Mavzu: Elektron pochta va uning vazifalari mundarija: Kirish. I. Asosiy qism



Download 1,38 Mb.
bet4/9
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363731
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5300783555083768046[1]

Elektron pochtaning afzalliklari: Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: uzdasturchi@gmail.com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.




Elektron pochtaning kamchiliklari: Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar.


Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:



  • http://mail.google.com

  • http://mail.yahoo.com

  • http://www.mail.ru

  • http://mail.yandex.ru

Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtgacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiytexnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail 20-asrning 60- yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989 yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.

Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91 yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997 yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi. Elektron pochta (inglizcha: E-mail yoki emailelectronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.

Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi - pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.

Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.



Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli (relay serversiz):



  1. Xat yaratilishi;

  2. Pochta bilan ishlovchi programma yuboruvchining SMTP-serveri bilan bogʻlanishi;

  3. SMTP-serverga informatsiya kimga mo'ljallanganligi va yuboruchisi kimligini uzatish;

  4. SMTP-server bilan xatining kim va kimga yuborilayaotganligi toʻgʻri ekanligini tekshirish;

  5. Yuborilayotgan xatni navbatga qoʻyish;

  6. Pochta serverlari haqida DNS-soʻrov qabul qiluvchining domeni (MX-yozuvi) uchun;

  7. Yuboruvchining SMTP-serveri qabul qiluvhining pochta serverlari bilan ulanishinig urunishlari, agar urunishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, urunishlar qaytariladi;
Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi (name) va pochta serveri manzilidan (domain2 — tashkilot nomi, domain1 — asosiy domen) iborat bo’ladi. Masalan: name@domain2.domain1.Internetda elektron pochtadan foydalanmoqchi bo`lsangiz www.mail.ruwww.hotmail.comwww.yahoo.comwww.yandex.ru, www.rambler.uz kabi portallar mavjud. Hozirgi kunda O`zbekistonda ham ko`plab electron pochta serverlari xizmat ko`rsatmoqda (www.inbox.uzwww.umail.uz va sh.k.), ushbu sahifalariga kirib elektron pochtasidan foydalanishingiz mumkin.
Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyatiga riyoya qiling. Buning uchun quyudagilarni inobatga oling:
– Pochtangizni tez-tez o’qib turing;

– Xatda albatta sarlavha ko’rsating;

– Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling;

– Xatni xatosiz yozing;

– Xabarni qisqa yozing;

– Kerak bo’lmagan taqdirda o’z xatingizda javob va so’rovlar yo’llamang;

Spam va spamlarning turlari. «Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma’noni anglatadi. Spam quyidagi turlarga bo’linadi:
– Anonim: barcha ko’pincha aynan yashirin yoki qalbakilashtirilgan qayta aloqa manzili ko’rsatilgan avtomatik tarqatmalardan jabrlanadi.
– Ommaviy: ushbu tarqatmalar aynan ommaviy va faqatgina shular spamerlar uchun haqiqiy biznes hamda foydalanuvchilar uchun haqiqiy muammo hisoblanadi.
– So’ralmagan: imzolangan tarqatmalar va konferentsiyalar bizning
tushunchamizga kirmasligi kerakligi yaqqol tushunarli. Har bir elektron pochta xizmati o’zining foydalanuvchilariga spamdan himoyalanish vositalarini taklif qilishadi.
Fil­trlar va qora ro’yxat. Fil­trlar asosan pochta qutisiga kelayotgan xatlarning mavzusi, kimdan kelgan manzili asosida saralash va tartiblash funktsiyasini bajaradi. Qora ro’yxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maqsadida ishlatiladi.

2. Kompyuterdagi Internet brouzerining (Opera, Google Chrome, Mozilla Firefox, Internet Explorer va sh.k.) adres kiritiladigan oynasiga www.mail.ru buyrug’ini kiriting (va Enter ni bosing). Shundan so’ng registrasiyadan o`tish buning uchun «Регистрация в почте» ni bosamiz. Bunda «Регистрация нового ящика» oynasi chiqadi. So’ralgan ma’lumotlarni kiritamiz. Pochtaning login va parolini daftrringizga yozib oling. Keyin «Зарегистрироваться» tugmasini bosamiz. Pochta ochiladi.

3. Pochtaga kirish ham mail.ru portali orqali amalga oshiriladi. Bu portalga kirilgandan «Почта» oynasiga login va parol yozilib «Войти» tugmasi bosiladi. Begonalar siz foydalangan kompyuterdan sizning pochtangizga kirmasligi uchun «запомнить» katakchasidagi belgini olib tashlang. 4. Pochtangizga kirib, «Написать письмо» tugmasini bosamiz va quyidagilarni bajaramiz. «Кому» maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz, masalan, akodirov@umail.uz. «Kопия» maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya’ni xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo`lganda. «Тема» maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, «Yillik ish reja».Pastki katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan, «Assalomu alaykum hurmatli Ahmadjon Qodirovich. Yangi o’quv yili bilan tabriklayman. Sizga o’zimning yillik rejamni jo’natmoqdaman. Iltimos, hamkorlikda bajaradigan ishlarimizni ko’zdan kechirib, tuzatib bersangiz. Javobini kutib qolaman. Hurmat bilan Azizbek». So`gra «Отправить» tugmasini bosamiz. Natijada xat jo`natilganlik haqida ma’lumotni ko`rishingiz mumkin.


Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish