Kislorod. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, gorelka yonuvchi gazni kislorod bilan ma’lum nisbatda aralashtiriladi, bu aralashma havoda yoqilgandagina yuqori temperatura beruvchi alanga olinadi. Ma’lumki, kislorod oddiy sharoitda rangsiz va hidsiz gaz bo‘lib, havodan bir oz og‘ir. Sanoatda esa texnikaviy kislorodni asosan, havodan olinadi. Buning uchun havoni maxsus qurilmalardan o‘tkazib, uni changlardan, uglerod (II) – oksiddan tozalab quritilgach, kompressorlarda 6-180 kG/sm2 azotdan ularni qaynash temperaturalari (kislorodniki – 1830 S bo‘lsa, azotniki 1960 S) tafovutlari hisobiga ajratiladi.
Atmosfera bosimidagi kislorod – 1830S temperaturada havo rang, oson bug‘lanuvchan suyuqlikka aylanadi, bunda uning hajmi 860 marta kamayadi, agar bu suyuqlikni qizdirsak, u yana gazga aylanadi.
Gaz holatidagi texnikaviy kislorod 40 litrli maxsus po‘lat ballonlarda 150-165 atm bosimda saqlanadi.
Xulosa
Payvandchining nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini tekshirish dastur hajmida amalga oshiriladi. Bunda nazariy bilimlar to‘rt balli tizim bo‘yicha baholanadi (a'lo, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz).
Amaliy bilimlarni (ko‘nikmalarni) tekshirishda payvandlash jihozlarini tayyorlash va ishga tushirish, payvandni belgilangan rejimda bajarish, dastaki (ruchnoy) va yarimavtomatik payvandlashda esa – payvand ishlarini barcha fazoviy holatlarda bajarish ko‘nikmalari aniqlanadi. Agar ishlab chiqarishda payvandchi payvand birikmalarini faqat bitta fazoviy holatda bajaradigan bo‘lsa, amaliy ko‘nikmalarni dastaki va yarimavtomatik payvandlashda xuddi shu holatda tekshirish ruxsat etiladi. Payvandchilar shuningdek payvandning ko‘zga tashlanadigan nuqsonlarini aniqlashni va bartaraf qilishni bilishlari kerak.
Asosiy va payvand materiallarini (elektrodlar, payvand simi, flyuslar, gazlar va sh.k. ni) doimiy ishlaydigan komissiya, payvandchilar ishlab chiqarishda payvand qilishi kerak bo‘lgan buyumlarga nisbatan tanlaydi. Nazorat birikmalarini payvandlash uchun materiallarni tayyorlash va dastlabki termik ishlov berish xuddi buyumlarni payvandlashdagi kabi bo‘lishi va komissiyaning ko‘rsatmasi bo‘yicha bajarilishi kerak. Payvandchilarning amaliy ko‘nikmalarini tekshirish, sifati standart talablariga yoki texnik shartlarga javob beradigan va sertifikat yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan materiallarda amalga oshirilishi kerak.
Payvandlash uchun elektrod diametrini tanlash payvandlanadigan metallning qalinligi, uning navi va kimyoviy tarkibi, qirralarning shakli, payvandlash holati va ulanish turiga qarab amalga oshiriladi. Turli elektrod diametrlarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |