Ko‘rsatgichlar
|
1′′
|
2′′
|
3′′
|
5′′
|
Ko‘rish trubasining kattalashtirishi, karat
|
30
|
Lazer nishon ko‘rsatgichi
|
Koaksialli, ko‘rimli qizil rangli
|
Lazer markazlashtirgichi
|
Qizil, 4 darajali ѐrug‘lik
|
Burchakli o‘lchashlar aniqligi
|
1′′
|
2′′
|
3′′
|
5′′
|
Masofa o‘lchash, 1 prizmada
|
3000m gacha
|
5000m gacha
|
Qaytargichsiz masofa o‘lchash
|
500m gacha
|
400m gacha
|
Prizma bo‘yicha o‘lchash aniqligi, mm
|
± 2mm +2mm / km
|
Qaytargichsiz o‘lchash aniqligi, mm
|
± 3mm +2mm / km
|
Prizma bo‘yicha o‘lchash vaqti
(aniq/normal), sek
|
1,6 / 0,8
|
1,5 / 0,8
|
Qaytargichsiz o‘lchash vaqti
(aniq/normal), sek
|
2,1/ 1,2
|
1,8/ 1,0
|
Ishchi harorat diapazoni, S
|
–20° dan +50° gacha
|
DCH holatidagi ekran
|
16 bitli rang, orqa ѐritgichi bilan
TFTSK–displey (320x240 pikselli)
|
DO‘ holatidagi ekran
|
Orqa yoritgichi bilan SK–displey
(128x64 pikselli)
|
Opyeratsion tizim
|
Windows CE
|
O‘rnatilgan dasturli ta’minot
|
Trimble Access
|
O‘lchash uchun xotira
|
RAM 128 Mb, flesh–xotira 128 Mb
|
CHang va namlikdan
ximoyalanganligi
|
IP66
|
Ma’lumotlarni uzatish porti
|
RS-232C 2xUSB
|
Simsiz aloqa
|
O‘rnatilgan bluetooth moduli
|
Qaratish vinti
|
Cheksiz
|
O‘lchamlari (K x U x B), mm
|
149 x 145 x 306
|
Asbob vazni (batareyasiz), kg
|
3,9
|
3,8
|
Quvvatlash manbaasi
|
Ichki Li-ion akkumulyatorli batareya(x2)
|
2.1.2-rasm. Trimble M3 elektron taxeometrining tuzilishi
1 - ko‘rish trubasini fokusga keltiruvchi xalqa, 2 - Okulyar, 3 - Fokuslovchi xalqa, 4 - vertikalga keltiruvchi mikrometr vinti, 5 - gorizontalga keltiruvchi mikrometr vinti, 6 - sensor qalami, 7 - silindrik adilak, 8 - USB portlar, 9 - ekran va klaviatura, 10 - gorizantal o‘q belgisi, 11 - tutib turguvchi vint, 12 - olib yurish uchun ushlagich, 13 - optik vizir, 14 - obektiv, 15 - tregyer, 16 - ko‘tarish vintlari, 17 - optik shovunli tregyer, 18 - lazerli shovun, 19 - batareya qo‘yish joyi, 20 - batareya fiksatori, 21 - ikkinchi displey, 22 - ko‘tarish vintlari.
Trimble M3 elektron taxeometri sensor displeyga ega bo‘lib barcha amallarni ekranning o‘zida sensor qalamchasi yordamida bajarsa bo‘ladi. Shuningdek, taxe-ometr bir nechta klavishlardan tashkil topgan klaviaturaga ega bo‘lib, bu foydala-nuvchilarga o‘lchash jarayonida qulayliklar yaratadi.
2.2 Elektron taxeometrlarni ishchi holatga keltirish va o`lchashga tayorlash
Taxeometrni ishga tushirish va o‘chirish. Trimble M3 elektron taxeometri as-bob klaviaturasidagi yashil rangli “Power” tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi (2.2.1-rasm).
2.2.1-rasm
Taxeometrni o‘chirish uchun ham “Powyer” tugmasidan foydalaniladi. Hosil bo‘lgan “Power Key” darchasidan “Stanby” tugmasi bosish orqali asbob o‘chiriladi ya’ni kutish rejimiga o‘tkaziladi. (2.2.2-rasm). Asbobni butunlay o‘chirish uchun “Options” menyusidagi “Shutdown” tugmasi bosiladi.
2.2.2-rasm
Taxeometr yoqilganidan so‘ng displeyda Windows opyeratsion sistemasiga o‘xshash boshqaruv dasturi paydo bo‘ladi. Ushbu boshqaruv dasturida bir nechta tugmalar mavjud bo‘lib, elektron taxeometr bilan ishlash uchun “Trimble Access” dasturi belgisiga ikki marta bosiladi. Trimble Access dasturining ko‘rinishi va bo‘-limlari uning versiyasi va boshqa sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bizning misolda dastur qiyidagi ko‘rinishga ega (2.2.3-rasm).
2.2.3-rasm
Bunda barcha o‘lchash ishlari “Съёмка” menyusida amalga oshiriladi.
Buning uchun “Съёмка” menyusi belgisi bir marotaba bosiladi. Hosil bo‘lgan “Съёмка” menyusi darchasi bir nechta bo‘limlardan iborat bo‘lib, ular quyida-gilardir (2.2.4-rasm):
- Проекты – yangi loyihalarni yaratish, ochish, ko‘rish, tahrir qilish va uchun mo‘ljallangan.
- Ввод – dasturga ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan.
- Расчеты – turli xil hisoblashlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
- Начать (Съёмка) – o‘lchashlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
- Вынести (Разбивка)–loyihalarni joyga ko‘chirish, ya’ni uchun mo‘ljallangan.
- Инструмент – ushbu menyu asbobni sozlash ishlari uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |