5. 7 ga bo'linish belgisi. Bizda b= 7 va
10=7+3, r1=3;
102 = 7· 14 + 2, r1 =2;
103=7· 142 + 6, r2=6;
104=7· 1 428 + 4, r4=4;
105=7· 14 285 + 5, rs=5;
106 = 7· 142 857 + l,r6=l.
107da r7 = 3 = r1 qoldiqlar qaytadan takrorlanyapti. Topilgan natijalarni (1) ga qo'ysak, u holda
a = A • 7 + B da B=a0 + 3a1 + 2a2 + 6a3 + 4a4 + 5a5 + a6 + 3a7 + a8+ ... yoki koeffitsientlarni 7 ga nisbatan yozsak:
B = a0+ 3a1+ 2a2+ (7a3- a3) + (7a4- 3a4) + (7as-2a5) + ... = 7(a3+ a4+ a5+ a9+ al0+ a11+ ...) + (a0+ 3a1 + 2a2+ a6+ 3a7+ 2a8+ ...) - (a3+ 3a4+ 2a5+ a9+ 3a10+ 2a11+ ...) ni hosil qilamiz. Oxirgi ifodada a0+ 3a1 + 2a2+ a6+ 3a7+ 2a8+ ...=B2, a3+ 3a4+ 2a5+ a9+ 3a10+ 2a11+ ...=B1 deb bclgilasak, a= 7· A + B2 – B1 ga ega bolamiz. Shunday qilib, B2-B1 ayirma 7 ga qoldiqsiz bo'linsa, berilgan a son ham 7 ga qoldiqsiz bo'linishi kelib chiqadi.
5-misol. 675 056 742 sonining 7 ga bo'linishi yoki bo'linmasligini aniqlang.
Yechish.
056 675
38 + 28 - 21 - 66 - 21 = 45 soni 7 ga bo'linmaydi. Demak, berilgan son 7 ga bo'linmaydi.
6. 11 ga bo'linish belgisi. Berilgan a sonda qatnashayotgan 10 ning darajalarini 11 ga bo'lishdagi qoldiq bar doim 10 yoki 1 bo'ladi. Demak, berilgan sonning juft o'rinda turgan raqamlari yig'indisidan toq o'rinda turgan raqamlari yig'indisi ayirilganda hosil bo'ladigan ayirma 11 ga bo'linsa, son 11 ga qoldiqsiz bo'linadi.
6- misol. 4788 sonining 11 gabo'linishini aniqlang.
(7 + 8) - (4 + 8) = 15 – 12= 3 soni 11 ga bo'linmaydi, demak, berilgan son ham 11 ga bo'linmaydi.
7- misol. 3 168 ning 11 ga bo'linishini tekshiring.
(1 + 8) - (3 + 6) = 0. Demak, son 11 ga bo'linadi.
N a t i j a. Agar B(p, q) = 1 bo'lib, a soni ham p ga, ham q ga bo'linsa, u pq ga bo'linadi.
Masalan, biror son ham 2 ga, ham 3 ga bo'linsa, u 6 ga bo'linadi, 3 ga va 4 ga bo'linadigan sonlar 12 ga ham bo'linadi va hokazo.
Qadimgi Samarqand madrasalarida a sonni biror b (masalan, 9) ga bo'lishdan chiqadigan qoldiq r ni shu sonning mezoni (o'lchami) deb ataganlar va undan sonlar ustida amallar to'g'ri bajarilganini tekshirishda foydalanganlar. Masalan, 378 · 4 925 =1 861 650 dagi natija to'g'ri hisoblanganligini tekshiramiz.
Mezonlar (9 ga bo'linish belgisi bo'yicha):
378 uchun: 3 + 7 + 8=18, 1+8=9;
4 925 uchun: 4 + 9 + 2 + 5 =20, 2 + 0 =2.
Mezonlar ko'paytmasi: 9·2=18, 1+8=9.
1 861 650uchun: 1 + 8 + 6 + 1 + 6 + 5 + 0 =27, 2 + 7 =9.
Mezonlar va berilgan sonlar ko'paytmalarining mezonlari teng, ya'ni 9 = 9 . Demak, topilgan ko'paytma to'g'ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |