I.BOB GEODEZIK ISHLARDA ELEKTRON TAXEOMETRLARNING O`RNI
1.1 Elektron taxeometrlarning rivojlanish tarixi
Hozirgi vaqtda geodezik asboblar bozorida elektron Taxeometrlar keng miqiyosda taqdim etilmoqda. Eng mashxur ishlab chiqaruvchi firmalar:Ural op-tiko-mexanika zavodi (FGUP PO UOMZ), Leica Geosystems AG, Sokkia, Topcon, Nikon Trimble (Trimble 2001-yil fevralda Carl Zeiss va Spectra Precission firma-larini birlashtirdi) – texnik va ekspluatatsion xarakteristikalari bilan bir-biridan farq qiluvchi turli turdagi geodezik asboblarni taklif qilishmoqda. Vaqt o‘tgan sari elek-tron taxeometrlarning funksional imkoniyatlari o‘zgarishi va takomillashib borish tarixini ko‘rishimiz mumkin.
Birinchi avlod taxeometrlarida (70-80 yillar) masofa o‘lchash, yo‘nalish va burchaklardan sanoq olish jarayoni avtomatlashtirildi. O‘lchash natijalari elektron tabloga chiqarildi, lekin ularni asbobning xotirasida saqlash mumkin emas edi. Taxeometrning 1-avlodiga TaZM (PO UOMZ) kiradi. TaZM o‘rnatilgan mikroprotsessor boshqarish, tekshirish vazifasiniva oddiy hisoblash operatsiyalarini amalga oshiradi: qiya masofa gorizontal qo‘yilishi, nisbiy balandlik va kordinatalar-ni aniqlash.
Keyingi avlod taxeometrlarida (80-yillar oxiri va 90-yillarning birinchi yarmi) o‘lchash natijalarini ma’lumotlarni jamlovchi qurilmaga yozish, keyinchalik bu ma’lumotlarni interfeys qurilma (adapter) yordamida kompyuterga uzatish, hamda klaviatura yordamida taxeometrga xarfli-raqamli ma’lumotlarni yozish imkoni tug‘ildi.Ularning tarkibida yangi yuqori tezlikli mikro EXMlarni va algoritmik usul-larni qo‘llash o‘lchash jarayonida asbob xatoliklar ta’siri uchun tuzatmani avtomatik ravishda hisobga olish imkonini berdi. Ikkinchi avlod taxeometrlariga 2Ta5 va TS1600 (Leica AG) taxeometrlari va Elta (Carl Zeiss) seriyasidagi asboblar kiradi.
Hozirgi kunda 3Ta5 taxeometrlari ishlab chikarilmoqda, unda oldingilaridan farqli RSMSIA xotira kartasi mavjudligi va ma’lumotlarni IBM RS tipidagi komp-yuterlarga bevosita uzatish imkoniyati borligidadir. U dala o‘lchashlarni qayta ish-lash uchun dasturlar paketi bilan ta’minlangan, uni uchinchi-avlod asboblari qatori-ga qo‘shish mumkin.
Uchinchi-avlod taxeometrlari doimiy xotiraga ega bo‘lib, (90- yillarning 2 yari-midan hozirgi kungacha) qo‘shimcha interfeys qurilmasiztaxeometrdan ma’lumot-larni personal kompyuterga va aksincha uzatish imkoniyatiga ega. Asboblar dala jurnali funksiyasini bajaradi va dalada unumli ishlash imkonini bajaruvchi yor-damchi dasturlarga ega, masalan, nuqtalarni joyga ko‘chirish dasturi; borib bo‘lmas ob’ektning balandligini aniqlash; teskari kesishtirishni bajarish; takrorlash usuli bilan burchak o‘lchash; burchak va masofa bo‘yicha siljitish bilan o‘lchashlar va x.o. Bu avlod asboblariga quyidagilar kiradi: TS600 (Leica Geosystems AG) .TS600E (geodezik asboblar Ekatirinburg), PowerSet (Sokkia), Elta C (Carl Zeiss), Geodimeter 600M (Spectra precision), DTM-501/531/521 (Nikon), Trimble 3600Total Station va boshqalar.
Rejalash ishlarini bajarish vaqtida reykachining turish joyini ko‘rsatish uchun DTM-501/531/521 taxeometrlari, ko‘rish trubasining korpusida joylashgan Limin-Guidequrilmasi bilan ta’minlangan. Uning optik o‘qi kollimatsion tekislikda va ko‘rish trubasining o‘qiga parallel ravishda joylashadi. Limi – Guide nurlanishi kollimatsion tekislikda vertikal bo‘yicha doimiy va pirpirab turuvchi ikkita qizil yorug‘lik nurlarga bo‘linadi. Nuqtalarni joyga ko‘chirishda, yordamchi, qaytar-gichni uzluksiz va pirpirovchi signallarni bo‘luvchi tekislikda o‘rnatishi lozim. Yor-qin nurlar asbobdan 100 metr masofagacha aniq ko‘rinadi. Limi – Guide qurilmasi joyga ko‘chirish yo‘nalishni ko‘rsatishdan tashkari, kechki s’yomkada nishonni to-pishga yordamlashadi va yuqori aniqlikda qaytargich markaziga to‘g‘rilashni ta’-minlaydi.
Zamonaviy taxeometrlar lazerli shovun va ma’lumotlarni kabelsiz kompyuterga uzatish uchun infraqizil portga ega. Agar kompyuter asbobdan 3 metrdan uzoq bo‘l-magan radiusda joylashgan bo‘lsa, ma’lumotlarni infraqizil port orqali uzatish mum-kin. Ish joyidan ma’lumotlarni ofisga uzatish uchun quyidagi aloqa zanjirni kurish mumkin: Taxeometr – mobil telefon, infraqizil port va modem bilan ta’minlangan, -ofis kompyuteri.
Yuqorida zikir etilgan barcha takomilashtirishlar taxeometrlarni mukamallashti-radi va ergonomikasini yaxshilaydi, geodezist ish unumini oshiradi va shu bilan bir-ga bozorda asbobning raqobatbardoshligini oshiradi.
Topografo-geodezik ishlarni bajarishga yangicha yondashish 1997-yili bozorda paydo bo‘lgan, nishonga avtomatik tug‘rilanuvchi va nishonni kuzatish imkoniya-tiga ega bo‘lgan motorlashgan taxeometrlardan foydalanish bilan erishildi. Bularga TSA 1100 – TSA 1800 (Leica Geosystems AG), Elta S (Carl Zeiss), Geodimeter 600 (Spectra Precision), Trimble5600 Total Station seriyasidagi asboblar kiradi. Bu taxeometrlar nafaqat topo-geodezik ishlarni bajarishda va ko‘plab boshqa soxalarida qo‘llaniladi, masalan, yer siljishini kuzatishda, mashina va kemalar harakatini boshqarishda, robot texnikalarini kalibrovkalashda ishlatiladi.
Ko‘plab zamonaviy taxeometrlardan, masalan TRS 1100 (Leica Geosystems AG) va PowerSet (Sokkia)qaytaruvchi plyonkagacha (katafotlargacha) masofa o‘lchash imkoniyatiga ega.
Geodimeter 468 DR (Spectra Precision), Set 4110 R Sokkia, Trimble 3600 tipida qaytargichsiz masofa o‘lchovchi elektron taxeometrlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi geodezik ishlar texnologiyasini takomillashishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |