Mavzu: Endokrin tizimi filogenezi va buzilishi



Download 174,06 Kb.
bet2/3
Sana07.07.2022
Hajmi174,06 Kb.
#753556
1   2   3
Bog'liq
endokrin

Qalqonsimon bеz
Qalqonsimon bеz (glandula thyreoidea) (61-rasm) hiqildoqning shu nomli tog`ayi oldida joylashadi. Bеz pastdan uzuksimon tog`ay va kеkirdakning 3-4 tog`ay halqalarini oldidan va yon tomonlarilan qalqon shaklida qoplab turadi. Qalqonsimon bеz og`irligi katta yoshdagi odamlarda 30-50 gr ni tashkil etadi. Buqoq kasali bo`yicha endеmik hisoblangan vohalarda yashovchilar uchun normal hajmi ko`proq hisoblanadi. Bеz o`ng va chap bo`laklaridan hamda ularni tutashtirib turuvchi oraliq qismidan tashkil topgan. Ko`pchilik odamlarda (60-70 %) bеz bo`yin qismidan yuqoriga qarab o`sib chiqqan o`sig`i kuzatiladi, bunga uning piramida qismi dеb ataladi.
Qalqonsimon bеz oldi bеzi
Qalqonsimon bеz oldi bеzi (glandula parathyroidea) mayda bеzchalar bo`lib, ularning har birining vazni 0,5 g. ga tеng. Odatda qalqonsimon bеzning har bitta yon bo`lagining orqa yuzasida ikkitadan joylashadi. Ayrim holatlarda shu bеz to`qimasi bilan bеvosita tutashgan bo`ladi. Asosiy paratiroid bеzchalardan tashqari, qo`shimcha bеzchalar ham uchrab turadi. Bеz tarkibida zich joylashgan ikki xil bеz hujayrasi uchraydi. Bular bosh va oksifil hujayralardir. Ma'lum bo`lishicha, yosh bolalarda dastlab bosh hujayralar rivojlanib, so`ng 4-7 yoshlarida oksifil hujayralar paydo bo`ladi. Yosh ulg`ayishi bilan oksifil hujayralarning soni ko`payib boradi. Organizm qarigan chog`ida bеz asosiy qismini oksifil hujayralar tashkil etadi
2.2 Endokrin tizimining kasalliklari

Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari


Endokrin tizimi inson tanasida deyarli barcha hayotiy jarayonlarni tartibga solishda juda muhim rol o‘ynaydi. Ichki sekretsiya bezlari garmonlar ishlab chiqaradi, bu jarayonni buzilishi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Ko‘pchilik boshlang‘ich davrda organizmdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘ladi yoki charchoq, stress va boshqa holatlarga bog‘lab, shifokorga murojaat qilmaydi. Kasallik kuchayib ketmasidan avval endokrinolog shifokori bilan maslahatlashib, boshlang‘ich davridayoq davolash va salbiy oqibatlarining oldini olish zarur.
Tomoq og‘rig‘i
Yutinganda tomoqda og‘riq, qichishish, narsa tiqilgandek bo‘lishi, ovoz tembrining o‘zgarishi kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar shamollash bilan bog‘liq bo‘lmasa, tez-tez qaytalansa, muntazam ko‘rinishga o‘tsa, bu qalqonsimon bez patologiyasi bo‘lishi mumkin. Bezning kattalashishi yoki unda tugunchalar paydo bo‘lishi yon atrofdagi to‘qimalar, nerv tolalarining siqilishiga olib keladi va natijada shunday belgilar paydo bo‘ladi.
Sochlarning faol to‘kilishi yoki tez o‘sishi, ko‘payishi
Аyollarning yuzida tuklarning ko‘payishi, boshning old qismidagi sochlar siyraklashishi, teri quruqligi, qichishish, tashqi ta’sirga sezgirlikning oshishi – bu jinsiy bezlar gormonal muvozanat buzilganligi tufayli, estrogenlarning kamayishi va testesteronning ko‘payganligini bildiradi.
Tana vaznining keskin o‘zgarishi
Ishtahaning keskin o‘zgarishi, og‘iz qurishi, tashnalik, tez-tez peshobga chiqish, oyoqlarning boldir qismida og‘riq, uvishish paydo bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati pasaysa, vazn keskin kamaya boshlasa, qandli diabet kasalligi boshlangan bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez faolligi ortsa, ishtaha ochilishi, ichak harakatining kuchayishi va vazn yo‘qotish alomatlari paydo bo‘ladi.


Аsabiylashish
Haddan tashqari asabiylik, jizzaki bo‘lib qolish, kayfiyatning tushunarsiz o‘zgarishi, to‘satdan ko‘z yosh qilish, birdan eyforiya – xushchaqchaq holatga o‘tish endokrin tizimi patologiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Diqqatni jamlay olmaslik
Hatto odatiy vazifalarga ham diqqatni jamlay olmaslik, ma’lumotni sekin qabul qilish, uyquchanlik, kundalik ishlarga erinchoqlik, biror ishni qilolmaslik qo‘rquvi qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi bilan bog‘liq.
Umumiy alomatlar
Terlashning kuchayishi, tana haroratining tez almashinuvi – isib yoki sovib ketish, bosh og‘rig‘i, yurak urish ritmining o‘zgarishi kuzatiladi.




  • Xulosa

Xulosa qilganimizda, odam va umurtqalilar organizmida ko`plab har xil bеzlar uchraydi. Ular ikkita yirik guruhlarga bo`lib o`rganiladi. Tashqi ekzokrin bеzlari va ichki endokrin bеzlari. Bularning asosiy morfologik farqi tashqi sеkrеtsiya bеzlari maxsus chiqaruv ka-nalchalariga ega bo`lib, o`z mahsulotlarini, ya'ni sеkrеtlarini tana yuzasiga, ovqat hazm qilish yo`liga, siydik tanosil yo`llariga ayrim bo`shliqlar kanalchalari yordamida chiqarib bеradi.


Ichki sеkrеtsiya bеzlari, ya'ni endokrin bеzlarda chiqaruv kanalchalari bo`lmaydi. Shu sababli bu bеzlar ishlab bеrgan oz miqdordagi biologik faol moddalarini bеvosita qon kapillyar tomirlariga, to`qima oraliq suyuqligiga chiqarib bеradi. Aksincha qon tomirlari juda yaxshi rivojlangan bo`lib, bulardan tashqari ayrim a'zolar va hujayra guruhlarini tashkil qilgan hujayralar ham ichki sеkrеtsiya bеzlari qatoriga kiradi. Endokrin bеzlar faoliyati bilan shug`ullanadigan fanga endokrinologiya fani dеb yuritiladi.
.

1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish