan o‘qitilishi estetik bilimlarga bo‘lgan e’tibor katta ekanligidan dalolat beradi. SHu ma’noda, faylasuf olim Abdurahim Erkaevning “YOshlarni kitob o‘qishga o‘rgatmoq mumtoz va zamonaviyyuksak san’at asarlariga qiziqtirmoq, estetik va axloqiy tarbiya saviyasini ko‘tarmok kerak. Ma’naviy tarbiyaning asosini tashkil qiluvchi etika va estetika fanlarini o‘qitishni oliy o‘quv yurtlarida qayta tiklash maqsadga muvofiq. Aks holda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida tarbiya jarayoni qashshoqlashib, biryoqlamalik avj oladi. Bo‘lajak mutaxassis texnokrat, o‘qituvchi va tarbiyachi nasihatguy safsataboz bo‘lib etishadi”, degan fikri g‘oyatda ahamiyatlidir.
Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa yoshlarga “huzur-halovat va lazzat manbai” sifatida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning aksariyati horijiy ommaviy-axborot vositalari hamda Internet tarmoqlaridagi turli xil saytlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi paytlarda fetishestetika (engil-elpi, yaltiroq estetika), “ommaviy madaniyat”ning inson maishiy turmushi bilan bog‘liq saytlari shunchalik ko‘payib ketdiki, ular yoshlarning estetik didini pasaytirishga va estetik dunyoqarashini to‘poslashtirishga olib kelayotganligi bugungi kunda ochiq-oydin namoyon bo‘lib qolmoqda. YOshlar tarbiyasiga bunday g‘ayriestetik g‘oyalarning tahdid va uning salbiy oqibatlarini tushuntirib beradigan ilmiy nazariy asos aynan estetik bilimni yuksaltirish orqali amalga oshadi.
Estetik bilimning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, ular orasida eng dolzarbi sayyoramizda nafosatga asoslangan estetosfera muhitini yaratish bilan bog‘liq. CHunki texnogensivilizatsiya davrida texnika, texnologiya, umuman noosfera insonning yashash muhitiga aylanib qolgan. Binobarin, insoniyatning tabiiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari kengayib borayotgan bir davrda ularning estetik muhitga ehtiyojlari ortib bormoqda. SHuni ham ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda Internetdan foydalanuvchilar soni kam bo‘lsada, global tarmoqda ishlash yoshlar tomonidan juda qisqa fursatlarda o‘zlashtirilib olinmoqda. Biroq, yoshlarning qaysi veb saytlardan foydalanishi g‘oyaviy tarbiya masalasida katta ahamiyatga ega. Bu borada belgiyalik professor Frenk Tevisson tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Evropa mamlakatlarida 90 foiz talabalar Internetdan foydalanishar ekan. Ammo, ularning qaysi saytdan foydalanishlarini o‘rganilganda, atigi 10 foiz talaba bevosita o‘quv jarayoniga taalluqli saytlarga, 90 foizi esa, asosan pornografik mazmundagi saytlarga kirishni xush ko‘rishi ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’limni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida “oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish” muhim vazifalar etib belgilab berildi. Mazkur vazifalarni ta’lim muassasalarida to‘laqonli va oqilona bajarilishi avvvalo, estetika fanining ilmiy va ta’limiy asoslarini yanada mustahkamlashni nazarda tutadi. Bunda estetika fanini o‘qitishni takomillashtirish, fanning mazmunini dolzarb mavzular bilan boyitish, ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamda estetika ta’limi sifatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega. Bundan tashqari, estetika fanining tarbiya jarayonidagi o‘rni ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida estetik tarbiyaning to‘g‘ri yo‘naltirilishi “talaba + mutaxassis = ziyoli” ko‘rinishning tarbiyaviy maqsadi va asosini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu turli tahdidlarning doirasi kengayib borayotgan, “ommaviy madaniyat”ning g‘ayriestetik ko‘rinishi tez o‘zgarib inson tafakkuriga salbiy ta’siri kuchayib borayotgan hozirgi globallashuv davrida estetika faniga bo‘lgan ta’limiy, tarbiyaviy ehtiyojni yanada kuchaytiradi.
YUrtimizda har bir yil qay nomda nomlanmasin, unda davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, kengqamrovli maqsadlarni amalga oshirishda hal qiluvchi o‘rin tutadigan reja va vazifalar hisobga olinadi. O‘tgan 2017 yilda ham mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.Joriy 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da ham barcha amalga oshiriladigan ishlarning markazida bilim, ma’rifat ustuvor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev “Biz diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko‘p gapiramiz. Bu to‘g‘ri, albatta. Lekin ma’rifat, ma’rifiy bilimlar qaerda – avvalo ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo‘‘tabar kitoblarda emasmi? Bizning ushbu yo‘nalishdagi barcha amaliy harakatlarimiz aynan mana shunday ezgu maqsadga qaratilgan bo‘lib, nafaqat mamlakatimiz va musulmon dunyosida, balki jahon miqyosida ham katta qiziqish va e’tibor uyg‘otmoqda. Ana shunday bebaho boylikka, minglab bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega bo‘lgan, bu sohada katta tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning chiqishi albatta bizga yarashmaydi” – degan to‘g‘ri talabni qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |