Organizmlarning nobud bo'lish chegara (mintaqa)si, ekologik omillarning haddan ziyod ortiqchaligidan yoki ularning ta'sir qilish kuchlarining kamligidan kelib chiqishi mumkin. Bu holat pesimum mintaqasi deb ham aytiladi. Ba'zi mineral moddalaming yetishmasligi, minimum darajada bo'lishi, o'sim-liklarning rivojlanishini sekinlashtirib, hattoki qurib qolishiga olib kelishi mumkin. Ya'ni, tuproqda kaliy, kalsiy, magniy elementlari juda ham zarur hisoblanadi. Organizmning hayot-faoliyati ekologik omillarning minimal mohiyati ta'siridagina chegaralanmaydi, balki u yoki bu omilning ortiqcha miqdordaligidan ham organizm holati aniqlanadi. Tabiiy muhitda chegaralovchi omillarning maksimal mohiyatini 1913-yili amerikalik olim V.Shelford aniqlab, unga «Tolerantlik qonuni» ifodasini bergan, ya'ni bu qonun bo'yicha turning yashashi, qator ekologik omillarning ozligi va ko'pligi, organizmning chidamlilik-moslashish chegarasiga yaqin darajasi bilan aniqlanadi. Ekologik omillarning, organizmlarning chidamlilik chegarasiga yaqinligi yoki undan ortib ketishiga chegaralovchi omillar deyiladi. Shunday qilib, organizm ekologik minimum va ekologik maksimum holati bilan xarakterlanadi, shu ikki ekologik ko'rsatkichni u sezadi, unga moslashish orqali javob qiladi. Organizmning maksimum va minimum ko'rsatkichlari o'rtasidagi ekologik omillarning turga ta'sir qilishi turning tolerantlik chegarasi yoki ekologik amplitudasi deb aytiladi. Arxey erasida quruqlikda tarqalgan organizmlarning ta ’siri, shuningdek, tog‘ jinslarining yemirilishi bilan tuproq hosil bolish jarayoni boshlangan. Bu eradagi hayot uglerod birikmalari sekin-asta moddalarning planeta bo‘ylab biogen yoʻl bilan aylanishiga sababchi boʻlgan. Suv oʻtlari ko‘p miqdorda kislorod ajratib, suv va atmosferani kislorodga boyitgan.Bu era 2 mlrd yillar chamasi davom etgan. Uning boshida kuchli tog‘ hosil boʻlish jarayonlari ro‘y bergan, Oqibatda yerning qiyofasi ancha o‘zgargan.Kembriy davrida iqlim moʻtadil quruqlik esa faqat pasttekisliklardan iborat boʻlgan.Devon davrida quruqlikning koʻtarilishi va dengizlarning qisqarishi hisobiga iqlim keskin ravishda moʻtadillashgan. Yer sharining issiq rayonlarida esa iqlimning quruq boʻlishi dasht va chala dashtlarni vujudga keltirgan. Suv muhitida ham qator o‘zgarishIar sodir bolgan. Toshko‘mir, ya’ni karbon davriga kelib iqlim issiq va nam bo‘lgan. Toshko‘mir davrining oxiriga kelib, ba’zi territoriyalarda iqlim ancha kontinental va quruq boʻla boshlagan.Perm davrida quruqlik koʻtarilgan, iqlim quruq va sovuq boʻla boshlagan. Natijada nam tuproqda gurkirab o‘sgan 0‘rmonlar faqat ekvatorga yaqin joylardagina saqlanib qolgan.Paporotniksimonlar asta-sekin qirilib, ochiq urugʻlilar keng tarqala boshlagan. Iqlimning quruq boʻlishi dastlabki amfibiyalarning ajdodi boʻlgan stegotsefallarning ham qirilib ketishiga, aksincha, qadimgi sudralib yuruvchilarning xilma xillashuviga sabab boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |