1.2. Antonimlarnining xosil bo’lishiga ko’ra turlari
Ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlardagi etnik qatlamlarini, ularning o‘tmish tarixini o‘rganish, tadqiq etish jarayonida o‘zbek urug‘lari va tilining nomlanishida ba’zi noo‘rin atamalar ham qo‘llanib kelinganligi kuzatiladi. Chunonchi, mo‘g‘ullar istilosi davridan boshlab ba’zi badiiy adabiyotlarda va ilmiy manbalarda (ayniqsa, XIV-XIX asrlarda) o‘zbek xalqiga, uning tili va adabiyotiga nisbatan noto‘g‘ri ravishdа chig‘atoy eli (xalqi), chig‘atoy tili, chig‘atoy lahjasi, chig‘atoy adabiyoti kabi atamalar ham qo‘llangan. Bu davrlarda shakllangan o‘zbek adabiy tili, adabiyoti va xalqining nomiga nisbatan chig‘atoy nomi dahlsizdir.
O‘zbek tilining davrlashtirish haqidagi fikrlar har tomonlama talqin etilib, mulohazali ilmiy-tanqidiy yondashilgan holda, o‘zbek tili tarixini besh davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq deb topildi:
1. Eng qadimgi turkiy til davri (milodiy VII asrgacha);
2. Qadimgi umumturkiy yozma adabiy til davri (VII-X asrlargacha);
3. Eski o‘zbek yozma adabiy til davri (XI-XVI asrlar)
4. Eski o‘zbek yozma adabiy til davri (XI-XVI asrlar)
5. Yangi o‘zbek yozma adabiy tili (XVII-XX asrlarning boshlari);
Hozirgi o‘zbek tilida sonlarda yasalish yo‘q. Qadimgi turkiy tilda esa sonlarda yasalish bor. Ularning morfem tarkibini tiklash ham mumkin. Masalan: iki ning asli ilki dir (ilki> ilki>iki. Hozirgi o‘zb.: ikki). Qadimgi turkiyda il – “old” degani. “Poygak” ham il bo‘ladi, antonimi tör dir. İl ning “qutb, tomon” ma’nosi ham bor: il deganda “Sharq” tushuniladi, chunki Sharq qadimgi turklarning o‘ytushunchasida old tomonda. -ki – tegishlilikni bildiruvchi qo‘shimcha, ilki – “oldindagi, dastlabki, avvalgi” degan ma’noni beradi. Lekin mantiqqa ko‘ra “so‘zlovchi(bir)dan keyingi”dir. Shuning uchun tartibda ikkinchi bo‘lib turadi. Boshqa bir qator sonlarda ham yasalish bor. “Yigirma” soni iki dan hosil bo‘lgan: iki-r-mi>yiki-r-mi>yigirmi. Ellik soni el (barmoq) so‘zidan yasalgan: ellik – “beshta o‘nlik” degani. Yoki: altï-mïš>altmïš, yeti-miš>yetmiš. Demak, -mïš, -miš qo‘shimchasi birlikni o‘nlikka aylantirmoqda. Sonlarning yasalishiga yana misol keltiramiz: sekiz on>säksän (“sakkizta o‘n”), toquz on>toqsan (“to‘qqizta o‘n” degani).
Аntоnimik munоsаbаtdа bo’lgаn ikki so’z аntоnimik juft dеb аtаlаdi. Ntonimiya hodisasi, asosan, bir so’z turkumi leksemalari doirasida yuz beradi. Аntоnimlаr аsоsаn sifаt, rаvish, оt vа fе’l turkumigа хоs so’zlаrdаn hоsil bo’lаdi. Shungа ko’rа ulаr sifаt аntоnimlаr, rаvish аntоnimlаr, оt аntоnimlаr, fе’l аntоnimlаrgа bo’linаdi. Sifatlarda: a) hajm belgisiga ko’ra: katta va kichik, baland va past; b) harorat belgisiga ko’ra: issiq va sovuq; d) yosh belgisiga ko’ra: yosh va qari; e) xarakter-xususiyat belgisiga ko’ra: saxiy va xasis, botir va qo’rqoq, aqlli va ahmoq; f) shakl belgisiga ko’ra: to’g’ri va egri; g) maza-ta’m belgisiga ko’ra: achchiq va shirin kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |