Elektr motor oʼrnatiladigan fundament massiv boʼlishi, kamida elektr motor vaznidan 15-20 barobar massaga ega boʼlishi zarur. Tarmoq kuchlanishini oʼlchab turuvchi volьtmetr, yuklamasi uchun esa ampermetr va signal lampalari soz boʼlishi zarur. Elektr motorni eksplutatsiyaga qabul qilishda izolyatsiya qarshiligi oʼlchab koʼriladi. Izolyatsiya qarashligi kamida 0,5 Mom boʼlishi kerak. Odatda zavoddan kelib tushgan motorlarda izolyatsiya qarshiligi 𝑅iz ≈ 20 MOm atrofida boʼladi. Ishga tushirish, himoya vositalarining izolyatsiyasi ham kamida 𝑅iz ≥ 5 MOm qarshilikda boʼlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |