Aerozolli-ionli gaz analizatorlari
gazni tahlil qiladigan radioizotopli
asboblarga taalluqli bo‘lib, ularda gaz muhitining fizik parametri —
gazlarning
elektr o‘tkazuvchanligi, ionizatsiyalovchi nurlanish ta’sirida bo‘lgan gazlarning
elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchanadi. Bu asboblarda gazning
yoki
aktiv izotop
ko‘rinishidagi ichki ionizatsiya manbaiga ega bo‘lgan
ionizatsion tok kamerasi
sezgir element bo‘lib xizmat qiladi. Muhitning nazorat qilinayotgan komponenti
konsentratsiyasining o‘lchovi bo‘lib kameraning elektrodlari orasida ularga
kuchlanish berilganda, hosil bo‘ladigan ionizatsiya toki xizmat qiladi.
Bu gaz analizatorlarining
xususiyati shundan iboratki, ularda nazorat
qilinayotgan komponent oldin aerozol holatiga keltiriladi. Bu yerda,
hosil
bo‘ladigan
aerozol
zarralari
soni
nazorat
qilinayotgan
komponent
konsentratsiyasiga mutanosib bo‘lib, ionizatsiya tokining o‘lchanayotgan
kuchining o‘zgarishini aniqlaydi.
Aerozol zarralari ta’sirida kamera ionizatsiya toki
I
ning o‘zgarishi quyidagi
munosabat bilan ifodalanadi:
I=I
0
∙e
-CNτr,
(41.2)
bu yerda 1
0
— kamerada aerozol zarralari bo‘lmagandagi boshlang‘ich tok kuchi; N — Brikard
doimiysi bo‘lib, uni gaz ionlarining aerozol zarralarga o‘tirish ehtimoli borligi nuqtai nazaridan
aniqlanadi; С — gazdagi aerozol zarralarining konsentratsiyasi; τ— gaz ionlarining kamera ichida
«yashash» vaqti bo‘lib, uni ionizatsiya kamerasining tuzilishi va elektr maydonning kuchayishiga qarab
aniqlanadi; r — aerozol zarralarining o‘rtacha radiusi.
41.4-rasmda aerozolli — ionli gaz analizatorining prinsipal sxemasi
ko‘rsatiglan. Nurlanish manbai 1 va ionlar kollektori 3 joylashitirilgan ionizatsion
oqim kamerasi 2 ga gaz sarfi uyg‘otgichi bilan tahlil qilinayotgan havo so‘rib
olinadi. Ayni bir vaqtda kameraga tegishli kimyoviy reagentning bug‘lari kiritiladi.
Kamera ichida kimyoviy reaksiya sodir bo‘lib, buning natijasida aniqlanayotgan
komponent aerozolga aylanadi. Ionizatsiya toki qarshiligi
katta nagruzka rezistori
R da kuchlanish tushuvini vujudga keltiradi, bu kuchlanish o‘zgarmas tok
kuchaytirgichi 4 da kuchaytiriladi. Aerozol zarralarining konsentratsiyasiga ko‘ra
o‘zgaradigan
ionizatsion
tokning
kuchi
aniqlanayotgan
komponent
konsentratsiyasining o‘lchovi hisoblanadi. Ikkilamchi asbob 5 aniqlanayotgan
komponentning konsentratsiyasini ko‘rsatadi.
Asbobdan
havodagi zararli moddalarni, shu jumladan azot oksidlari,
vodorod xlorid, ammiak, aminlar va boshqalarni nazorat qilishda foydalanish
mumkin. Vazifasiga qarab gaz analizatorlari shkalasining
yuqori chegarasi
aniqlanayotgan komponentning 0,5 dan 50 mg/m
3
miqdorida o‘rnatiladi. Asosiy
xatolik shkala chegarasining 10—15% i atrofida.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari.
2.Termokimyoviy gaz analizatorlariniishlashi.
3.Fotokalorimetrik gaz analizatorlari.
4.Ionli gaz analizatorlari.
41.4– rasm.
Aerozol – ionli gaz analizatorining sxemasi.