Referat
Mavzu: Etikaning zamonaviy muammolariga diniy va ilmiy yondashuvlar
Tekshirdi:_____________
Bajardi:______________
Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondashadi. E. huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. E.ning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, E. psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon!» deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo‘yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o‘tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, qo‘lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko‘ngil, ochiqqo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, to‘y-ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror-bir ko‘zga tashlanadigan ta’sir o‘tkazmaydi. Biroq bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi. Avvalo, insonning har bir xatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham nafosat (tashqi go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ko‘p hollarda axloqiylikni ichki go‘zallik, nafosatni tash-qi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ma’lumki, san’at nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi hamda san’atkor doimo o‘zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy daraja va unga munosabatni badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika o‘rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda, ma’lum ma’noda, axloqshunoslik nuqtai nazaridan
ham tadqiq etilayotgan bo‘ladi.
Axloqshunoslik va dinshunoslik. Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo - axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta’sir o‘tkazganlar. Chunonchi, islom dinini oladigan bo‘lsak, Qur’oni karim, Hadisi sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. Axloqshunoslik va huquqshunoslik. Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot ob’ektlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, ya’ni huquq me’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yo‘lga qo‘yiladi; axloq me’yorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo‘lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi. Axloqshunoslik va pedagogika. Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o‘zining nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi ta’lim-tarbiya o‘zini har bir qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Axloqshunoslik va ruhshunoslik. Qadimdayoq axloqshunoslikning ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi. Lekin bu o‘rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu xatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tad-qiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |