Mavzu: Elektron hukumat yuritishning andazolari va uning tasnifi



Download 443,04 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi443,04 Kb.
#278299
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
elektron hukumatmi

Vuueg - driven kо’rinishdagi maydonchalar bir yoki bir necha yirik kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va kо’pgina tovar buyuruvchilar kompaniyasini jalb etishga qaratilgan. Savdo maydonchalarining bu konsepsiyasi yirik kompaniyalarning sotib olish jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berish tarmog’i va savdo kontaktlarini kengaytirishga bо’lgan ehtiyojlari bilan bog’liq.

Supplier - driven kо’rinishidagi maydonchalar sotuvchilar tomonidan tashkil qilinib, mijozlar sonini kо’paytirishga va xizmat kо’rsatish yoki mahsulotni sotish bо’yicha xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.

Third - party - driven kо’rinishidagi maydonchalar xaridor va sotuvchilarni uchrashtirish mas‘uliyatini oladi. Odatda, bunday maydonchalar biznesning ma‘lum sektorida va unda bо’ladigan jarayonlarda yaxshi mо’ljal oladigan tomonidan tashkil qilinadi. Haqiqatda bunday maydoncha tuzuvchi sotuvchi va xaridor о’rtasida о’ziga xos dallol vazifasini о’taydi. Bugungi kunda virtual savdo maydonchalarini tashkil etishning 3 asosiy kо’rinishini ajratib kо’rsatish mumkin: katalog, auksion va birja.

Katalog zamonaviy axborot tizimini katta quvvatli qidiruv imkoniyatlarini solishtirish va mahsulotni bir varakayiga bir necha parametrlar bо’yicha tanlashni, narxni, keltirib berish muddati, kafolati, xizmat kо’rsatish bо’yicha ma‘lumotlar va boshqalarni hisobga olgan holda ishlatishni tashkil qilib beradi. Bu model nisbatan uncha katta bо’lmagan tovarlar bilan tez -tez oldi - sotdi qiladigan kuchli sotuvchi va xaridor fragmentatsiyalashini tavsiflovchi tarmoqlar uchun afzaldir. Agar kо’pgina oldi - sotdilar mashhur buyurtmachilar tomonidan ma‘lum bir qoidalar asosida amalga oshirilsa va xaridorga sotuvchini tanlash uchun kо’p mayda buyurtmachilar takliflari bilan о’rganib chiqish zarurati bо’lganida katalogli model qо’l keladi va nihoyat, bu modelni talab yetarlicha aniq bо’lib narxlar kamdan - kam о’zgarganida qо’llash yaxshi samara beradi.

Auksion (kim oshdi savdosi) - narxlar qayd etilmagan, balki oldi - sotdi jarayonida о’rnatilgandagi savdo maydonchasi tashkiloti model. Bu model nostandart, о’z yо’nalishidagi yagona yoki sifati tez bо’ziluvchi mahsulotlar (xizmatlar, tovar) narxini aniqlashga о’z yondashishlari bо’lgan kompaniyalar tomonidan sotib olinganda yoki sotilganida ishlatiladi. Bu guruhga kamyob buyumlar, kapital uskunalar, tovarlar, avval ishlatilgan, zaxiralar va boshqalar kiradi.

Birja shunday savdo maydonchasiki, u yerda narx talab va taklif asosida belgilanadi va buning natijasida kuchli о’zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu model tovar va taklifni vaqtinchalik kelishuvini ta‘minlaydi. U talab va taklifni real vaqt davomida kelishish mexanizmini tashkil qilishni, bozor narxini aniqlashni, shu bilan birga rо’yxatta olish jarayoni va oldi -sotdi о’tkazishni talab qiladi. Bu model keng tarqalgan mahsulotlar uchun maqbul hisoblanadi. Birja modeli talab va taklif notekis bо’lgan bozorda о’ziga jalb etadi. U bozor ishtirokchilari uchun ortiqcha yoki yuqori bо’lgan talabni boshqarishga yordam beradi. Shuni ham aytib о’tamizki, birjalar bir qancha holatlarda kompaniyalarga anonim xolda oldi - sotdi qilishga imkon beradi, masalan, ovoza bо’lish sotuvchi va xaridor tutgan о’rnining raqobatbardoshligiga halaqit berishi mumkin bо’lgan oblastida u katta ahamiyatga ega. Kо’pincha virtual savdo maydonchalari bir emas, bir necha tashkilot ishlarining kо’rib chiqilgan modellarini baravar ishlatishadi, qachonki, bu holatlarda mijozlar о’zlarining imkoniyatlari darajasida savdo sxemalarini tanlab olishlari mumkin. Virtual savdo maydonchalarining yana bir xarakteristik spetsifikasi ularning maxsuslashtirilganligidir. U quyidagicha bо’lishi mumkin:

1 vertikal – biror bir tarmoq yoki mahsulot turiga mо’ljallangan;

2 gorizontal (funksional) – ma‘lum bir biznes - jarayonlarga mо’ljallangan.



B2B sektorda virtual savdo maydonchalari.

Elektron hukumatning bu sektorda yuqorida keltirilgan savdo maydonchalari va ular tashkilot modellarining deyarli hammasi ishlatiladi.

Tarixan B2B sektordagi savdo maydonchalarining I turi supplier - driven kо’rinishdagi maydonchalar hisoblanadi. Ular katalogli modelda tashkil qilingan. Bu savdo maydonchasida korxona о’ziga uskuna -jihoz yoki boshqa tovarlar oldi - sotdilarini tо’g’ridan - tо’g’ri buyurtmachi bilan dallollarsiz olib borishlari mumkin. Bunday maydonchalardan foydalanuvchi firmaga misol sifatida Ciseo va Dell Computerni olsak bо’ladi. Bu savdo maydonlari bir sotuvchining kо’pgina xaridorlar bilan ishlashi orqali xarakterlanadi.

Oxirgi vaqtlarda B2B sektorida katalogli tizimlar yuqori sur‘atda rivojlanayapti, ular о’zida bir qancha sotuvchilarni, birja va auksion modellari bilan ishlovchi tizimlarni birlashtiradi. Bunday savdo maydonchalari vaqtni qisqartirish, yaxshi variantlarni qidirib topish va tanlashda, sotuvchi va xaridorlar uchun shartnomani amalga oshirishda bir qancha afzalliklar keltirib chiqaradi. Bunda xaridorlar keng kо’lamda tanlash, sotuvchilar esa kо’p sonli xaridorlar bilan muomala qilish imkoniyatiga ega bо’ladilar. Bu afzalliklar shu tizimdan foydalanuvchilarga proporsional ravishda о’sib boradi.

Shuni ta‘kidlab о’tish lozimki, Rossiya savdo maydonidagi B2B sektori bugungi kunda kelishilgan shartnomalar tartibida ishlovchi savdo - axborot tizimi bо’lib hisoblanadi. Shartnomalar an‘anaviy usulda tuziladi, chunki hozircha bu tizimlar elektron usul bilan sharnoma tuzishni о’zlarida mujassamlashtirmaganlar.

Bu sektorda 2000 yil uchun Rossiyada izlanishlar olib boruvchi va maslahatlar beruvchi kompaniyalar aylanmasi 25 - 45 mln. $ hajmda baholangan.

Rossiya bozorlarining B2B sektori tarkibidagi savdo maydonchalari V2S sektoridagi chakana elektron dо’konlarga nisbatan tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. Rossiyadagi elektron savdoning asosiy muammosi aholining sotib olish imkoniyatini kamligi, Internetga kirishning past darajadaligi, sust natijali pochta tizimi va rivojlangan onlayn pulli tizimining umuman yо’qligi hisoblanadi.

Korporativ elektron savdosi kо’pgina asosiy korxonalar va firmalarning kompyuterlar bilan ta‘minlanganligi va Internetda ishlash imkoniyatiga ega ekanligi, yetkazib berish tizimi va tо’lovlarni amalga oshirish yetarlicha yaxshi yо’lga qо’yilganligi bilan xarakterlanadi.




Download 443,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish