chiqish tartibi 3. Bankomatlar, terminallar, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalari va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar, shuningdek dasturiy ta’minlash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va bo‘shab qoladigan mablag‘larni hisobga olish maqsadida tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga ilovaga muvofiq tegishli mol-mulkning qiymati hisob-kitobi tuziladi.
4. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk tarkibiga balansda turgan quyidagi mol-mulk:
- bankomatlar;
- to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo‘yicha terminallar;
- o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari;
- to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish va ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar;
- litsenziya to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minlash;
- kommutatsiya uskunalari;
- kart-riderlar (plastik kartochkalarni o‘qish va yozish uchun qurilma);
- shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qo‘yish qurilmasi);
- berilayotgan axborotni shifrlashda foydalaniladigan uskuna kiritiladi.
5. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymatini hisoblab chiqish tijorat banklari tomonidan banklarning barcha filiallarini hisobga olgan holda jamlashtirish asosida amalga oshiriladi.
6. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha respublika soliq xizmati organlariga beriladi.
7. Mulk solig‘ini hisoblab chiqish tijorat banklari va YAgona umumrespublika protsessing markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 25-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2002-13-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 11 martda 1107 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) YUridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va byudjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Bo‘shab qoladigan mablag‘larni buxgalteriya hisobida