Yangi mavzuni bayoni
O’zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o’tib kelayotgan maqol va hikmatli so’zlari, betakror iboralari, XX asrdagi ijodkorlarimiz asarlarida yaqqol namoyon bo’lgan. Ona tiliga bo’lgan muhabbat, avvalo, har bir so’zning ma’nosini chuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylash kabi fazilatlarda ko’rinadi.Til bilish – madaniyat belgisi. Xalqimiz ta’biri bilan aytganda, til bilgan el biladi. Ota bobolarimiz qadim-qadimdan ikki-uch tilni bilgan.Aynan ona tili tufayli inson o’z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ularning aytgan o’gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan-avlodga o’tib boradi.Ona tili – millatning ruhi deb bejizga aytilmagan. Har bir xalq, avvalo, o’z tili, milliy urf-odati va an’analariga, o’ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi.O’zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning hizmati katta. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng o’zbek tili rivojiga katta e’tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda “Davlat tili haqidagi Qonun”da o’zbek tilining davlat tili sifatida maqom berildi. Ona tilini sevish vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. Til bilish – madaniyat belgisi.
Mustahkamlash 1. Ona tilimizning nufuzini oshirish uchun qanday kurashlar olib borilgan.
2. Prezident bu haqda qanday mulohazali fikrlarni aytgan
3. O’zbek tilining imkoniyatlari qaysi mumtoz asarlarda namoyon bo’ladi.
Uyga vazifa. O’tilgan mavzuni yaxshilab o’rganiladi. Turli xil muammoli vaziyatni hosil qiluvchi savollar tuzish.
________2015-2016
9-sinf ( ________ ) Milliy Istiqlol G`oyasi va Ma’naviyat asoslari
DARSNING MAVZUSI: Ona tili-millat ruhi DARSNING MAQSADI: TA`LIMIY: O`uvchilarni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash TARBIYAVIY: ona tilini sevishga o’rgatish RIVOJLANTIRUVCHI: ona tilimizni asrab-avaylash DARS TURI: yangi bilim berish, tushuncha va ko`nikmalarini shakillantirish DARS METODI: aralash, aqliy hulum, savol- javob DARS JIHOZI: darslik, doska, ruchka, daftar, ko`rgazmali qurollar, buketlar, rasmlar DARSNING BORISHI TASHKILIY QISM : dars boshlangandan keyin o`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayorgarligini tekshirish, darsga jalb etish O’TILGAN MAVZU TAHLILI: o`quvchilarni o`tilgan mavzuni qanchalik o`zlashtirganini bilish maqsadida o`tilgan mavzu yuzasidan savo-jovob o’tkazaman
«Mafkuraviy immunitet» tushunchasini sharhlab bera olasizmi?
Mafkuraviy immunitetning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Jaholatga qarshi ma’rifat asosida kurashish hozirgi paytda qanday ahamiyat kasb etmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |