MAVZU: Eritmadagi temir(II)ni bixromatometrik aniqlash
REJA:
1.Kirish
2. Gravimetrik analizning mohiyati
3. Oksidlanish-qaytarilish metodi yordamida titrlash. Ishlatiladigan indikatorlar, titrlash egrilari
4. Temir birikmalari
5. Temir-mustahkam element
6.Mor tarkibidagi Fe(II) ionlarini aniqlash
7. Xromatografiya metodi
8. Bixromatometrik usul
9. Eritmadagi Temir(II) va temir (III) ionlari miqdorini aniqlash
10. Xulosa
11. Adabiyotlar ro‘yhati
MUNDARIJA:
I.KIRISH ………………………………………………………………………..……3
II.ASOSIY QISM………………………………………………………….………....9
2.1 Gravimetrik analizning mohiyati…………………………………………..……..9
2.2 Oksidlanish-qaytarilish metodi yordamida titrlash. Ishlatiladigan indikatorlar, titrlash egrilari…………………………………………………………………………22
2.3 Temir birikmalari…………………………………………………….…..….….....29
2.4 Temir-mustahkam element.…………………………………………...…....……..32
2.5 Mor tarkibidagi Fe(II) ionlarini aniqlash..……………..…………...……….…...41
2.6 Xromatografiya metodi………………………………………………….….….…42
2.7. Bixromatometrik usul.……………………………………………………………44
2.8 Eritmadagi Temir(II) va temir (III) ionlari miqdorini aniqlash……..…………….45
III.XULOSA.............................................................................................................46
IV.ADABIYOTLAR RO‘YHATI............................................................................47
KIRISH
Fan va texnikaning taraqqiyoti sanoatning rivojlanishi bilan bir qatorda ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu muammolarni oldini olishda kimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir. Bu birinchi navbatda “Analitik kimyo” fanining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun “Analitik kimyo” ning nazariy va amaliy qonuniyatlarini chuqur egallashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
“Analitik kimyo” fanining rivojlanishi boshqa fanlarning rivojlanishiga nisbatan bir necha marotaba jadalroq bo‘lishi kerak. Analitik kimyo oliy ma’lumotli kimyogar mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi, shuningdek, u barcha kimyo fanlarini o‘rganishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma “Analitik kimyo” faniga oid boʻlib, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmada asosan analitik kimyo faninig nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va usullarini, analitik reaksiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari va bajarish usullari, atrof-muhitdagi har-xil ob’ektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat aniqlashni ta’minlaydigan metodlar, kation va anionlarni sifat aniqlash reaksiyalari, kation va anionlarni aralashmalarini analiz qilish tartibi, quruq tuzlarni aniqlash usullari bo‘yicha laboratoriya mashgʻulotlarini bajarish uchun koʻrsatmalar berilgan.
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma hozirgi zamon ishlab chiqarish texnologiyalarida analitik kimyoning oʻrni, ahamiyati va mohiyatini talabalarga tanishtirish va ulardan kimyo fani va sanoatining rivojlanishini amalga oshirishda foydalanish imkoniyatlarini hozirgi zamon yutuqlari va istiqbolli masalalarini qamraydi.
Ishlab chiqarishning kimyo, kimyoviy tеxnologiya, oziq-ovqat, nеft va gazni qayta ishlash, qurilish matеriallari va boshqa turdosh sohalarida tayyorlanayotgan mahsulotlarning aksariyat koʻpchiligi ma’lum fizik-kimyoviy paramеtrlarni ta’siri natijasida hosil boʻlishi sababli talabalar ularning xossalarini, sifat jihatdan aniqlash usullarini, mahsulot sifatiga taʻsir qiladigan omillarni yaxshi bilishlari hamda bu jarayonlarni tahlil qilgan holda boshqara olishlari lozim.
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma «Analitik kimyo» fan dasturi asosida tuzilgan boʻlib, 5140500 - kimyo yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan. Bundan tashqari ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanmadan ilmiy-tadqiqotchilar, akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻqituvchilari ham foydalanishi mumkin.
Dunyoni rivojlangan davlatlarida sifat bilan ta’minlash, iste’molchini talabini sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan qoniqtirish, ishlab chiqarishni zamonaviy usullar bilan bilan boshqarish masalalariga chuqur e’tibor berilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida qo‘llaniladigan ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat usullariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish va iqtisodiyotni tubdan modernizatsiya qilish talab etilmoqda. Ular orasida marketing tamoyillari va usullari alohida o‘rinni egallamoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muxitini mavjudligi sifat va uni boshqarish muammolariga katta axamiyat berishga majbur qiladi. Mamlakatimizni kuchli rivojlangan davlatlar qatoriga kirishda raqobat, kurash-sifatni oshirish dasturlarini ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi. Mahsulot va xizmatlar sifatini baholash uchun ob’ektiv ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish zaruriyati tug‘iladi. Sifat va ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Sifatni oshirish harajatlarni kamaytirib, bozor ulushi hamda ishlab chiqarish samaradorligiga erishishga ko‘maklashadi. Yuqoridagilar bo‘lajak menejerlardan sifatni boshqarish tizimi asoslari sohasiga oid chuqur ilmiy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab etadi. "Sertifikatsiya va standartizatsiya" fanidan tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matni bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar ongida sifatni boshkarishga doir bilimlar majmuini shakllantirishga, ularga sifat tizimi, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, xalqaro standartlarga asoslangan sifat tizimini loyihalashtirish, xalqaro standart sifat tizimlarini me’yoriy xujjatlari va boshqalarni o‘rgatishga mo‘ljallangan. Bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi mashhur brendga ega korporatsiyalar sifat menejmentiga asoslangan boshqaruv tizimiga o‘tishi va tezkorlik bilan xalqaro bozorning ular tomonidan intervensiyasi sifat menejmentini korxona muvaffaqiyatidagi o‘rnini yaqqol ko‘rsatdi. Shu bilan birga, xalqaro standarlarning hayotgan tadbiqini ortib borishi va korxonaning sifat tizimi va boshqaruviga qo‘yiladigan talabalarning ham jiddiylashib, o‘zgarib borishi sifat boshqaruvini korxona tashkil etmasdan, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Chunki, zamonaviy iste’molchi mahsulotning nafaqat iste’mol xususiyatiga balki, brendiga, o‘ramiga, latent xususiyatlariga, estetikasiga va ayniqsa ekologik tozaligiga ham e’tiborini qaratmoqda. Bu vaziyat korxonalardan bozorda yashab qolish uchun boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish va mahsulot sifatini iste’molchi talabiga moslashtirish zaruratini tug‘diradi. Tobora raqobat kurashi ortib borayotgan bozorda raqobat kurashi narxdan ko‘ra sifat tomonga burilib borayotgan bu davrda, uni korxonaarda faollashtirish va bu borada samarali qaror ishlab chiqishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash fanning dolzarbligini ko‘rsatadi. “Sertifikatsiya va standartizatsiya” fanidan tuzilgan ishchi o‘quv dasturidagi mavzularning ketma-ketligi bo‘yicha tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matnining maqsadi – talabalarning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda uni o‘rganishda talabalarga ko‘maklashish bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |