Mavzu: Eritmadagi temir (2) ni bixromatik aniqlash. Reja: Kirish. I. Asosiy qism I. 1 Kationlarga xos umumiy xususiyatlari



Download 86,78 Kb.
bet2/10
Sana15.05.2023
Hajmi86,78 Kb.
#939089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Eritmadagi temir (2) ni bixromatik aniqlash.

I. Asosiy qism
I.1 Kationlarga xos umumiy xususiyatlari
Analitik kimyo fani va uning metodlari. Analitik kimyo- har xil moddalar va ular aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini o‘rgatuvchi fandir. Bu fan sifat va miqdoriy analiz usullariga bo‘linadi. Sifat analizi- analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasi qanday kimyoviy elementlardan (atomlar, ionlar yoki ionlar guruhidan) tashkil topganligini aniqlash usullarini o‘rgatadi. Miqdoriy analiz- aniqlanayotgan moddada kimyoviy elementlarning qancha miqdorda borligini aniqlash usullarini o‘rgatadi. Murakkab moddalar, avvalo, sifat analiz qilinib, so‘ngra tekshirilayotgan elementlarning massa foizlari, ya'ni miqdorlari
aniqlanadi. Analitik kimyoni usullari moddalarning turli xususiyatlariga asoslanadi. Masalan, moddalarning cho‘kmaga tushishi, rangi, gaz holatda bo‘lishi kabi xossalarga asoslanib analitik usullar yaratilgan. Bu usullarni uch guruhga kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarga ajratish mumkin. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Analiz jarayonida ishlatiladigan, reaksiyalar analitik reaksiyalar ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa, reagentlar deyiladi. Fizikaviy usullarda kimyoviy reaksiyalardan foydalanilmaydi, faqatgina moddalarning fizikaviy xususiyatlari tekshiriladi. Analizning fizik- kimyoviy usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asboblarni qo‘llashni talab etadi. Ana shu sababli kimyoviy analiz metodlari qulay va ularning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilish sohasi ham kengdir.
Analitik kimyoni qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. Analitik kimyo fani bilan agronomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, zoogigiena, qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog‘liqdir. Kimyoviy analizsiz xom- ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chikarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas. Ekinlardan mo‘l hosil olishda, chorvachilikda, tuproq tarkibini o‘rganishda, turli o‘g‘itlardan foydalanishda analitik kimyo usullaridan keng foydalaniladi. Shuning uchun bo‘lajak agronomlar, agrokimyogarlar, zoomuhandislar biologik jarayonlarning mohiyatini to‘liq tushuna olish imkoniyatini analitik kimyo beradi.
Sifat analizi usullari.
Tekshirilayotgan moddaning miqdori yoki hajmiga ko‘ra analiz usullari: makro-, yarim-mikro-, mikro-, va ultramikro usullariga bo‘linadi:
*ЛMakro usulda reaksiya o‘tkazish uchun 1-10 g quruq modda yoki 10-100 ml eritma olinadi. Reaksiyalar oddiy probirkalarda olib boriladi, hosil bo‘lgan cho‘kmalar filtrlash orqali ajratiladi, yuviladi va aniqlanadi.
Yarim-mikro usulda reaksiya olib borish uchun 0.05-0.5 g quruq modda yoki 1­10 ml eritma olinadi. Reaksiyalar tubi kichraytirilgan probirkalarda tomchi usullarida o‘tkaziladi. Cho‘kmalarni eritmalardan ajratish uchun sentrafugalardan foydalaniladi.
Mikro usulda analiz olib borish uchun 0.001-10-6 g quruq modda yoki 0.1-1 ml eritma olinadi. Reaksiyalar maxsus probirkachalarda o‘tkaziladi.
Ultra-mikro usulda analiz olib borish uchun 10-6-10-9 g quruq modda yoki 10-4­10-6 ml eritma olinadi.
Keltirilgan usullardan yarim - mikrousulda ham aniq natijalar olish mumkin. Shuning uchun tekshirilayotgan moddani sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishda asosan yarim - mikro usul ishlatiladi.
Analitik reaktsiya "quruq" va "ho'l" usullar bilan o'tkazilishi mumkin. Quruq
usulda tekshiriladigan modda va reaktivlar qattiq holatda olinadi va reaktsiya qizdirish yo'li bilan amalga oshiriladi:
Masalan: Metall tuzlarining alangani bo'yashi, natriy tetraborat (bura) Na2B4O7• 10H2O yoki natriy ammoniy gidrofasfat NaNH4HPO4• 4H2O lar ba'zi metallarning tuzlari bilan qorishtirganda rangli marvarid (shisha) hosil bo'ladigan reaktsiyalar quruq usul bilan o'tkaziladigan reaktsiyalar qatoriga kiradi.
Rangli shisha hosil qilish va alangani bo'yash usullari pirokimyoviy usullar deb ataladi.
Eritmalarda o'tkaziladigan moddaning analizi ho'l usul bilan analiz deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan bo'lishi kerak. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agarda modda suvda erimasa, kislotalarda eritiladi. Kislotada eritilgan modda kimyoviy o'zgarishga uchrab suvda oson eriydigan birorta tuzga aylanadi.
Masalan:
CuO+H2SO4 → CuSO4+H2O
Fe(OH)3+3HCl → FeCl3+H2O
CaCO3+2HNO3 →Ca(NO3)2+H2O+CO2 ↑
Ni(OH)2+2HNO3 →Ni(NO3)2+2H2O
Anorganik moddalarni analiz qilishda ko'pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish ko'riladi. Ma'lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya'ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga dissotsilangan bo'ladi. SHu sababli "ho'l" usul bilan o'tkaziladigan reaktsiyalar odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o'rtasida boradi, binobarin bu reaktsiyadan foydalanib, to'g'ridan-to'g'ri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi, topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida hulosa chiqariladi.
Masalan: HCl yoki hloridlarning eritmasidan hlorni topish uchun AgN)3 ta'sir ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho'kma AgCl hosil bo'ladi. CHo'kmaga qarab hlor borligi aniqlanadi.
HCl + AgNO3 →AgCl↓ + HNO3
CaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl↓ + Ca(NO3)2
BaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl↓ + Ba(NO3)2 (1)
va hokazo.
CHo'kmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga ajralgan holda bo'ladi, ya'ni:
Ba2+ Q 2Cl- +2Ag+ + 2NO3- =↓2AgCl + Ba2+ + 2NO3- (2)
Bir hil ionlarni reaktsiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaktsiya tenglamasi quyidagi ko'rinishda yoziladi:
2Cl- + 2Ag+ = ↓2AgCl

Download 86,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish