2.2.4-rasm Elektron taxeometrni o‘lchashlarga tayorlash. Elektron taxeometrda o‘l-chashlarni bajarishdan oldin asbobni bevosita nuqta ustiga o‘rnatish hamda uni soz-lash kerak bo‘ladi.
Taxeometrni sozlash uchun “Съёмка” menyusidan “Инструмент” menyusiga o‘tiladi. Natijada taxeometrni sozlash bilan bog‘liq quyidagi darcha paydo bo‘ladi (2.2.5-rasm).
2.2.5-rasm Taxeometrni gorizontal holatga keltirish jarayonida asbob vertikal o‘qi ma-halliy (joydagi) vertikal chiziq yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi. Asbobni gorizontal holatga keltirish uchun “Электрон адилак” bo‘limiga o‘tiladi. Natijada ekranda doiraviy adilak hamda vertikal va gorizontal holatdagi silindrik adilaklar tas-virlangan darcha paydo bo‘ladi (2.2.6-rasm). Oddiy holatda ekrandagi doiraviy va silindrik adilaklar pufakchalari qizil rangda bo‘ladi. Adilak pufakchasi nol-punktga keltirilganidan so‘ng ekrandagi 3 ta pufakcha yashil tusga kiradi va asbob ishchi holatga keltirilgan bo‘ladi. Asbobni gorizontal holatga keltirish bilan birga uni
markazlash ishlari ham bajariladi. Trimble M3 elektron taxeometrida markazlash lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Lazer “Электрон адилак” bo‘limiga o‘tilganda avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Asbob ishchi holatga keltirilganidan va markazlashtirilganidan so‘ng so‘ng “Принят” tugmasini bosish orqali asbobning ushbu halati qabul qilinadi.
2.2.6-rasm Asbobni gorizontal holatga keltirish quyidagicha bajariladi:
- Doiraviy adilak pufakchasi nol-punktga keltiriladi;
- Alidada asbobning asosiy displeyining quyi qismi ikkita ko‘targich vintlar yo‘nalishi bo‘yicha kelgunicha aylantiriladi (2.2.7-rasm, A);
- Ko‘targich vintlar (B va C) yordamida elektron adilak pufakchasi nol punktga keltiriladi;
- Alidada 90° ga buraladi;
- Uchinchi ko‘targich vint (2.2.7-rasm, B) yordamida elektron adilak pufakchasi nol-punktga keltiriladi;
- Yuqoridagi ishlar alidadaning har ikala holatida ham elektron adilak pufak-chasi nol-punktga kelgunga qadar davom ettiriladi;
- Agarda elektron adilak pufakchasi nol-punktda qolsa asbob gorizontal holatga keltirilgan bo‘ladi. Agar pufakcha markazdan qochgan bo‘lsa elektron adilakni tuza-tish kerak bo‘ladi.
2.2.7-rasm Tribmle M3 DR turiga mansub taxeometrlar yordamida o‘lchashlarni ikki rejimda bajarish mumkin: prizma bo‘yicha (Prism) va qaytargichsiz (N Prism). O‘lchash rejimlarini tanlashning bir nechta usuli mavjud. Eng oddiy usuli klaviatu-radagi mos ravishda MSR1 va MSR2 klavishalarini bir soniya davomida bosib turish orqali o‘lchash rejimini tanlash mumkin. Shuningdek “Sozlash” menyusidagi “EDMni sozlash” va “Asbob funksiyalari” bo‘limlari orqali yoki yon tomondagi pa-neldan prizma belgisi ustiga bosish orqali o‘lchash rejimini tanlash mumkin.
“Asbob funksiyalari” bo‘limi orqali o‘lchash rejimini tanlash uchun ushbu bo‘-limga o‘tiladi. Natijada ekranda quyidagi ko‘rinishdagi darcha paydo bo‘ladi (2.2.8-rasm).
2.2.8-rasm Ushbu bo‘lim orqali taxeometr yordamida standart, sekin va tez o‘lchash rejim-larini tanlash, elektron adilakni ishga tushirish, prizma bilan yoki qaytargichsiz o‘lchash rejimlarini tanlash, stvor ko‘rsatkichlarni yoqish va bazaviy s’yomkalarni bajarish mumkin.