Uychi tuman 1-sonli kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’lim ustasi Inamboyev Asadbekning 2-EM guruhi uchun “Online to’garak” taqdimoti
Mavzu:Elektronika va ilm fandagi tutgan o’rni
1. Elektronika va elektrotexnika
2. Elektronikani ilm fandagi o’rni
3.Elektronikani yurtimizdagi o’rni
Reja:
Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi. Matematika, fizika, nazariy elektronika kabi fanlar E.ning nazariy asosini tashkil qiladi. E.da axborotni diskret va uzluksiz elektromagnit signallar koʻrinishida olish va ularni oʻzgartirish, almashtirish masalasi ham oʻrganiladi. Elektronlarning juda kichik inersion xossaga ega ekanligi ularning elektron asboblar ish hajmidagi makromaydonlar bilan ham, atom, molekula yoki kristall panjara ichidagi mikromaydonlar bilan ham oʻzaro taʼsiridan chastotasi 1012Gs gacha boʻlgan elektromagnit terbanishlarni, shuningdek, chastotasi 1012— 1020Gs boʻlgan infraqizil, optik, ultrabinafsha va rentgen nurlanishlarni samarali generatsiyalash, oʻzgartirish va qabul qilish imkonini beradi. Elektron jarayonlar va hodisalarni, shuningdek, elektron asbob va qurilmalar yaratish usullarini tadqiq qilish natijalari elektron texnikaning turlituman asbobuskunalarini, hisoblash texnikasi, informatika, aloqa, radiolokatsiya, televideniye, telemexanika va boshqalar sohalardagi murakkab masalalarni hal qilishga moʻljallangan turli tizimlar va komplekslarni yaratishda oʻz aksini topgan.
Kasb-hunar kollejlarining har bir yo'nalishi va mutaxassisliklarining „Elektrotexnika va elektronika asoslari“ fani uchun ajratilgan soatlari o'zgacha bo‘lishi lozim. Bundan boshqa, bevosita yo‘nalish sohasiga bag‘ishlangan barcha ajratilgan soatlaming 5 — 7 % i shu sohaga xos elektr uskuna, asbob va elektr ta’minotiga ajratiladi.
Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g‘altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi. Ikkinchi bosqich Li de Forest tomonidan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallami o‘zgartiruvchi va eng muhimi, quwat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob boidi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallami kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so'zlashuvlami, keyinchalik esa tasvirlami ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televidenie) paydo bo‘ldi. Bu davming elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elementlar - elektron lampalardan iborat edi. Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo‘lgan bipolar tranzistoming ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o‘lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi. To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida electron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
Integral mikroelektronika rivojining fizik chegaralari mavjudligi sababli, hozirgi kunda an’anaviy mikroelektronika bilan bir qatorda elektronikaning yangi yo‘nalishi - nanoelektronika jadal rivojlanmoqda.
Nanoelektronika o‘lchamlari 0,l dan 100 nmgacha bo‘lgan yarimo‘tkazgich tuzilmalar elektronikasi bo‘lib, mikroelektronikaning rnikrominiatyurlash yo‘lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy-kimyo va yarimo‘tkazgichlar elektronikasining so‘nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli texnologiyaning bir qismini tashkil etadi.
So‘nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, ya’ni zamonaviy telekommunikatsiya va axborot tizimlaming negiz elementlarini tashkil etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi; fotoqabulqilgichlar, o‘ta yuqori chastotali tranzistorlar, bir elektronli tranzistorlar, turli xil sensorlar hamda boshqalar yaratildi.
E`tiboringiz
uchun rahmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |