Yangi O’zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz! Shavkat Mirziyoev - O’zbekiston Respublikasining elektr energetikasi xalq xo’jaligining asosiy sohasi hisoblanib, sanoat korxonalari, shaharlar, transport, qishloq xo’jaligi iste‘molchilarini elektr energiyasi bilan ta‘minlab kelmoqda va xalq xo’jaligining rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda
- Hozirgi davrda har bir mamlakatning texnik jihatdan rivojlanish darajasi asosan energetikaning holatiga, elektr stansiyalarining quvvati va elektr energiyasi ishlab chiqarishi miqdori bilan aniqlanadi. Elektr energetikaning yuqori darajada rivojlanishi iqtisodiyotning barcha sohalarini qayta jihozlashga, sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va transport kabi uning yetakchi sohalarida elektr energiyasini keng joriy etish imkoniyatini yaratdi. Mustaqil Respublikamiz xalq xo’jaligi tarmoqlarining, shu jumladan, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanish darajasini ulardagi ishlab chiqarish jarayonlarida qanchalik darajada elektr energiyasi qo’llanilayotganligi bilan baholash mumkin. Qishloq xo’jaligi korxonalarida, fermer xo’jaliklarida tobora ko’proq elektrlashtirilgan jihozlar va uskunalar ishlatilmoqda.
- 1.Elektr uskunalari va elektr uskunalar ekspluatatsiyasining umumiy muammolari
- Qishloq va suv xo’jaligida juda ko’p elektr uskunalari ishlatiladi, jumladan, 200 dan ortiq turli xil elementlar, 30 xildan ortiq isitish uskunalari, 60 dan ortiq elektr yoritish va nurlantirish qurilmalari, asinxron motorlar, asosan qisqa tutashtirilgan rotorli (4A, 5A, seriyali) ishlatilmokda. Ularda rotorning aylanish tezligi minutiga 3000,1500,1000 aylana/min. bo’lib, quvvati 0,06 kVt dan 400 kVt gacha bo’ladi (2.1-jadval). Ularning yarmi 1 kVtdan 5 kVtgacha bo’lib, tezligi n = 1500 min -1 dir. 4A, AI seriyali motorlar himoyalanishi IR44 tipida bajarilgan bo’lib, 132 mm balandlikkacha yog’lanmaydigan konstruktsiyali qilib ishlangan. Xozir qishloq va suv xo’jaligida eski seriyali motorlar (A, AO, AO2) ham ko’p miqdorda saqlangan (50% atrofida).
- 2.1-jadval
- Elektrmotorlarning quvvat bo’yicha tarkibi ( umumiy sonidan % bo’yicha)
- Elektr uskunalar ekspluatatsiyasiga elektr uskunalarni tayyor holga keltirishdan tortib, uni foydalanish joyiga olib kelish, o’rnatish, sozlash, ishlatish, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash jarayonlari kiradi. Ekspluatatsiya – bu elektr uskunalarining barcha texnik imkoniyatlaridan to’la foydalanishdir. U ishlab chiqarish hamda texnik ekspuatatsiya ko’rinishida bo’ladi. Ishlab chiqarish ekspluatatsiyasi – bu elektr uskunasidan foydalanib, ma’lum ish bajarishdir. Texnik ekspluatatsiyasiga elektr uskunalaridan foydalanishda uning barcha ko’rsatkichlarini ishchi holatida ushlab turish kiradi. Ishlab chiqarish tizimida texnik ekspluatatsiya mehnat resursi tarkibida ishtirok etadi (1.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |