Mavzu: eski turkiy tilning o’ziga xos fonetik xususiyatlari mundarija kirish


II BOB: ANTONIMLARNINING QADIMGI TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA QO’LLANILISHI



Download 84,69 Kb.
bet10/17
Sana31.12.2021
Hajmi84,69 Kb.
#225931
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
ESKI TURKIY TILNING O'ZIGA XOS FONETIK XUSUSIYATLARI

II BOB: ANTONIMLARNINING QADIMGI TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA QO’LLANILISHI

2.1. Antonimlarnining eski turkiy yodgorliklarda qo’llanilishi bo’yicha tahlili

Tilimiz tarixining ilk bosqichi eng eski chog‘lardan boshlab melodning V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichni shartli ravishda eng qadimgi turkiy til deb ataymiz. Ilmiy asarlarda bu davrning ilk bosqichi “oltoy”,

keyingi bosqichi “xun davri” deb yuritiladi. Melodiy VI asrdan qadimgi turkiy adabiy til davri boshlanadi. Bu davr adabiy, ya’ni yozma til tarixining ilk bosqichidir, chunki turkiy yozma adabiy til ana shu kezda yuzaga kelgan. Bu davr to‘g‘risida so‘z ketganda unga yozma adabiy til atamasini qo‘shib ishlatganimiz ma’qul. Keng e’tirof etilishicha, “qadimgi turkiy yozma adabiy til” davri VI–X yuzyilliklarni qamraydi. Turkiy tilning eng ko‘hna yozuv yodgorliklari o‘sha chog‘lardan qolgan. Turkiy, xususan, o‘zbek adabiy tilining tarixi ham mazkur yozma yodgorliklar tilidan boshlanadi. Bu davr quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

1) Ko‘k turk yozma yodgorliklari tili (Bu guruhga Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida yaratilgan ko‘k turk yozuvli urxun va yenisey, tuva, talas, farg‘ona yodgorliklarining tili kiradi);

2) Uyg‘ur xoqonliq va davlatlarida yaratilgan ko‘k turk, uyg‘ur, moniy, brahma, sug‘d yozuvlaridagi yozma yodgorliklar tili turkshunoslik asarlarida “qadimgi uyg‘ur tili” deb ham atalmoqda). XI asrdan eski turkiy adabiy til davri boshlanadi.

Bu bosqich XIV yuzyillikning boshlariga qadar davom etgan. Muhimi shundaki, bu davrning ilk bosqichlarida, xususan, qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili “qadimgi turkiy til” davrida yaratilgan bitiglar tiliga juda

yaqin, ularda qadimgi yozma til an’analari davom etgan.

Birgina misol: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan turkiy og‘zaki ijod namunalari ham til, ham badiiy jihatdan ancha burungi davrlarga ildiz otgan. Yoki mashhur “Qutadg‘u bilig” dostonining tili, lug‘at qatlamidagi sanoqli arabcha, forscha so‘zlarni demaganda, ko‘k turk bitiglarining tili bilan aytarli birday.m Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni birlashtiradi:

1) Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili);

2) “Chig‘atoy turkiysi”;

3) Eski xorazm turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal qilgan adabiy til);

4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan grammatik asarlar va lug‘atlar hamda g‘arbiy turk o‘lkalarida qipchoqlar yaratgan asarlar tili);

5) Eski anato‘li turkchasi (Bu XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir.

Keyinchalik buning negizida usmonli turkchasi otini olgan adabiy til yuzaga keldi); Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asrdan XX yuzyillikning boshlariga qadar). Bu davrda ham “chig‘atoy turkiysi” davom etdi. XIII–XVI asrlarning adabiy tili “chig‘atoy turkiysi” oti bilan yuritiladi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining eng yashnagan bosqichidir. O‘sha yuksalishning ta’siri va n’analari XX yuzyillikning boshlariga qadar keldi.



Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Bu davr XX asrning boshlaridan to shu kungacha amal qilmoqda. Boshqa fanlarda bo‘lgani singari til tarixining ham o‘z chegarasi, o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi manbalari bor. Til tarixi yozuv yodgorliklariga tayangan holda muayyan tilning yuzaga kelishi, uning tarixiy taraqqiyoti, hozirgi ko‘rinishiga kelgunga qadar yuz bergan o‘zgarishlar, ularning

yuz berishida amal qilgan qonuniyatlarni tadqiq etadi. Turkiy, xususan, o‘zbek tilining tarixi quyidagi tayanch manbalar asosida o‘rganiladi:

Keyingi davr manbalarining guvohlik beruvicha, bu atamaning ma’nosi kengayib, urug‘lar uyushmasini ham anglata boshlagan. Chunonchi, Mas’ud ibn Usmon Ko‘histoniyning yozishicha, o‘zbeklarning tarkibiga yigirmadan ortiq turk-mo‘g‘ul qavmlari kirgan. Yoki Ro‘zbekaxon (XVI asr) o‘zbeklarning uch toifadan iborat ekanini ta’kidlaydi: ular Shaybon ulusiga qarashli barcha qabilalar, qozoqlar va mang‘itlardir Keyinchalik Dashti Qipchoqdagi o‘zbeklar uyushmasiga kirgan qavmlarning muayyan qismi o‘sha yerdagi qozoq, qoraqalpoq, boshqird va b. tarkibiga qo‘shilib ketganlar. Muayyan qismi Shayboniyxon qo‘shini bilan birga O‘rta Osiyoga kirib kela boshladilar va shu yerda turg‘un yashab qoldilar. Shayboniyxon cherigining katta qismi ham o‘zbeklardan edi.

XIII asrga qadar Mavoraunnahr va Xuroson turklari o‘zlarini özbek demaganlar. Bora-bora bu o‘lkaga kelib o‘rnashgan o‘zbeklarning mavqei orta boradi; davlat boshqaruvi ham ko‘proq shularning qo‘liga o‘ta boshlaydi. Ana shunday tarixiy jarayon ta’sirida yerli turklar ham özbek deb atala boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, kelib o‘rnashgan qavmlar burun qaysi urug‘-qabilaga tegishli bo‘lsalar, keyinchalik ham, hatto XX asr boshlarigacha ajdodiy-qabilaviy bo‘linish-belgilarini saqlab keldilar. Yaqin-yaqingacha o‘zbeklar orasida “qo‘ng‘irot urug‘i”, “nayman urug‘i”, “mang‘it urug‘i” singari otlarning saqlanib kelganligi bejiz

emas.

Yuqoridagi ma’lumotlardan hozirgi o‘zbek xalqi XIV yuzyillikda Dashti Qipchoqda yuzaga kelgan, degan mutlaqo g‘ayri ilmiy xulosa kelib chiqmasligi kerak. O‘rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan turkiy tub aholi hozirgi o‘zbek xalqining ota-bobolaridir.

Dashti Qipchoqdan “o‘zbek” nomini olgan qavmning kelib o‘rnashishi hozirigi o‘zbeklarning to‘liq tarkib topishidagi keyingi bosqichlardan biri, xolos. Ularga qadar yerli turkiy xalq boshqa otlar bilan atalar edi. Hozirgi otini esa, keyinchalik, o‘zlariga kelib qo‘shilgan o‘zbeklardan oldilar. Demak, atama tarixi xalq tarixiga mutlaqo teng emas. Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, hozirgi o‘zbeklarning

shakllanuvida Dashti Qipchoqda kelgan turkiy ulusning ta’sirini mutloq inkor etib ham bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek xalqi uzoq tarixiy taraqqiyot ta’sirida, turli elat-urug‘larning birikuvidan tashkil topgan. Buni o‘zbek shevalarining o‘ta xilma-xilligida ham ko‘rish mumkin.



Özbek atamasi etnonim sifatida XIV asrdan boshlab qo‘llanilgan bo‘lsa-da, tilga nisbatan kech amal qilgan. Chunonchi, o‘sha kezlar o‘zbek qavmining shevasi özbek tili deb emas, türkî, qïpčaq tili deb atalgan. Qipchoq shevalari keyinchalik hozirgi tilshunosligimizda “eski o‘zbek adabiy tili” deb atalayotgan yozma tilga ham ta’sir eta boshlagan. Lekin u eski o‘zbek adabiy tilining tayanch dialektiga aylangan emas. Ya’ni adabiy til situatsiyasida keyin qo‘shilgan ulusning dialekti u qadar hal etuvchi o‘ringa ko‘tarila olgani yo‘q. Chunki bu davr Mavoraunnahr va Xuroson adabiy muhitida qadimgi va eski turkiy adabiy til an’analari va ta’siri ustuvor edi. Binobarin, XIII–XVI yuzyilliklardagi klassik adabiy til (“chig‘atoy turkiysi”) shu an’ana ta’sirida shakllangan.

O‘zbek adabiy tilining keyingi davrlardagi taraqqiyoti ham bevosita ayni adabiy til davomida turadi. Bu tadrijiy jarayonni XVII asrdan XX asr boshlarigacha yashab o‘tgan Abulg‘oziy, Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va b. o‘nlab mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining asarlari tilida yaqqol kuzatish mumkin.




Download 84,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish