Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishda u koʼzdan kechiriladi. Motor bilan texnologik agregat va uzatma bir karkasda boʼlsa, hammasi koʼrib chiqiladi. Bundan tashqari boshqarish shkafi, ishga tushirish-himoya vositalari ham koʼrib chiqiladi. Valning erkin aylanishi tekshiriladi, motorni aylanish yoʼnalishi strelka bilan koʼrsatilgan boʼlishi kerak. Motorni mahkamlanish boshmoqlari tekshirib koʼriladi, ularda yoriqlar boʼlmasligi zarur. Ularnish qutisi mexanik zararlanmagan boʼlishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |