Mavzu: Elektron hukumat va elektron hujjat aylanish tizimi



Download 249,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.04.2022
Hajmi249,04 Kb.
#548793
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektron hukumat va elektron hujjat aylanish tizimi



 
 
 
 
Mavzu:
Elektron hukumat va elektron hujjat 
aylanish tizimi 
 
 
 
 
Bajardi:__________________ 
Tekshirdi:________________ 
 
Samarqand – 2022
 


Reja: 
1.“Elektron hukumat” tushunchasi va maqsadi 
2.Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda "Elektron hukumat" tizimining 
faoliyati . 
3”Elektron hukumat” tizimi va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish. 
 Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1.Elektron hukumat tushunchasi va maqsadi

Elektron hukumat - barcha ham “ichki”, ham “tashqi” aloqalar va jarayonlar 
majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va 
taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan 
Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari 
asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha 
boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan 
xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining 
faoliyati haqida axborot berish Aloqa (lotincha communicatio – umumlashtiraman, 
bogʻlayman) kibernetikada – informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. 
Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiyalar mavjud. 
Kibernetika (yun. kybernetile - boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, 
uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan 
shugʻullanadigan fan.
Bugungi kunda "elektron hukumat“ tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar 
berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish 
jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, 
biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda 
axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamlitexnologiyalar, Internet va 
zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish 
jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda 


o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat 
aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini 
taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun 
qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini 
oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat” tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin 
amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab 
chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, 
Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va 
boshqalar) shugʻullandilar.
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik 
tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat 
tizimi ham). 
1)G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga; 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga; 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga; 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. 
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga 
ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to 
third sector) – Davlat-uchinchi sektor. 
Endi mazkur yo’nalishlarni batafsil tahlil qilsak: 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat 
boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli 
davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron 
hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining 
shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi. 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, 
fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat 
organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari 
va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, 


masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil 
ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to’lovlar bo’yicha 
tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat 
va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan 
holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, 
investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa
yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil 
rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, 
shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish, 
hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi. 
Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. 
Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional 
jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib 
topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u 
davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi 
oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) 
va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot 
infratuzilmasini qamrab oladi. Intranet (inglizcha intranet – ichki tarmoq) – internet 
texnologiyasi, dastur taʼminoti va qaydnomalari asosida tashkil etilgan maʼlumotlar 
ombori va elektron jadvallar bilan jamoa boʻlib ishlashga imkon beruvchi korxona va 
tashkilot miqyosidagi kompyuter tarmogʻi Elektron hukumat” joriy etilgach, davlat 
organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari 
xizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolarga 
taqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga va davlat 
boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardan foydalanish va ularni 
almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznes vakillariga taqdim etish 
optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi, shu 


bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq 
boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim etiladi. 
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni 
shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan.O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada 
kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012-yil 21-martdagi 
PQ-1730-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2012-2014 yillarda 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va 
rivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan 
biri sanaladi. 

Download 249,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish