Mavzuning qisqacha ta`rifi (Davlat ta’lim standartlariga muvofiq)
|
|
Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, odamlarning qalbi va ongini egallash uchun olib boriladigan kurash jarayoni, bu kurashning namoyon bo’lish shakllari, ustuvor xususiyatlari, usul va vositalari tushuniladi.
|
|
O`quv jarayonini amalgam oshirish texnologiyasi
|
|
Metod: Zamonaviy
|
|
Shakl: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi
|
|
Vositalar (texnik va didaktik): Darslik Prezident I.A.Karimovning ”Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari, rasmlar
|
|
Nazorat:
|
|
Baholash: 5 ballik sistema
|
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
|
Ta’limiy: O’quvchilarga dunyoning mafkuraviy manzarasi haqida ma’lumot berish
|
|
Tarbiyaviy: O’quvchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash
|
|
Rivojlantiruvchi: Erkin fikrlashga o’rgatish
|
|
Kutilayotgan natijalar
|
|
Dars yakunida bilib oladi (Bilim): O’quvchilar dunyoning jo’g’roviy, siyosiy, iqtisodiy manzarasi bilan birgalikda mafkuraviy manzarasi haqida ham bilimga ega bo’lishadi.
Dars yakunida tushunadi (Ko’nikma): Dunyoning mafkuraviy manzarasini shakllantirishda ilgari surilayotgan g’oyalar va texnologiyalarning salbiy va ijobiy oqibatlari haqida tushuncha hosil bo’ladi.
Dars yakunida o’quvchi bajara oladi (Malaka): O’quvchi salbiy ya’ni vayronkor g’oyalarga qo’shilib qolmaslik, axborot texnologiyalardan salbiy maqsadlarda foydalanmaslik kerakligi haqida malakaga erishadi va shu asosida mustaqil fikrga ega bo’ladi.
|
|
Dars jarayoni va uning bosqichlari
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishlar mazmuni.
|
Metod
|
Vaqti
|
1-bosqich Tashkiliy qism.
|
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklardan habardor bo’lish.
|
|
4-daqiqa
|
2-bosqich
Refleksiya. O’tilgan mavzuni takrorlash
|
1. Dunyodagi har bir xalqning milliy g’oyasi avvalo nimaga hizmat qiladi?
2. Milliy g’oyamiz tizimida qaysi g’oyalar mavjud?
3. Yapon va koreys mo’jizasi iborasiga Prezidentimiz tomonidan berilgan ta’rif.
|
Klaster, yo’naltiruvchi matn
|
10-daqiqa
|
3-bosqich
Yangi mavzu bayoni
|
Yer yuzidagi turli davlatlar, mintaqalarning jo’g’rofiy manzarasi bo’lgani singari uning mafkuraviy manzarasi ham mavjud. Jahondagi har bir mafkura toki g’oyaviy oqim insonning qalbi va ongini o’z maqsadlariga bo’ysundirmoqchi bo’ladi.
|
SWOT usuli sxema
|
15-daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda nimani tushunasiz?
“…fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda” – ushbu fikrlar kimga tegishli?
Insonning ongi va qalbini buzishga qaratilgan g’arazli maqsadlarni sanang?
|
Tezkor
savol-javob
|
10-daqiqa
|
5-bosqich.
Baholash.
|
O’quvchilarning tushunmagan savollariga javob berish va ularning ishtirokiga qarab 5 balli sistemada baholash.
|
5 balli
|
4-daqiqa.
|
6-bosqich.
Uyga vazifa.
|
Milliy kinofilmlarimiz Meksika teleseriallaridan nimasi bilan farq qiladi
|
Erkin fikrlash
|
2-daqiqa.
|