2.5 Mor tuzi taribidagi Fe(II) ionlari miqdorini aniqlash
2.6 XROMATOGRAFIYA METODI
Xromatografiyaning asosiy qoidalari Xrom atografiya moddalarni ajratish, konsentrlash va tahlil qilish usullaridan biri bo‘lib, ulaming o'zaro aralashmaydigan ikki faza (turg‘un va harakatchan) orasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan. Turg‘un fazaning sirti bilan tutashganda aralashma tarkibidagi moddalar o ‘z adsorbilanishi va erish xususiyatlariga m os ravishda tu rg ‘un va harakatchan fazalar orasida tarqaladi. Natijada dinamik (harakatchan) muvozanat yuzaga keladi va ajratiladigan aralashma tarkibidagi molekulalar yoki b u fazada tarqalib turadi. Xromatografik sistema bo‘ylab faqat turg'un fazada bo‘lgan molekulalar harakatlanadi. Turli moddalar bu fazalarga turlicha munosabatda bo'Iadi. Turg'un faza bilan kuchliroq ta’sirlashadigan m odda xromatografik sistema bo'ylab sekin harakatlanadi. T urli xil moddalarni ajratish uchun turg‘un faza hech bo‘lmaganda quyidagi to‘rt xossadan biriga ega bo‘lishi kerak: 1 ) harakatchan fazada b o 'lg a n moddalarni fizikaviy yuta olish; 2 ) harakatchan fazadagi moddalarni kimyoviy yuta olish; 3) ajratiladigan moddalarni erita olish; 4) g ‘ ovak tuzilishga ega bo'lish va shu asosda bir moddani ikkinchisidan o ‘lcham lari farqi asosida ajratish. Yutiladigan modda sorbat, yutadigan modda sorbent va ayni jarayon sorbsiya deb ataladi. Sorbsiya adsorbsiya (sirt yuzasida yutilish), absorbsiya (butun hajmda yutilish) tushunchalarini o ‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xemosorbsiya — kimyoviy yutilish ham muhim hisoblanadi. Yutilishga teskari bo'lgan yutilgan moddalarning sorbentdan ajralish jarayoni desorbsiya deyiladi. Agar turg'un faza suyuqlik bo‘lsa, analiz qilinadigan modda unda erishi va u bar ikkala faza orasida taqsimlanishi kerak. Bunday xrom atografiya taqsimlanish xromatografiyasi deb yuritiladi. Turg‘un faza qattiq modda bo‘lib, aniqlanadigan modda unda yutilsa, bunday usul adsorbsion xromatografiya deyiladi. Xromatografiya usullari quyldagilar asosida sinflanishi mumkin: I. Fazalarning agregat holati b o ‘yicha: gaz, suyuqlik, gaz-suyuqlik xromatografiyasi. II. Ajratish mexanizmi bo ‘yicha: adsorbsion, taqsim lanish, ionalm ash in ish , c h o 'k tiris h , o k sid lan ish -q ay tarilish , a d so rb sio n - komplekslanish xromatografiyasi. III. Jarayonni о ‘tkazish usuli (texnikasi) bo‘yicha: kolonkali, kapillyar, yuzaviy (qog‘oz, yupqa qavatli) xromatografiya. IV. Xromatogrammalarni olish usuli (xrom atografik sistem aga namuna kiritish tartibi) bo‘yicha: frontal, elyuyent va surib chiqarish xromatografiyasi.
Xromatografiyaning barcha sinflari o ‘zaro bog‘liq. M asalan, gaz xromatografiyasida qattiq turg'un faza ishlatilgani uchun bu usul gazadsorbsion kolonkali va yuzaviy xromatografiya usullariga, suyuqlik xromatografiyasi suyuqlik-adsorbsion kolonkali va yuzaviy; suyuqliktaqsimlanish va gaz-suyuqlik taqsimlanish xromatografiyasi kolonkali, kapillyar va yuzaviy; suyuqlik ion-almashinish xromatografiyasi kolonkali va yuzaviy; suyuqlik cbo'ktirish, oksidlanish-qaytarilish, kom plekslash xromatografiyasi usullari kolonkali va yuzaviy usullarga bo'linadi. Xromatografik sistemaga namuna kiritish tartibiga mos ravishda x ro m a to g ra fiy a usullari fro n ta l, ely u y en t va su rib c h iq a rish x ro m atografiyasi usullariga b o ‘linadi. A gar aralashm a eritm asi xrom atografik kolonkaga uzluksiz kiritilib turilsa, toz.a holda faqat eng yom on adsorbilanadigan moddani ajratish mumkin. Bu usul frontal xromatografiya deyiladi. Frontal xromatografiya usulida qolgan barcha m oddalar aralashma holida chiqadi. Agar xromatografik sistem aga harakatchan faza (elyuyent) kiritilsa, u kolonka bo‘ylab harakat qiladi va natijada zonalarga ajralib, har bir zona kolonkadan alohida-alohida ajralib chiqadi. Bu usul elyuyent xromatografiya deb yuritiladi. M oddalarni toza holda ajratishga asoslangan elyuyent xromatografiya eng ko ‘p rivojlangan va keng tarqalgan. Agar xromatografik kolonkaga oldin nam una, keyin esa boshqa tarkibli eritma kiritilsa, oldingi moddani keyingisi surib chiqara boshlaydi. Bunda moddalar zonalab ajraladi. Bu usulga surib chiqarish xromatografiyasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |