Mavzu: Ertangi pomidor yetishtirish texnologiyasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1 Ertangi pomidor yetishtirish texnologiyasi



Download 33,26 Kb.
bet7/9
Sana13.06.2022
Hajmi33,26 Kb.
#665906
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ertangi pomidor yetishtirish texnologiyasi

Agrotexnikasi. Baqlajon va qalampir almashlab ekishda, odatda, ular ildizmevalilar, piyoz, poliz ekinlari va karamdan keyin pomidor bilan bir dalaga joylashtiriladi.
Qalampir va baqlajondan birmuncha mo’l va ertagi hosil olish uchun ularning ko’chatlari diametri 6-8 smli chirindi tuvakchalarda yetishtiriladi.
O’zbekistonda pomidor yetishtiriladigan maydonlarga kuzgi shudgorlash davrida har gektar yerga 20-30t go’ng, 4-5 ts superfosfat solish, o’suv davrida esa gektariga 100-120 kg hisobida ammiakli selitra bilan ekinlarni 1-2 marta oziqlantirish tavsiya etiladi.
Maysalar 5-6 ta barg chiqarganda aprel oyining boshlari (janubiy tumanlarda) yoki ikkinchi yarmida ko’chatlari dalaga o’tkaziladi. Qalampirlarni, ayniqsa, tezpishar navlarini may oyining birinchi o’n kunligida ham ekish mumkin.
Qalampir ko’chatlari qator oralari 60-70 va to’p oralari 20-30 smdan qilib qatorlab yoki 70x70 sm sxemada kvadrat uyalab ekiladi va har uyada ikkitadan ko’chat koldiriladi. Baqlajon 40x50 sm oraliq bilan qatorlab yoki 70x70 sm sxemada kvadrat uyalab ekiladi. qalampirlar va ayniqsa baqlajon namga talabchan ekin. yer osti suvi chuqur joylashgan bo’z tuproqli yerlarda chuchuk qalampir va baqlajon o’suv davrida 15-16 marta, qalampirlar esa 12-13 marta sug’oriladi, qator orasi ikki marta chopiladi. Achchiq qalampirlar odatda mevasi (urug’i) to’la pishgan davrida 2-3 marta terib olinadi.
Baqlajon texnik jixatdan yetilganda birmuncha yiriklashadi, pusti to’q binafsha rangga kirib, usti yaltirab turadi. Hosili 5-7 kun oralatib bandi bilan o’zib olinadi.


Qishki issiqxonalarda pomidor yetishtirish.

O’zbekistonning qishki issiqxonalarida noyabr, dekabr va yanvarda oylarida hosil olish uchun


kuzda kuzgi-qishki oborotda pomidor ekiladi.

Kuzgi-qishki oborotda ekish uchun yorug’lik va haroratga talabchanligi pastroq, mevalari qiyg’os pishadigan navlar tanlanadi. O’zbekistonda mazkur oborotda yetishtirish uchun «Maykopskiy urojayniy»-2090 va «Uralskiy mnogoplodniy» navlari mahalliylashtirilgan. «Revermun», «Sonato», «Ukrainskiy teplichnoy»-285 navlari ham istiqbolli navlardan hisoblanadi. Mazkur navlardan oborot bo’yicha har m2 yerdan 5-7 kg pornidor terib olish rnurnkin.


Issiqxonaga quyidagi muddatlarda ko’chat ekiladi:



  • Qoraqalpog’istonda iyul oxiri - avgust boshida;

  • Qashqadaryo viloyatida avgust oxirida;

  • Toshkent va Samarqand viloyatlarida - 10-15-avgustda;

  • Farg’ona vodiysida - 15-20-avgustda.

Kuzgi-qishki oborotda 25-30 kunlik ko’chat ekiladi. Urug’ yuqorida ko’rsatilgan muddatdan 30-35 kun oldin sepiladi.


Ko’chatlar issiqxonaning o’zida yetishtiriladi, bu bilan virus kasalliklarining oldi olinadi. Haddan tashqari isib, namlik oshib ketmasligi uchun issiqxona oynalariga bo’r yoki loyqa sepiladi. Shunday qilinganda harorat 5-6 pasayadi.

Kuzgi-qishki oborotda ekiladigan ko’chatlar tuvakchalarsiz, substratda, ya’ni sholi qipig'i va chirindi (1:1 nisbatda) aralashmasi yoki chirindining o’zida o’stiriladi. Oziqlanish maydoni qishki-ko’klamgi oborotdagidan ko’ra kichikroq bo’ladi. 1 m2 yerga 4-5 ta o'simlik joylashtiriladi.


Ko’chatlar 30-40 sm balandlikda olingan pushtalarga ekilib, ariqchalardan sug’oriladi. Kuzgi-qishki oborotdagi pomidorlar vertikal shpalerga tortib o’stiriladi. Ekilgach 3-4 kundayoq kanop bilan - sirg’aladigan qilib


bog'lanadi hamda bog’ich har haftada bir tekshirib turiladi.

Pomidor tupining o’sib ketishiga yo’l qo’yilmaydi: 1 avgustda ekilgan ko’chatlar 8-9 shoxi ustidan, 10-20-avgustda ekilgan 7-8 shoxi ustidan chilpib tashlanadi. Dastlabki shoxidagi mevalar terib olingach, pastki barglarini yulib tashlash kerak.


Kuzgi-qishki oborotning dastlabki davrida haroratning 35°C dan oshib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Quyosh qizdirib yuborganda issiqxona usti oqlanadi yoki yomg’irlatish yo’li bilan harorat pasaytiriladi. Oktabr-noyabr oylarida issiqxonadagi havo harorati quyoshli kunlarda kunduzi 25-30°C, bulutli kunlarda 18-20°C bo'lishi, kechalari


18-20°C atrofida, biroq 12°C dan pasayib ketmasligi lozim. Tuproq harorati 15-17°C bo’ladi. Dekabr oyida tabiiy yorug’likning kamayishi, i1iq kunlarning qisqarishi tufayli teplitsadagi harorat asta-sekin kunduzi 18-20°C gacha, kechalari 14-15°C gacha tushiladi. Havoning nisbiy namligi iloji boricha past darajada (60% dan oshmasligi) bo'lishi
kerak. Buning uchun sug’orishdan so’ng darhol egatlarga quruq tuproq sepib chiqish lozim.

Qator oralari ikki-uch marta yumshatilib, ekin atrofi chopiq qiJinadi. Chopiqdan keyin poyaning pastki qismidan yon ildizlar chiqadi. Chopiq paytida hosil bo'lgan ariqchalar orqali suv beriladi. Avgust- sentabr oylarida ekin tez-tez sug'orib turiladi. Keyinchalik harorat pasayib, bulutli kunlar boshlangach, oyiga ikki-uch marta suv beriladi, xolos. Havo va tuproq nam bo'lganda pomidor gullarining changlanishi qiyinlashadi. Shuning uchun changlanish noqulay bo'lgan sharoitlarda, ayniqsa, bulutli kunlarda pomidor tuplari silkitib turilsa, gullar mevaga aylanishi tezlashadi. Bu tadbimi haftada ikki marta, ertalabki soatlarda, ikki-uch sekund davomida amalga oshirilsa, hosildorlik 10-12% oshadi. Mevalari noyabrning ikkinchi yarmidan boshlab, yanvar oyining o'rtalariga qadar terib olinadi. Shundan keyin teplitsa navbatdagi ekin (bodring) uchun bo'shatiladi.



Xulosa
Pomidor hosili, respublikamiz mintaqasi sm yetishtirilayotgan navlariga qarab, may oxiri - iyun boshida kuzgi birlamchi qora sovuqlargacha 7-12 martgacha terib boriladi. Ko’pincha iste’mol uchun to’liq yetilgan, uzoq masofaga jo’natish, tuzlashlar uchun oqish-nimqizil mevalari teriladi.
Dastlabki kuzgi qora sovuqlar tushishi oldidan pomidorlarning hammasi terib olinadi, chunki sovuq urgan mevalar saqlash va tuzlash uchun yaramaydi. Terib olingan pomidor mevalarning pishganlari hamda dimlab yetiltirishga va tuzlashga yaraydiganlari saralanib ajratiladi, brak qilingan (mayda, kasal tekkan)lari mollarga beriladi. Pomidor terishda har xil tipdagi tirkalma (TT-12,PSU-2) yoki o’rnatma (PNOSH-12) platformalardan, shuningdek, UPKS-10 markali o’zi tushiradigan universal platforma, T-16 yoki DVSSH-16 va boshqa o’zi yurar shassilardan foydalanishni qisman mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi.

Download 33,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish