Yangi mavzuni bayoni Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi. U inson kamolotida betakror o‘rin tutadi. Ona tili – ko‘hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his-tuyg‘ular evolyutsiyasini, ya’ni tadrijiy taraqqiyotini ko‘rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan ko‘zgudir. Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o‘rin tutadi. Alisher Navoiyning temuriylar davrida o‘zbek tilining obro‘yi uchun kurashgani ham shundan dalolat beradi. O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan o‘tib kelayotgan maqol va hikmatli so‘zlari, betakror iboralari, qo‘shig‘-u dostonlarida, mumtoz shoirlarimiz, XX asrdagi ijodkorlarimiz asarlarida yaqqol namoyon bo‘lgan. Ona tiliga bo‘lgan muhabbat, avvalo, har bir so‘zning ma’nosini chuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylash kabi fazilatlarda ko‘rinadi. Til bilish – madaniyat belgisi ona tilini puxta bilish, u bilan g‘urur-iftixor qilish milliy ma’naviyat, o‘zlik ifodasi bo‘lsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qo‘shimcha bilim quroliga ega bo‘lishdir. Mavzuni qanchalik darakada o`zlashtirganligini bilish uchun o`quvchilarga savollar beraman
Xalqning, millatning o‘zligini namoyon etishda tilning o‘rni qanday?
Prezidentimiz bu haqda qanday ibratli mulohazalarni aytgan?
Xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasida o‘zbek tili qanday o‘rin tutgan?
O’QUVCHILARNI BAHOLASH:O`quvchilarni baholashda, ularning darsga ishtiroki, tarbiyasi, bilim saviyasiga qarab dars moboynida ularni rg`batlantirib borib, dars yakunida baholandi. UYGA VAZIFA: O`quvchilarga uyga topshiriq shundayki, o`tilgan mavzuni uyda yana bir bora takroran o`qib, yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rib kelish, mavzu yuzasidan savollar tayyorlab kelish, krasvort, konspekt yozib kelish.
SANA________________Fan: Milliy g’oya Sinf 9
Mavzu Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi.
Kalit so’zlar: Milliy umumbashariy qadriyat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat ta’lim standartlariga muvofiq)
Mavzu dolzarb bulib ukuvchilarga sodda va ravon til bilan milliy va umuashariy qadriyatlarnng moxiyatini , prezidentiiz I.A Karimovning asarlari asosida tushuntirish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Tushuntirish
Shakl:Noan’anaviy, guruhlarda ishlash bahs-munozara Aqliy xujum.
Vositalar (texnik va didaktik): texnik va didaktik Televizor. D.V.D.
Nazorat: Uy vazifalarini tekshirish
Baholash: 5 ballik ball asosida. O’z –o’zini baxolash. Rag’batlantirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |